2-Мавзу: atrof-muhitni qadrlash


Geografik axborot tizimlaridan foydalanish orqali baholash



Yüklə 34,28 Kb.
səhifə3/3
tarix27.09.2023
ölçüsü34,28 Kb.
#124274
1   2   3
2 МАВЗУ

3. Geografik axborot tizimlaridan foydalanish orqali baholash O‘zbekiston uchun 1992-yilda Rio-de-Janeyrodagi o‘tkazilgan BMTning “Atrof-muhit va rivojlanish masalasi” anjumanida, olamshumul ekologik muvozanatga erishishda xalqaro hamkorlikni rivojlantirish atrof-muhitni himoya qilishga bog‘liq uzoq vaqtli iqtisodiy taraqqiyotni ta’minlashda yagona yo‘nalish ekanligi belgilandi. O‘zbekiston Respublikasining xalqaro dastur va loyihalarga qo‘shilishi atrof-muhit sohasidagi konvensiyaga muvofiq respublikani atrof-muhitni saqlash va yaxshilash, barqaror rivojlanishga erishish umumjahon jarayoniga qo‘shilishiga imkon tug‘dirdi. 2002-yili Yoxannesburg shahrida o‘tkazilgan Barqaror rivojlanish xalqaro sammitida sammit qarorlarining aniq vazifalari va bajarilish rejalari loyihasi hamda siyosiy deklaratsiyasi muhokama qilindi. Sammitda yangi xalqaro institut tashkil qilinishi e’lon qilindi. “Sherikchilik tashabbusi” Markaziy Osiyoning alohida tashabbuslaridan bo‘lib, bir hududning barqaror rivojlanishini tahlil qilish va amalga oshirish, dunyo miqyosidagi loyiha O‘zbekiston Respublikasi manfaatlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri qiziqtiradi. Xalqaro tabiatni qo‘riqlash hamkorligi asosiy yo‘nalishlari O‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosati strategiyasi bilan belgilanadi. O‘zbekiston mustaqillikka erishgandan so‘ng ko‘p vaqt o‘tmay, 1992-yilda Birlashgan Millatlar Tashkiloti a’zosi bo‘ldi va uning qator dasturlari hamda maxsus tashkilotlari bilan hamkorlik qila boshladi, jumladan, atrof-muhit bo‘yicha Birlashgan Millatlar Tashkiloti dasturi (YUNEP), Birlashgan Millatlar Tashkiloti rivojlanish dasturi (PROON), ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha Birlashgan Millatlar Tashkiloti (YUNESKO), Xalqaro metereologik tashkilot (XMT), Sog‘liqni saqlash xalqaro tashkiloti (SSXT), Sanoat rivojlanishi bo‘yicha Birlashgan Millatlar 51 Tashkiloti (YUNIDO) hamda uning ikki mintaqaviy komissiyasi: Birlashgan Millatlar Tashkiloti Yevropa iqtisodiy komissiyasi (EEKBMT) hamda Osiyo va Tinch okeani uchun iqtisodiy va ijtimoiy komissiya (ESKATO). Milliy siyosatni va xalqaro hamkorlik asosiy yo‘nalishlarini shakllantirish mamlakat ekologik imkoniyatlarini saqlab qolishga asoslanadi. MDH bilan hamkorlik. O‘zbekiston mintaqaviy integratsiya masalalari hamkorlikni alohida MDH a’zolari bilan ikki tomonlama kelishuvlar asosida (Rossiya Federatsiyasi, Ukraina) hamda MDH ijrochi qo‘mitasi yordamchi organi hisoblangan davlatlararo ekologik kengash bilan amalga oshiradi. 2000-yilda tayyorlangan va davlatlar rahbarlari tomonidan imzolangan 2025- yilgacha davrda MDH rivojlanishi bo‘yicha harakatlar dasturida atrof-muhitni qo‘riqlash bo‘yicha qator tadbirlar ko‘zda tutilgan (atrof-muhit monitoringi, ekologik xavfsizlik, sanoat chiqindilarini klassifikatsiyalash hamda ularni markirovka qilish yagona tizimi va h.k.). O‘zbekiston atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida ikki yoqlama shartnomada qatnashib, tabiatdan foydalanishni barqarorlashtirish va atrof-muhit muhofazasi qoidalarining maxsus subregional strukturasini tuzishga kirishdi. 2005- yilda Shanxay hamdo‘stlik tashkilotiga a’zo mamlakatlar bilan tabiatdan foydalanishni barqarorlashtirish va atrof-muhit muhofazasi qoidalari masalalari bo‘yicha konsepsiya ishlab chiqildi. YYevroosiyo iqtisodiy hamkorligi 2006-yilda qilgan ma’ruzasida, YYevroosiyo iqtisodiy hamkorlik, Parlamentaro tashkilotning umumiy yig‘ini, O‘zbekiston Respublikasida O‘zbekiston Respublikasi Parlamenti taklif etgan Tabiatdan foydalanish va ekologiya, qishloq xo‘jaligi siyosati doimiy komissiyasi tashkil etildi. Ikki tomonlama hamkorlik. Hozirgi kunda uyushgan tartibda quyidagi mamlakatlar: Xitoy (1997-yildan), Gruziya (1995- yildan), Hindiston (1996-yildan), Isroil (1997-yildan), Yaponiya (1994-yildan), Qozog‘iston (1997-yildan), Qirg‘iziston (1996- 52 yildan), Malayziya (1996-yildan), Koreya Respublikasi (1995- yildan), Slovakiya (1998-yildan), Shveysariya (1998-yildan), Tojikiston (1994-yildan), Tailand (1998-yildan), Turkiya (1996- yildan), Turkmaniston (1996-yildan), Ukraina (1998-yildan), Birlashgan Arab Amirliklari (2006-yildan) va Ozarbayjon (2006- yildan) bilan ikki tomonlama hamkorliklar olib borilmoqda. Mintaqaviy hamkorlik. O‘zbekiston 1992-yildan beri ESKATO a’zosi hisoblanadi. O‘zbekiston ESKATO bilan, asosan, kadrlar tayyorlash masalalari bo‘yicha hamkorlik qiladi, shu jumladan, Yaponiya va Koreya xalqaro hamkorlik agentligi yo‘nalishi bo‘yicha hamda Hindiston mintaqaviy o‘quv markazlari (Jug‘rofiy axborot tizimi (JAT)), Xitoy (chiqindilar), Malayziya va Tailand (ekologik boshqaruv) bilan. O‘zbekiston tarkibida quyidagi o‘nta davlat bo‘lgan ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanish bo‘yicha mintaqaviy davlatlararo tashkilot – Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti (EKO) a’zosidir: Ozarbayjon, Afg‘oniston, Eron Islom Respublikasi, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Pokiston, Tojikiston, Turkmaniston, Turkiya va O‘zbekiston. EKOda atrof-muhitni qo‘riqlash sohasidagi hamkorlik masalalari bilan energetika, tabiiy mineral resurslar va atrof-muhit bo‘yicha direktorat shug‘ullanadi. EKO ESKATO bilan yaqin hamkorlik qiladi. Xalqaro moliyaviy institutlar mintaqaviy loyihalarga borgan sari ko‘proq e’tibor bermoqdalar, buning uchun esa Markaziy Osiyo barcha mamlakatlarning kuchlari birlashtirilishi va harakatlari moslashtirilishi zarur. Bugungi kunda mintaqa mamlakatlari mustaqil me’yorni, tabiatni qo‘riqlash siyosatini ishlab chiqishlari va amalga oshirishlari hamda mintaqaviy va dunyo miqyosida atrof-muhitni qo‘riqlash doirasida hamkorlikni amalga oshirishlari mumkin. Markaziy Osiyoda chegaralararo xarakterga ega eng muhim ekologik masala: suv manbalarining qisqarishi, sifatli ichimlik suviga erishish, chegara hududlarida radiatsiyadan ifloslanish xavfi, Orol dengizi tubidan chiqayotgan quruq tuz changining atrof-muhit havosini ifloslantirishi, tog‘lar ekotizimida 53 qurg‘oqchilik va tanazzulga uchrashiga bog‘liq. Bioxilma-xillikning yo‘qolishi. O‘zbekiston – Markaziy Osiyo atrof-muhitni himoya qilish sohasida hududiy hamkorlik jarayonida faol ishtirok etmoqda. U tabiiy boyliklardan foydalanish, atrof-muhitni himoya qilish va barqaror rivojlanishni koordinatsiyalash masalalarini hal qilish uchun Orolni qutqarish xalqaro fondi (davlat rahbarlarining Qozog‘istonning Qizil O‘rda shahrida 1993-yilgi qaroriga asosan) Barqaror rivojlanish bo‘yicha davlatlararo komissiyasi va Davlatlararo suv xo‘jaligi koordinatsion komissiyasini tuzishda tashabbuskorlardan biridir. Hozirgi davrga kelib, hududlardagi o‘zaro munosabatlar tabiatni muhofaza qilish va iqtisodiy ikki tomonlama va ko‘p tomonlama kelishuv sababli rivojlanmoqda. 1993-yili Markaziy Osiyoning beshta davlat Prezidentlari, birinchilardan bo‘lib, Orol dengizi va Orolbo‘yi mintaqasini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni ta’minlash va ekologik sog‘lomlashtirish, Orol dengizi havzasini ekologik yaxshilash qat’iy harakati rejasi shartnomasiga imzo qo‘ydi. Orol dengizi havzasini barqaror rivojlantirish muammolari bo‘yicha Markaziy Osiyo davlatlari va xalqaro hamjamiyati tomonidan ekologik masalalar bo‘yicha quyidagi deklaratsiyalar imzolandi: Nukus deklaratsiyasi, Olma-ota deklaratsiyasi, Ashxobod deklaratsiyasi, Dushanbe deklaratsiyasi. Unda aytilishicha, mamlakat ekologik siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish masalasida bir shakldagi yondashuvlarni ishlab chiqish, olamshumul va mintaqaviy ekologik muammolarni yechishda Xalqaro tashkilotlar va davlatlarni, Markaziy Osiyo davlatlarini qo‘llashga chaqiradi. Markaziy Osiyo davlatlari diplomatik korpuslari ishtirokida: O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston orasida atrof-muhitni muhofaza etish va tabiiy boyliklardan to‘g‘ri foydalanish sohasida, shuningdek, ikki yoqlama O‘zbekiston va Qozog‘iston orasida hamda O‘zbekiston va Qirg‘iziston orasida kelishuv imzolandi. O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikiston orasida hamkorlikda bajarilgan rekultivatsiya, kon rudalari chiqindilarini 54 joylashtirish, xalqaro chegaralarga ta’siri masalasida hamda O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va bunga qo‘shilgan Tojikiston orasida Sirdaryo suv havzasining energiya va suv manbalaridan foydalanishda hamkorlik bitimlari imzolandi. Amaliyot shuni ko‘rsatadiki, Markaziy Osiyo davlatlariga tegishli masala Amudaryo va Sirdaryo suv manbalaridan foydalanish, o‘rta va quyi oqimlarda suv ifloslanishining oldini olishdir. Markaziy Osiyo davlatlari mintaqaviy hamkorligini Orolni qutqarish xalqaro fondi huzurida tuzilgan Barqaror rivojlanish davlatlararo komissiyasi faoliyatida Markaziy Osiyo davlatlarining ishtirok etishi misolida ko‘ramiz. Hozirgi davrda Barqaror rivojlanish davlatlararo komissiyasi rahbarligida (YUNEP, ABR, PROONning texnik va iqtisodiy yordamida) Markaziy Osiyo davlatlari uchun atrof-muhitni himoya qilish mintaqaviy rejasi ishlab chiqilmoqda, unda xalqaro chegaralarga bog‘liq bo‘lgan suv manbalari sifatini boshqarish, havo qatlamlarini ifloslanishdan saqlash, chiqindilardan foydalanish yo‘llari, tog‘ ekomuvozanatini saqlash va yer inqirozining oldini olish kabi masalalar qamrab olgan. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi, Qirg‘iziston va Tojikiston tog‘ mintaqaviy markazlarida qayta ishlanuvchi energiyaning mintaqaviy tizimini joriy etish va hokazo. Asosiy tayanch tushunchalar: Biosfera, avtotrof, geterotrof, miksotrof, ekologik muhit, abiotik omillar, biotik omillar, antropogen omillar, havo massasi harakati, yer sathi harorati, atmosfera bosimi.
Mustaqil ishlash uchun nazorat savollari
1. Biosfera haqida nima bilasiz?
2. Ekologik omillarning tarkibi va ahamiyatini ayting.
3. Biosferaning tarkibi nimadan iborat?
4. Biosferaga ta’sir etuvchi omillar nimadan iborat?
5. Biosferani muhofaza qilish insoniyatga nima beradi?
Yüklə 34,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə