2-Mavzu: Betonning fizik-mexanik



Yüklə 307,37 Kb.
səhifə2/5
tarix24.12.2023
ölçüsü307,37 Kb.
#159436
1   2   3   4   5
Betonning fizik-mexanik xossalari (2)

Betonning mustahkamligi
Betonning mustahkamligi betonnnig eng muhim xarakteristikalaridan biri bo‘lib, bu uning siqilishidagi mustahkamligidir. Yaqin yillargacha etalon sifatida betonning siqilishdagi mustahkamligini ifodalovchi betonning markasi degan ko‘rsatkich qabul qilingan edi. Xozirgi kunda esa betonning sinfi degan ibora ishlatiladi.Betonning sinfi bilan markasi o‘rtasidagi farq qabul qilinadigan qarshilik miqdorining ta’minlanishi bilan ifodalanadi.
Betonning markasi uchun qarshilikning ta’minlanishi 50 foizni tashqil etadi (qarshilikning o‘rtacha statistik miqdori), betonning sinfi uchun esa bu ko‘rsatkich 95 foizni tashqil qiladi.Buning uchun siqilayotgan beton namunada buzilish holatini ko‘rib chiqamiz. Bu g‘ayri tabiiy tuyilishi mumkin, lekin buzilish cho‘zish chog‘ida mustahkamlik zahirasini tugashi bilan bog‘liq, siqish bilan emas. Cho‘zishdagi mustahkamlik faqat uning ko‘ndalang yo‘nalishidagi kesim yuzasiga bog‘liq. Betondagi har bir g‘ovak va bo‘shliq bir xil materialdagi teshik sifatida qaralishi mumkin, ya’ni uning atrofida kuchlanish paydo bo‘ladi. Kuch ta’siriga perpendikulyar ravishda deformatsiya yuzaga keladi, shu asosda yon atrofga yo‘nalgan kengayish kuchlanishi paydo bo‘ladi. Aynan ana shu kuch maydoni siqilayotgan element taqdirini hal qiladi, dastlab ichki mikro yoriqlar paydo bo‘ladi, ular bosimni ortishi bilan bir biriga qo‘shilishi natijasida ko‘zga ko‘rinadigan yoriqlar hosil qiladi va oqibatda beton sinadi.
Temirbeton konstruksiyalarda beton asosan siqilishdagi kuchlanishni qabul qilish uchun ishlatiladi. Shuning uchun betonning mustahkamligi va deformativ xususiyati uning o‘qi bo‘ylab siqilishdagi mustahkamligi qabul qilingan. Qolgan mustahkamliklari (cho‘zilishga, maxalliy siqilishga, kesilishga va boshqa) va
deformatsiya moduli betonning siqilishiga bog‘liq va tajribalar asosida olingan koeffitsientlar yordamida empirik formula bilan hisoblaniladi.
Betonning kub mustahkamligi
Konstruksiyalarda beton mustahkamligi beton kubini press yordamida siqish orqali sindirib sinaladi. Standart sifatida 15x15x15sm hajmdagi namuna qabul qilinadi, ularni 20-2 S haroratda va havoning nisbiy namligi 95 foizdan kam bo‘lmagan sharoitda beton 28 sutkadan so‘ng sinaladi.

Etalon kublarning vaqtinchalik qarshiligi-u beton kubining mustahkamligi hisoblanadi.

20.1. rasm. Beton kub va prizmani yuk ostida sinash tartibi


Beton mustahkamligiga namunalarning shakli va hajmi ta’sir qiladi: kub o‘lchamlari qanchalik kichik bo‘lsa, uning mustahkamligi shunchalik katta bo‘ladi. Shunday qilib, kublarning siqishga bo‘lgan qarshiligi o‘lchami 10sm uchun 10 foizdan ortiq, 20sm uchun esa 7 foizdan kam, etalon kubga nisbatan. Bunda har xil o‘lchamdagi siqilgan namunalarning qarshiligi bir xil emasligiga sabab- ishqalanish kuchi, bu namuna cheti bilan press tayanch plitasi o‘rtasida ro‘y beradi. Namuna ichiga yo‘nalgan bu ishqalanish kuchlari kubning bo‘ylama deformatsiyasiga to‘sqinlik qiladi (bu bilan namuna mustahkamligi oshadi). Ishqalanish kuchining ta’siri chet qismidan uzoqlashgan sayin kamayadi, shuning uchun kub 2ta kesik piramidi shaklida sinadi.
Agar kubni siqishda ishqalanish kuchini moylash orqali yo‘q qilinsa bo‘ylama deformatsiya namoyon bo‘ladi, ya’ni yoriqlar vertikal ketadi. Bunda betonning vaqtinchalik qarshiligi ikki marotabagacha kamayadi. Standart talabiga ko‘ra kublar moylanmay sinaladi.

Yüklə 307,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə