2-Мавзу: atrof-muhitni qadrlash



Yüklə 34,28 Kb.
səhifə1/3
tarix27.09.2023
ölçüsü34,28 Kb.
#124274
  1   2   3
2 МАВЗУ


2-Мавзу: ATROF-MUHITNI QADRLASH
R Е J А
1. Nima uchun atrof-muhitni qadrlash kerak?
2. Tanlov tajribalari.
3. Geografik axborot tizimlaridan foydalanish orqali baholash.
Tabiatni asrab-avaylash har birimizning burchimizdir. 2.1. Nima uchun atrof-muhitni qadrlash kerak? Atrof-muhitni qadrlash. “Biosfera” yangi atama bo‘lib, fanda XIX asrdan shakllana boshlandi. Biosfera Yer sharidagi eng yirik ekotizimdir. Yerning tirik organizmlar va biogen cho‘kindi tog‘ jinslari tarqalgan qismini rus olimi akademik V.I.Vernadskiy biosfera (yunoncha “bios” – hayot, “sfera” – shar) deb nomlagan. Biosfera sayyoramizdagi “hayot qobig‘i” hisoblanib, tirik organizmlarning o‘zaro chambarchas aloqa, munosabatlaridan iborat murakkab ekotizimlar majmuyini tashkil etadi. Demak, biosfera insoniyat yashaydigan muhit bo‘lib, uning hayotiy jarayonlari shu muhitda kechadi va rivojlanadi. Inson xattiharakatlari, ayniqsa, nafas olish orqali qayerda yashashidan qat’i nazar, shahardami yoki olis qishloqdami, shu muhit-tabiat bilan doimiy bog‘langan bo‘ladi. V.I.Vernadskiy ta’rifiga ko‘ra, biosferaga hozirgi vaqtda faqatgina yerning qobig‘ida tarqalgan tirik organizmlar kirib qolmay, balki uning tarkibiga qadimgi davrlarda organizmlar ishtirokida hosil bo‘lgan litosferaning qismi ham kiradi. Biosfera tabiatning tirik organizmlar yashashi uchun qulay muhit yaratish imkoniga ega bo‘lgan ulkan borliqdir. Barcha tirik organizmlar kabi biz ham bu ulkan borliqda o‘z faoliyatimizni o‘taymiz. Biosferada inson uchun zarur narsalarning hammasi 32 mavjud. Ular u yoki bu tarzda tabiatda uchraydi. Shu bilan birga, inson tabiatga o‘z ta’sirini ijobiy yoki salbiy ravishda bildiradi. “Biosfera” atamasi fanga avstriyalik geolog Eduard Zyuss tomonidan 1875-yil kiritildi. Uning fikricha, biosfera yupqa qobiq bo‘lib, yerni o‘rab turadi. U davrda fanning bu yo‘nalishi mutlaqo shakllanmagan edi. XX asrga kelib, fanda, insonlar hayotida biosferaning ahamiyati shunchalik oshib ketdiki, pirovard natijada tabiatshunoslikda yangi ilmiy yo‘nalish – biosfera haqida ta’limot yaratildi va juda tezlik bilan rivojlandi. Bu yo‘nalishga buyuk sovet olimi V.I.Vernadskiy asos soldi. Aslida bu vaqtgacha “biosfera” ham biosferani anglatadigan “hayot maydoni”, “tabiatning ko‘rinishi”, “yerning tirik qoplami” yoki boshqa atamalar bilan izohlangan. Tabiatshunos olimlar “biosfera” atamasini uzoq izlashgan. V.I.Vernadskiy atmosferadagi barcha kislorod organizmlar hayot tarzi mahsulidir, deb hisoblaydi. Toshko‘mir, neft, bor, torf, ohaktosh, fosforit, ko‘plab temir va marganets rudalari hamda tuproq organizmlarning hayot tarzi evaziga hosil bo‘lgan. Bu biokimyoviy jarayonning yer yuzida davom etishida quyosh energiyasi nurlari birlamchi rol o‘ynaydi. Quyosh nurlari yashil o‘simliklarning xlorofill donalarini tutib qolib, fotosintez jarayonida karbonat angidridi bilan birga erkin kislorodni ham hosil qiladi. Erkin kislorod esa yordamchi jarayonlar uchun katta rol o‘ynaydi. Dastlabki paytlarda “biosfera” atamasi orqali sayyoramizda yashovchi tirik organizmlarning o‘zaro bog‘liqligi va yashashi tushunilgan, ayrim vaqtlardagina ularning geografik, geologik va kosmik jarayonlar bilan bog‘liqligi haqida fikr yuritilgan. Keyinchalik biz yashab turgan tirik tabiatning tabiatdagi anorganik moddalar va ularning ta’sir kuchiga bog‘liq ekanligi olimlar tomonidan tan olindi. Hatto “biosfera” atamasining asoschisi E.Zyuss ushbu atama muomalaga kiritilganidan 30 yil o‘tgach, yozilgan “Yerning yuzi” nomli kitobida (1909) biosferaning qayta ta’sir kuchini sezmagan, 33 uni ma’lum vaqtda, ma’lum sharoitda yerdagi hayot kechiradigan organizmlarning birligi deb izohlagan. Biosfera tushunchasi biologiyaga J.Lomark, geologiyaga esa E.Zyuss tomonidan kiritilgan bo‘lsa-da, uning mohiyati to‘g‘risida ular biror aniq fikr bildirmaganlar. Shu tufayli biosfera to‘g‘risidagi ta’limotning asoschisi V.I.Vernadskiy hisoblanadi. Sayyoramiz qiyofasining geoekologik davrlar mobaynida o‘zgarib kelganligi qadimda faqat fizik-kimyoviy jarayonlar natijasi, deb qarab kelingan. V.I.Vernadskiy birinchi bo‘lib tirik organizmlarning geologik roli to‘g‘risidagi ta’limotni yaratdi va yer po‘stining o‘zgarishida tirik organizmlar faoliyati bosh omil ekanini ko‘rsatdi. Yer va uni o‘rab turgan tashqi muhit quyosh tizimining bir qonuniyat asosida rivojlanishi mahsuli hisoblanadi. Bundan 4,7 mlrd. yillar burun quyosh tizimida gaz moddalaridan yer sayyorasi hosil bo‘ldi. Yer o‘zining rivojlanishi va hayotiy jarayonlari uchun quyoshdan elektromagnit nurlari ko‘rinishida energiya olib turadi. Quyoshning harorati yerdagi iqlimni hosil qiladi va barcha geologik jarayonlarning borishi uchun asos bo‘lib qoladi. Yerning tubidan juda katta miqdorda harorat chiqadi. Sayyoramizning hajmi nisbatan kichik bo‘lib, undagi tabiiy resurslar miqdori cheklangan. Sayyoramizning tuzilishi bir xil emas, u ichki va tashqi qobiqlar bilan o‘ralgan, ichki qobig‘i geosfera bo‘lib, u ham o‘z navbatida ikkiga: yadro va mantiyaga, tashqi qobig‘i esa litosfera, gidrosfera, atmosferaga bo‘linadi. Bularning hammasi yerning murakkab birlashgan qobig‘i – biosferani tashkil qiladi. Biosfera quyosh energiyasi ta’sirida uzoq biokimyoviy jarayonlar natijasida vujudga kelgan yerning o‘ziga xos qobig‘idir. 34 1-rasm. Biosfera va uning tarkibiy tuzilishi. Biosfera tarkibiga atmosferaning quyi qatlamlari, ya’ni 15-20 km balandlikkacha bo‘lgan troposfera va stratasferaning pastki qismi, Dunyo okeanining eng chuqur botiqlari (11 km), litosferaning yuqori yer yuzasidan 4,5 km gacha bo‘lgan chuqurlik qismlari kiradi. Bu chuqurlikdagi neft qatlami suv tarkibida hamda yuqorida ozon ekranigacha bo‘lgan chegaralar oralig‘ida tirik mikroorganizmlar uchraydi. Inson ham biosferaning tarkibiy qismidir. Buyuk olim J.B.Lamark (1744-1829) yer po‘stining shakllanishi va rivojlanishida tirik organizmlarning o‘rni juda katta ekanligini ko‘rsatgan. Olimning ta’rificha, yer yuzasidagi va uning po‘stlog‘ini tashkil qiluvchi barcha narsalar tirik organizmlarning uzluksiz harakati tufayli hosil bo‘lgan. Biosfera haqidagi ma’lumotlar botanika, tuproqshunoslik, o‘simliklar geografiyasi va boshqa biologik va geografik fanlarning rivoji bilan shakllanib bordi. Biosferani tushunish va uni bilish ekologiya fani yuzaga kelishi bilan to‘ldirildi, chunki ekologiya tirik organizmlarning tashqi muhit bilan bog‘liqligini o‘rganadigan fan hisoblanadi. Biosfera tabiatning aniq tizimi bo‘lib, uning borligi energiya va moddalar aylanishi tirik organizmlar ishtirokida kechishini ko‘rsatadi. Nemis fiziologi Pfefr (1845-1920) biosferani 35 tushunishning aniq yo‘lini uch xil tirik – avtotrof, geterotrof, miksotrof organizmlar bilan ko‘rsatadi:  avtotrof organizmlar tabiatdagi anorganik moddalarni iste’mol qiladi;  geterotrof organizmlar past molekulali organik birikmalarni iste’mol qilishga moslashgan;  miksotrof organizmlar oziqlanishiga ko‘ra aralash (avtotrof va geterotroflar)dir. Biosfera yerning o‘ziga xos qobig‘i bo‘lib, barcha tirik organizmlarni bir-biriga bog‘liq holda saqlaydi va ular sayyorada moddalar bilan uzluksiz modda almashinuvini olib boradi. Biosfera eng katta ekosistemaning asosi hisoblanib, o‘z navbatida abiotik va biotik qismlarga bo‘linadi. Biosferaning rivojlanishiga qator olimlar K.A.Timiryazev, V.R.Vilyams, B.B.Polonov, N.I.Vavilov, V.N.Sukachev, A.Loparin, A.P.Vinogradov va ayniqsa V.I.Vernadskiylar katta hissa qo‘shgan. Biosfera mavjudligining asosi unda modda va energiya almashinuvidir. Unda organizmlar va ularning hayot muhiti o‘zaro bog‘lanishda bo‘lib, bir butun organik harakatdagi tizimni vujudga keltiradi. Biosferaga xos xususiyatlar quyidagilar: tirik moddalarning qatnashishi, suyuq holdagi ko‘p miqdordagi suvning mavjudligi, kuchli quyosh energiyasi oqimi hamda moddalarning qattiq suyuq va gaz holda uchrashidir. Umuman, yerdagi har qanday jarayonlarning manbayi va boshlanishi quyosh energiyasi hisoblanadi. Energiyaning aylanishi moddalarning aylanishi bilan chambarchas bog‘liq. Moddalar kichik (biologik) va katta doiralarda (geologik) aylanadi.

Yüklə 34,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə