2-mavzu. Adolat va qonun ustuvorligi – xalqparvar davlat poydevori Reja


Erkin va ochiq fuqarolik jamiyati



Yüklə 42,81 Kb.
səhifə3/5
tarix30.03.2023
ölçüsü42,81 Kb.
#103763
1   2   3   4   5
2-Mavzu.ST (1)

2. Erkin va ochiq fuqarolik jamiyati.

Bugungi kunda mamlakatimizni rivojlantirish va Yangi O‘zbekistonni barpo etish strategiyasini amalga oshirishda fuqarolik jamiyati institutlari, nodavlat notijorat tashkilotlar va OAVni qo‘llab-quvvatlash jarayoni jadal bormoqda.Bu jihatdan, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyati institutlari faoliyatini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash – samarali boshqaruvni amalga oshirishdagi ustuvor yo‘nalishlardan biridir.Mamlakatning har tomonlama gullab-yashnashiga faqat kuchli va adolatli fuqarolik jamiyati sharoitida erishish mumkin.


Bunda barcha qarorlarni qabul qilishda fuqarolar va ularning birlashmalarining fikrlari inobatga olinishi zarurligi nazarda tutiladi.Ayni paytda ijtimoiy sheriklik va jamoatchilik nazorati institutlarining izchil kuchaytirilishi, boshqaruv funksiyalarining aksariyatini xalqning o‘ziga, jamoat birlashmalariga, o‘zini o‘zi boshqarish organlariga, fuqarolik jamiyatining boshqa institutlariga berish maqsadga muvofiq.
Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlar quyidagilardan iborat:
♦ davlatning va fuqarolik jamiyati institutlarining mamlakatni yanada jadal va har tomonlama rivojlantirishga qaratilgan sa’y-harakatlarini birlashtiruvchi zamonaviy,demokratik hamda ochiq-oshkora maydon sifatida ularning yuqori darajadagi tizimli va samarali muloqotini yo‘lga qo‘yish;
♦ o‘rta va uzok muddatli istiqbolda fuqarolik jamiyatini rivojlantirishning strategik yo‘nalishlarini aniqlash va milliy modelini shakllantirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
♦ fuqarolik jamiyatini va keng jamoatchilikni tashvishlantirayotgan dolzarb masalalarni muhokama qilish, shuningdek, mazkur sektorning holati va rivojlanish tendensiyalarini tahlil qilish;
♦ davlat organlarining fuqarolik jamiyati institutlari bilan samarali hamkorligining zamonaviy mexanizmlarini, ularning faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish choralarini joriy qilish bo‘yicha takliflar tayyorlash;
♦ ilmiy va ekspertlar guruhlari ishtirokida fuqarolik jamiyatini rivojlantirish sohasida fundamental va amaliy tadqiqotlarni tashkil etish yuzasidan tashabbus ko‘rsatish, fuqarolik jamiyatini rivojlantirish borasidagi davlat siyosati vauning amaliy natijalari haqidagi jamoatchilik fikrini tizimli ravishda o‘rganish, takomillashtirish, ijtimoiy sheriklik va jamoatchilik nazoratini amalga oshirish, mazkur institutlarning jamiyat boshqaruvidagi ishtirokini kengaytirish uchun kulay sharoitlar yaratish;
♦ фуқаролик жамиятининг ривожланишини, фуқаролик жамияти institutlarining davlat organlari bilan hamkorligi darajasini, shuningdek, ularning mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiyrivojlantirishga qo‘shayotgan hissasini baholovchi ko‘rsatkichlarni ishlab chiqish, bu ko‘rsatkichlar asosida davriy va maxsus, jumladan, muqobil ma’ruzalar tayyorlanishini tashkil etish;

  • fuqarolik jamiyati institutlariga ularning xalqaro hamkorligini rivojlantirishda, ilg‘or xalqaro tajribani o‘rganishda va ushbu tajribani O‘zbekistan sharoitida joriy etishda ko‘maklashish.

Ushbu sohadagi ishlarni sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish hamda mamlakatimizda fuqarolik jamiyatini rivojlantirishning yaqin va o‘rta muddatli istiqbollari va bosqichlari, ustuvor yo‘nalishlari, vazifalarini o‘zimizga aniq belgilab olishimiz lozim.Bundan maqsad - mamlakatimizda erkin fuqarolik jamiyatini yanada rivojlantirish, inson huquqlari va qonuniy manfaatlarini, demokratik qadriyatlarni himoya qilish, aholining siyosiy madaniyati va huquqiy ongini oshirishdan iboratdir.Davlat organlari va nodavlat notijorat tashkilotlar o‘rtasida ijtimoiy sheriklik munosabatlarini hamda dolzarb masalalarni hal etishda ularning hamkorligini kuchaytirish, barcha sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlarda nodavlat notijorat tashkilotlarning tashabbuskorligi va faolligini ta’minlash ham shu maqsadga xizmat qiladi.
Barchamizga ma’lumki, islohotlarimiz natijalari, bo‘layotgano‘zgarishlar vaaholining kayfiyati avvalo mahallada seziladi. Shu ma’noda, "Mahalla - jamiyatimizning yorug‘ yuzi va vijdoni ko‘zgusi",desak, to‘g‘ri bo‘ladi. Shuning uchun barcha darajadagi rahbarlar pastga tushib, o‘z sohasi bo‘yicha mahallalardagi muammolarni o‘rganishi va ularga yechim topishi, natijani ta’minlashi shart.
Mahalladagi ishlarning ahvoli vazirlik, idora va hokimliklar faoliyatini baholashda bosh mezon bo‘ladi.Shuningdek, mahallaning nufuzini, uning resurs va imkoniyatlarini ko‘paytirish, xodimlarining moddiy ta’minotini yaxshilash bo‘yicha dasturni samarali amalga oshirish zarur.
Mahalla raisi va uning o‘rinbosarlari vakolatlarini kengaytirib, ularga aholi muammolarini bevosita hal kilish borasida yanada ko‘proq imkoniyatlar yaratishimiz kerak. Bunda mahalla raisiga mahalliy kengash majlisida ko‘rilishi majburiy bo‘lgan masalalarni kiritish huquqini berish lozim. Bu orqali muammolarni tezkor hal qilishga erishish imkoniyati yaratiladi.Mahallada ishlayotgan malakali va tashabbuskor kadrlarni davlat idoralari rahbarlik lavozimlariga tavsiya etish tizimi yo‘lga qo‘yilayotgani ham bejiz emas.Qonunchilik palatasi va Senatga, Vazirlar Mahkamasi bilan birga mahalliy ijro va vakillik organlari hamda mahalla instituti faoliyatini tubdan takomillashtirishga oid yangi qonun loyihalarini ishlab chiqish tavsiya etiladi.
Sohaga oid milliy qonunchilik, huquqni qo‘llash amaliyotining chuqur tahlili va ilg‘or xorijiy tajribani o‘rganish asosida quyidagi vazifalarni bajarish lozim:
- xalqaro amaliyotda keng tarqalgan jamoatchilik nazoratining samarali va ta’sirchan shakllarini joriy etish, ularni amalga oshirish mexanizmlarini qonunda batafsil belgilab qo‘yish maqsadida "Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida"gi qonunni qayta ko‘ri b chiqish;
-мамлакатимиздафуқароликжамиятиривожланишини, жамияти nstitutlarining davlat organlari va tashkilotlari bilan o‘zaro hamkorlik darajasini, shuningdek, ularning jamiyatni sotsial-iqtisodiy va siyosiy-huquqiy jihatdan rivojlantirishga qo‘shayotgan hissasini baholash indikatorlarini ishlab chiqish hamda kelgusi besh yillikda fuqarolik jamiyatiniyanada rivojlantirish konsepsiyasini qabul qilish;
- jamiyatda adolatni ta’minlash tamoyiliniamalgaoshiradigan fuqarolik institutlarining kengtarmog‘ini shakllantirish maqsadida davlat organlariningfuqarolik jamiyati institutlari bilan hamkorligi bo‘yichao‘ta muhim ijtimoiy-iqtisodiy dasturlarini ishlab chiqishva amalga oshirish;
- ushbu yo‘nalishda ham yangi innovatsion yondashuvlarni ishlab chiqish va joriy etish choralarini ko‘rish lozim. Bizning ustuvor vazifamiz - fuqarolik jamiyati institutlarining aholining hayotiy muhim muammolarini hal qilish, mulkdorlar sinfi manfaatlarini himoyalash yeohasidagi faoliyatini samarali tashkil etish;
-o‘zini o‘zi boshqarish organlarining faoliyatini hap tomonlama yaxshilash to‘g‘ridan-to‘g‘ri demokratiyani amalga oshirishning asosiy yo‘li ekanini e’tiborga olgan holda, jamoat boshqaruvida mahalla faoliyatining ahamiyati va samaradorligini oshirish, uni xalqqa amaliy yordam ko‘rsatuvchi mustaqil, kuchli va ta’sirchan fuqarolik institutiga aylantirish zarur.
Fuqarolik jamiyati institutlarining erkin faoliyat yuritishi, davlat va jamiyat boshqaruvida faol ishtirok etishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, ularni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini yanada takomillashtirish maqsadida Nodavlat notijorat tashkilotlar kodeksiniqabul qilish, Jamoatchilik palatasini tuzish ishlarini jadallashtirish lozim.

Yüklə 42,81 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə