2-ma’ruza. Ekonometrik modellarning axborot ta’minoti


Ekonometrik modellarni tuzishda qatnashadigan iqtisodiy ma’lumotlarga qo’yiladigan talablar



Yüklə 40,11 Kb.
səhifə3/4
tarix26.10.2023
ölçüsü40,11 Kb.
#131312
1   2   3   4
2-ma’ruza. Ekonometrik modellarning axborot ta’minoti Iqtisodiy

2.3.Ekonometrik modellarni tuzishda qatnashadigan iqtisodiy ma’lumotlarga qo’yiladigan talablar

Korrelyasion va regression tahlilni qo’llash vaqtida, omillarni tanlab olish va ulardan modellarda foydalanish hamda baholashdagi asosiy qoidalar quyidagilardan iborat:


1. Omillarni o’rganish bilan qamrab olinadigan ro’yxat chegaralangan, omillar esa nazariy asoslangan bo’lishi lozim.
2. Modelga kiritilgan barcha omillar miqdor o’zgarishlarga ega bo’lishi kerak.
3. Tadqiq qilinayotgan to’plam sifatli bir jinsli bo’lishi lozim.
4. Omillar o’zaro funksional bog’lanmasliklari shart.
5. Kelajakda omillar o’zaro ta’sirini ekstrapolyasiya qilish uchun modellardan foydalanilayotgan vaqtda xarakter jiddiy o’zgarmasligi, statistik mustahkam va barqaror bo’lishi lozim.
6. Regression tahlilda har bir omilning qiymatiga bir xil regressiyali natijaviy o’zgaruvchi taqsimoti normal yoki yaqin darajada mos kelish lozim.
7. O’rganilayotgan omillar tadqiq etilgan, natijaviy ko’rsatkichli, mantiqan davriy bo’lishi lozim.
8. Natijaviy ko’rsatkichga jiddiy ta’sir ko’rsatadigan faqat muhim omillar ta’sirini ko’rib chiqish lozim.
9. Regressiya tenglamalariga kiritilgan omillar soni katta bo’lmasligi lozim. Chunki omillar sonining katta bo’lishi, asosiy omillardan chetga olib kelishi mumkin. Omillar soni kuzatishlar sonidan 3-5 marta kam bo’lishi kerak.
10. Regressiya tenglamasining omillari turli xil xatolar ta’sirida buzilishga olib keladigan xatoliklar bo’lmasligi kerak. Omillar o’rtasida funksional yoki shunga yaqin bog’lanishlarning mavjudligi - multikollenearlik borligini ko’rsatadi.
11. Kuzatuvlar sonini oshirish uchun ularning makonda takrorlanishidan foydalanish mumkin emas. Makonda hodisalarning o’zgarishi avtoregressiyani vujudga keltirishi mumkin. Avtoregressiya esa statistikadagi mavjud o’zgaruvchilar o’rtasidagi bog’lanishni ma’lum darajada buzadi. Shuning uchun ko’rsatkichlar dinamik qatorlarida regression bog’lanishni o’rganish statistikadagi bog’lanishni o’rganishdan tubdan farq qiladi.
12. Har bir omil bo’yicha taqsimot normal taqsimotga ega bo’lishi shart emas. Bu regression tahlilni natijaviy, alomatli qiymat va tasodifsiz qiymatli omillar o’rtasidagi bog’lanishni ifodalovchi sifatida ta’riflashdan kelib chiqadi.
13. Omillarni natural birlikda o’lchashda nisbiy qiymatlarga nisbatan ortiqroq ko’rish lozim. Nisbiy qiymatlar o’rtasidagi korrelyasiya, regressiya tenglamasi parametrlari qiymati bog’lanish mazmunini buzishi mumkin.omillar o’rtasidagi bog’lanishni ifodalovchi sifatida ta’riflashdan kelib chiqadi.
Demak, ekonometrik modellarga qo’yiladigan asosiy talablar :

  1. Modelda kuzatilayotgan ning o’zgarishiga kuchli ta’sir qilayotganasosiy omillar qatnashishi kerak;

  2. Barcha bog’liq bo’lmagan omillar asosiy bog’liq bo’lgan omil bilan zich bog’langan bo’lishi kerak;

  3. Bog’liq bo’lmagan omillar o’zaro sust (kuchsiz) bog’langan bo’lishi kerak.

Iqtisodiy jarayonlar dinamikasini aks ettirish mohiyatiga ko’ra, statik va dinamik modellar mavjud.
Statik modellar o’zida vaqtning ayrim, qayd qilingan oralig’ini qamrab oladi. Dinamik model vaqtning izchil oraliq tizimi holatini aks ettiradi. O’zgaruvchan xarakterga ko’ra, boshlang’ich iqtisodiy ishlab chiqarish omillari yoki aralash omillarni o’z ichiga olgan modellarni ko’rsatish mumkin.
Ishlab chiqarishning boshlang’ich omillari deganda, keyinchalik taqsimlab bo’lmaydigan oddiy omillar, masalan, resurslar harajati - jonli mehnat, vosita, mehnat qurollari tushuniladi. Modelning tuzilishiga qarab, ularni modelga turli o’lchov birligi (natural, qiymat) va turli aniqlik darajasi bilan kiritish mumkin. Bunday holda ularning boshlang’ich xarakteri saqlanadi.
Quyidagi modellar turi boshlang’ich va ishlab chiqarish omillarining turli kombinatsiyalarini beradi:
a) ishlab chiqarish natijalarining boshlang’ich resurslar xarajati darajasi va tarkibiga hamda ishlab chiqarish ehtiyojlari sharoitiga bog’liqligini xarakterlaydigan to’liq modellar;
b) ishlab chiqarish ehtiyojlari sharoiti obyektlari guruhi yoki vaqt bo’yicha barqaror hisoblangan paytlarda qo’llaniladigan «vazifalar - mahsulot ishlab chiqarish» modeli;
c) ishlab chiqarish texnik-iqtisodiy ko’rsatkichlar o’rtasidagi o’zaro va boshlang’ich ishlab chiqarish omillari bilan aloqalarini xarakterlovchi turli xil modellar.
Modellar o’zgaruvchanligiga ko’ra, umumiy va xususiy modellarga bo’linadi. Umumiy model o’lchanadigan alomatlarning barchasini hamda o’rganilayotgan ishlab chiqarish jarayonining bir tomonini, masalan, tabiiy sharoit belgilarini qisman o’z ichiga oladi. Alomatlarning barchasini o’z ichiga olgan model bilan xususiy (masalan, faqat tabiiy sharoit omillari) modelni taqqoslab, ishlab chiqarish tabiiy iqlim omillarining ta’siri qaysi vaqtda ko’proq, qaysi vaqtda kamroq bo’lishini aniqlash mumkin.
Umumiylik darajasi bo’yicha iqtisodiy ko’rsatkichlar avtonom tizimidagi farqlarni ajrata bilish lozim. Birinchi xil modellar mustaqil foydalanish, ikkinchi xil modellar esa qandaydir tizimdagi modellarning organik tarkibiy qismi hisoblanadi. va ularni qo’llash xarakterini aniqlaydi.
Tasniflashning mana shu turiga modellarning bir sathli, pog’onali va ko’p sathli bo’linishi ham kiradi. Ayrim hollarda ishlab chiqarish boshlang’ich omillarining katta sonlarni hisobga olish va xususiy texnik-iqtisodiy ko’rsatkichlar orqali ularni samaradorlikning umumiy sintetik ko’rsatkichlariga ta’sirini tekshirish xususiyati bilan ikkinchi sxema ustun turadi.
Pog’onali, ko’p sathli modellar faqat turli darajadagi iqtisodiy aloqalarni aks ettirish uchun tuzilmay, balki turli davrlarga mansub bo’lgan iqtisodiy ko’rsatkichlarni modellashtirish bilan aniqlash uchun ham tuziladi.
Modellarni tuzilishi bo’yicha tasniflash jarayonini modellar yordamida ifodalash va boshlang’ich axborotdan foydalanish xarakteri alomati bo’yicha tasniflashdan iborat. Birinchi xil alomat (belgi) bo’yicha ikki xil statistik modellarni ko’rsatish mumkin. Ular bashoratlarni tavsiflash va tushuntirish modellaridir.
Tavsiflash modellari - o’zgaruvchan o’zaro aloqalarni eng yaxshi tarzda tavsiflaydigan regressiyalarni tenglashtirish modeli hisoblanadi. Bunday hollarda modellar parametri mazmundor ma’noga ega bo’lmaydi. Mazkur parametrlar qiymatini belgilashda approksimatsiya, ya’ni tavsiflanayotgan o’zgaruvchan kirish bilan tavsiflanayotgan chiqish o’rtasidagi statistik muvofiqlik barqarorlik vazifalari hal eiladi.
Tavsiflash modellarini tuzish paytida ko’pincha belgilangan muddatdagi iqtisodiy ko’rsatkichlarning aralashma faktlaridan foydalaniladi. Bunday hollarda ko’rsatkichlar harakatidagi ketma-ketlik va aloqalar mavjudligi to’g’risidagi statistik ma’lumotlar tadqiqotchilarni qiziqtiradi.
Ko’pincha tavsiflash modellarini tuzish vaqtida iqtisodiy ko’rsatkichlarning aralash faktlaridan foydalaniladi. Bunday hollarda tadqiqotchilarni dalil sifatida tanlab olingan ko’rsatkichlar funksiyalarning o’zgarishiga sabab bo’lgan yoki bo’lmaganligi haqidagi statistik dalil qiziqtiradi. Tushuntirish - bashoratlash modelining nomi, uning milliy iqtisodiyotda qanday rol tutishini aniq tushuntiradi. Ular belgilangan faktlar majmui, gipotezalar o’rtasidagi muvofiqlikni aniqlaydi. Bunday omillar - dalillarni taqqoslash asosida bashoratlashtirilayotgan ko’rsatkich shakllanish mexanizmini o’rganish, ya’ni sanoat obyekti rivojlanishining harakatlantiruvchi kuchlarini aniqlash masalasi turadi.
Tushuntirish - bashoratlash modeli parametrlarini baholashda aynan tenglashtirish masalasi hal qilinadi. Masalaning mohiyati qandaydir to’g’ri keladigan statistik usullar yordamida chuqur ma’noli farazlar asosida tuzilgan tenglamalarning noma’lum parametrlarini qidirib topishdan iborat. Binobarin, identifikatsiya masalalarining approksimatsiya masalalaridan farqi shundaki, unda oldindan o’zgaruvchan bog’lanish tarkibi berilgan bo’ladi.



Yüklə 40,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə