2-mavzu. Borliq (ontologiya) va rivojlanish falsafasi. Bilish falsafasi (gnoseologiya). Mantiq. Jamiyat falsafasi. Inson falsafasi



Yüklə 1,33 Mb.
səhifə20/32
tarix30.12.2023
ölçüsü1,33 Mb.
#167156
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   32
2-mavzu. Borliq (ontologiya) va rivojlanish falsafasi. Bilish fa

Sun’iy til tabiiy til negizida yaratilgan yordamchi axborot belgilari sistemasidan iborat bo‘lib, u mavjud xabarlarni aniq hamda tejamli bayon qilish va uzatish uchun xizmat qiladi. Sun’iy tilda sun’iy yo‘l bilan yaratilgan maxsus belgilar, ya’ni simvollar-ramzlar ishlatiladi. Tabiiy tildagi konkret mazmunga ega bo‘lgan fikrlar ilmiy bilishda ana shunday simvollar bilan almashtiriladi. Demak, sun’iy til fikrimizning konkret mazmunidan chetlashgan holda, faqat simvollar bilan ish olib borishni ta’minlaydi.
Sun’iy tillar hozirgi zamon fani va texnikasida keng qo‘llaniladi. Ularning ayniqsa matematika, fizika, kimyo, kibernetika, hisoblash texnikasi va shu kabi sohalar rivojlanishida hissasi katta. Sun’iy tillarning ishlatilishiga misol qilib matematikadagi to‘g‘ri burchakli uchburchak tomonlarini ifoda qiluvchi Sos2QSin2q1 formulasini, kimyodagi suvni ifoda qiluvchi N2O formulani, mexanikadagi tezlikni ifoda qiluvchi formulasini va shu kabilarni ko‘rsatish mumkin. Elektron hisoblash mashinalari uchun dasturlar tuzishda esa maxsus algoritmik tillar ishlatiladi. Ular «Algol – 60», «Algol – 65», «Fortran», «Kobol», «PL – 1», «Assembler», «Beysik» va boshqalardan iborat. Sun’iy tildan mantiq fani ham fikrimiz tuzilishini nazariy jihatdan analiz qilishda foydalanadi.
Demak, ilmiy bilishda tabiy tildan ham, sun’iy tildan ham foydalaniladi. Ilmiy til esa tabiy til, sun’iy til va maxsus atamalardan tashkil topgan bo‘ladi.
Umumiy mantiq o‘zining maxsus ilmiy formallashgan tiliga ega. U inson tafakkurining tuzilishini aniq va ravshan holda ifoda qilish maqsadida yaratilgan. Buning mohiyatini tushunish uchun formallashtirishning o‘zi nima ekanligini aniqlab olish zarur.
Formallashtirish konkret mazmunga ega bo‘lgan fikrlarni simvollar bilan almashtirish, ya’ni propozitsional funksiya hosil qilish, formulalar kiritish, mantiqiy qoidalarni yaratish orqali tafakkurning (fikrning) strukturasini ifoda qilish demakdir. Tafakkurning strukturasi bilan mantiqning tilda ifoda qilinishi strukturasi o‘rtasida o‘zaro muvofiqlik mavjud, ya’ni har bir konkret fikr strukturasiga ma’lum bir til strukturasi muvofiq keladi. Buni proporzitsional funksiya hosil qilish misolida
ko‘rishimiz mumkin. «Toshkent-O‘zbekistonning poytaxti» degan fikrdagi «Toshkent» tushunchasini – S, «O‘zbekistonning poytaxti» tushunchasini – R bilan almashtirsak, S–R ko‘rinishiga ega bo‘lgan propozitsional funksiya hosil bo‘ladi. Propozitsional funksiya o‘zgaruvchi qiymatga ega ifoda bo‘lib, bu qiymat argument bilan almashtirilganda konkret mazmunli fikr hosil bo‘ladi.
Tafakkurning mantiqiy shaklini o‘rganishda semantik kategoriyalar muhim ahamiyatga ega. Semantik kategoriyalar til ifodalarining sinflaridan iborat bo‘lib, ular bir- birlaridan qanday ob’ektlarni aks ettirishi bilan farq qiladilar. Asosiy semantik kategoriyalar qatoriga gap va uning tarkibida nisbatan mustaqil xolda mavjud bo‘lgan qismlari-deskriptiv va mantiqiy atamalar kiradi.
Gap hukmni, savolni va normani ifoda qilishi mumkin. Hukmni ifoda qiluvchi gap predmetga birorta belgining (xossa yoki munosabatning) xosligini tasdiqlaydi va inkor qiladi. U darak gapdan iborat.
Gapda predmetlarni, ularning xossalari va munosabatlarini aks ettiruvchi ifodalar deskriptiv atamalar deyiladi. Deskriptiv atamalar predmetlar nomlari yoki termalar (predmetlarni, predmetlar to‘plamini aks ettiruvchi ifodalar) va predikatorlarga (predmetlarning xossalari va munosabatlarini aks etiruvchi ifodalar) bo‘linadi.
Predmetlarning nomlari ayrim so‘zlar va so‘z birikmalari bo‘lib, ular moddiy (planeta, elektr toki) va ideal (sezgi, tafakkur) predmetlarni ifodalaydi. Predmet nomi belgidan iborat bo‘lganligi uchun o‘z mazmuni va ma’nosiga ega. Nomning mazmuni predmetni ifoda qiladi va mantikda denotat deb ataladi. Nomning ma’nosi esa predmetning muhim, umumiy belgilarini ifoda qiladi va konsept deb ataladi. Masalan, «Aristotel»,
«Mantiq fanining asoschisi», «Topika asarining muallifi» kabi ifodalarning mazmuni bir xil, ya’ni bitta predmetni ifodalaydi, ma’nosi esa turli xil, ya’ni fikr kilayotgan ob’ektning xar xil belgilarini qayd kiladi.
SHuningdek, nomlar yakka («Toshkent shahri») yoki umumiy («shahar») bo‘lishi mumkin.
Bunda yakka nom bitta predmetni, umumiy nom esa predmetlar sinfini aks ettiradi.
Predikatorlar gapda kesim o‘rnida kelib, o‘zi taalluqli bo‘lgan nomning miqdoriga bog‘liq holda bir o‘rinli yoki ko‘p o‘rinli bo‘lishi mumkin. Bunda predmetning xossasini ifoda qiluvchi predikatorlar bir o‘rinli, ular o‘rtasidagi munosabatlarni ifoda qiluvchi predikatlar ko‘p o‘rinli predikatorlar hisoblanadi. Masalan, «O‘zbekiston mustaqil respublikadir» degan mulohazada predikator bir o‘rinli, «O‘zbekiston Turkiya bilan iqtisodiy shartnoma tuzdi» degan fikrda «iqtisodiy shartnoma tuzdi» predikatori ikki o‘rinli, «O‘zbekiston Sirdaryo va Amudaryo oralig‘ida joylashgan» degan fikrda «oralig‘ida joylashgan» predikatori uch o‘rinlidir.
Mantiqiy atamalar (mantiqiy konstantalar) doimiy mantiqiy qiymatga ega bo‘lib, gapda deskriptiv atamalarni bog‘lashda ishlatiladi. Ular o‘zbek tilida «va», «ham»,
«hamda», «yoki», «yoxud», «barcha», «hech bir», «ba’zi», «emas» kabi so‘zlar orqali ifodalanadi va turli xil (oddiy va murakkab) hukmlar, mulohazalarni hosil qiluvchi elementlar hisoblanadi. Masalan, «Hech bir tovar qiymatsiz emas» degan fikrda «hech bir» «emas» mantiqiy atamalar bo‘lib, ularsiz deskriptiv atamalarni-»tovar», «qiymat» so‘zlarini bog‘lab bo‘lmaydi.
Mantiqning formallashgan tilini yaratishda semantik kategoriyalar aniq ta’riflanishi va tavsiflanishi kerak. Bunga semantik kategoriyalarni konkret simvollarda aks ettirish orqali erishish mumkin.
Olamdagi narsa va hodisalar harakati o‘ziga xos ichki qonunlar asosida yuzaga keladi. Bu harakatning inson ongidagi in’ikosi, ya’ni tafakkur jarayoni ham o‘ziga xos ob’ektiv qonuniyatlar asosida amalga oshadi.
Falsafada qonun tushunchasi narsa va hodisalarning muhim, zaruriy, umumiy, nisbiy barqaror munosabatlarini ifodalaydi. Formal mantiqda ilmida qonun tushunchasi fikrlash elementlari o‘rtasidagi ichki, muhim, zaruriy aloqadorlikni ifodalaydi.
Mantiqiy tafakkur ikki turdagi qonunlarga bo‘ysunadi. Ular dialektika qonunlari va formallashgan mantiq qonunlaridir. Dialektika qonunlari ob’ektiv olam va bilish jarayoniga xos bo‘lgan eng umumiy qonunlar bo‘lib, dialektik mantiq ilmining o‘rganish sohasi hisoblanadi. Formallashgan mantiq qonunlari esa, faqat tafakkurdagina amal qiladi. Dialektika qonunlari mantiqiy tafakkurni uning mazmuni va shakli birligida olib o‘rgansa, formal mantiq qonunlari esa, fikrning to‘g‘ri tuzilishini, uning aniq, izchil, ziddiyatsiz va asoslangan bo‘lishini e’tiborga olgan holda o‘rganadi.
Formal mantiq qonunlari (yoki tafakkur qonunlari) deyilganda fikrlashga xos muhim, zururiy bog‘lanishlar tushuniladi. Tafakkur qonunlari ob’ektiv voqelikning inson miyasida uzoq vaqt davomida aks etishi natijasida vujudga kelgan va shakllangan.
Bu qonunlar fikrlashning to‘g‘ri amalga oshishini ta’minlab turadi. Ular tafakkur shakllari bo‘lgan tushunchalar, mulohazalar (hukmlar) hamda xulosa chiqarishning shakllanishi va o‘zaro aloqalarini ifodalaydi.
Tafakkur qonunlari yuzaki qaraganda sub’ektiv qonunlardek bo‘lib tuyulsa ham, aslini olganda, ob’ektiv mazmunga egadir. Bu qonunlar hamma kishilarning fikr yuritishida bir xil amal qiluvchi umuminsoniy qonunlardir. Ularni buzish, almashtirish, o‘zgartirish, yangilash mumkin emas.
Tafakkur qonunlariga amal qilish to‘g‘ri, tushunarli, aniq izchil, ziddiyatsiz, asoslangan fikr yuritishga imkon beradi. Aniqlik, izchillik, ziddiyatlardan xoli bo‘lish va isbotlilik (asoslanganlik) to‘g‘ri tafakkurlashning asosiy belgilaridir. Bular mantiqiy qonunlarning asosini tashkil etuvchi belgilar bo‘lganligi uchun ularning har birini alohida-alohida ko‘rib chiqamiz.

Ayniyat qonuni


Biror buyum yoki hodisa haqida fikr yuritilganda ularga xos bo‘lgan barcha muhim belgilar, tomonlar qamrab olinadi. Predmet haqidagi fikr necha marta va qanday holatlarda takrorlanishiga qaramasdan doimiy, o‘zgarmas va qat’iy mazmunga ega bo‘ladi. Tafakkurga xos bo‘lgan bu aniqlik xususiyati ayniyat qonunining mohiyatini tashkil etadi.

Yüklə 1,33 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə