2-mavzu. Borliq (ontologiya) va rivojlanish falsafasi. Bilish falsafasi (gnoseologiya). Mantiq. Jamiyat falsafasi. Inson falsafasi


Formal mantiqga to‘g‘ri tafakkur shakllari va qonunlarini o‘rganuvchi falsafiy fan



Yüklə 1,33 Mb.
səhifə18/32
tarix30.12.2023
ölçüsü1,33 Mb.
#167156
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   32
2-mavzu. Borliq (ontologiya) va rivojlanish falsafasi. Bilish fa

Formal mantiqga to‘g‘ri tafakkur shakllari va qonunlarini o‘rganuvchi falsafiy fan, deb ta’rif berish mumkin.
Dialektik mantiq, formal mantiqdan farqli o‘laroq, tafakkurni uning mazmuni va shakli birligida hamda taraqqiyotida olib o‘rganadi. Matematik mantiq esa tafakkurni matematik metodlar yordamida tadqiq etadi. U hozirgi zamon matematikasining muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, tafakkurni mantiqiy hisoblash deb ataladigan yuqori darajada abstraktlashgan va formallashgan sistemada tahlil qiladi.
Har bir fan kabi mantiq ilmi ham o‘zining shakllanish va rivojlanish tarixiga ega. Mantiqqa oid dastlabki an’analar Qadimgi SHarq mamlakatlarida, xususan Hindiston, Xitoyda vujudga keldi. Ularning shakllanishiga notiqlik san’ati, matematika ilmining rivojlanishi va shu kabilar katta ta’sir ko‘rsatdi. SHuni aytish kerakki, Qadimgi dunyoda Aristotelgacha bo‘lgan davrda mantiq falsafa tarkibida mavjud bo‘lgan, mustaqil fan sifatida shakllanmagan.
Qadimgi Hindistonda mantiq ilmining rivojlanishi uch davrni o‘z ichiga oladi:

  1. ilk budda mantig‘i (er. av. VI-V asrlari); 2) nyaya, vaysheshika maktablarining mantiqiy ta’limoti (er. III-V asrlari); 3) budda mantig‘ining rivojlangan davri (er. VI-VIII asrlari). Hind mantiqshunoslari bahs – munozarada nima isbotlanayapti va qanday isbotlanayapti, degan masalani ajratib ko‘rsatishgan. Ular isbotlashning elementlarini (tezis, asos, misol, birxillik, har xillik, bevosita hissiy qabullash, xulosa, avtoritet va shu kabilarni) batafsil tahlil etganlar. Nyaya maktabining vakillari xulosa chiqarish masalasini o‘rganishga katta xissa qo‘shdilar. SHuningdek, ular besh qismdan iborat

sillogizm nazariyasini yaratdilar:


____________________
1 Formal mantiq ba’zan umumiy mantiq deb ham yuritiladi. Klassik va noklassik mantiqlar uning taraqqiyotining asosiy yo‘nalishlari hisoblanadi. Simvolik mantiq degan ibora ham mavjud bo‘lib, u formal mantiqning xozirgi bosqichini ifoda etish uchun ishlatiladi
tezis (tepalikda olov bor);

    1. asos (tepalikdan tutun chiqayapti);

    2. misol (qaerda tutun bo‘lsa, sha erda olov bor);

    3. shu holatga nisbatan qo‘llash (bu tepalikda tutun bor);

    4. xulosa (demak, tepalikda olov bor).

Qadimgi Hind mantiqshunoslari Dignaga, Dxarmakirti va ularning shogirdlari tomonidan tushuncha, hukm, ayniqsa xulosa chiqarish bilan bog‘liq masalalar kengroq, chuqurroq tahlil qilindi. Dignaga xulosa chiqarishda mantiqiy asosga xos bo‘lgan uch xususiyatni ko‘rsatib o‘tadi: mantiqiy asos xulosa chiqarish ob’ekti bilan bog‘liq bo‘ladi, bir turdagi ob’ektlar bilan bog‘liq bo‘ladi, xar turdagi ob’ektlar bilan bog‘liq bo‘lmaydi. Bu xulosa chiqarishning asosiy shartlari bo‘lib, ularning buzilishi mantiqiy xatolarga olib keladi. Dxarmakirti xulosa chiqarishning «o‘zi uchun» va «boshqalar uchun» turlarini, shuningdek, muhokamada uchraydigan mantiqiy xatolarni batafsil o‘rgangan.
Qadimgi Hindistondagi shakllangan mantiq an’analari Qadimgi Gretsiyada mantiq ilmining paydo bo‘lishiga ta’sir ko‘rsatgan.
Qadimgi grek falsafasida mantiq masalalari, dastlab, Parmenidning «Tabiat to‘g‘risida» asarida, Eleylik Zenonning aporiyalarida, Geraklit ta’limotida u yoki bu darajada ko‘rib chiqilgan. Aristotelgacha bo‘lgan mantiqiy ta’limotlar ichida Demokritning mantiqiy ta’limoti, Sokratning induktiv metodi va Platonning dialektikasi diqqatga sazovordir.
Mantiq ilmining alohida fan sifatida shakllanishi Aristotelning nomi bilan bog‘liqdir. U birinchi bo‘lib, mantiq ilmi o‘rganadigan masalalar doirasini aniqlab berdi. Aristotelning «Kategoriyalar», «Talqin haqida», «Birinchi Analitika», «Ikkinchi analitika», «Sofistik raddiyalar haqida», «Topika» nomli asarlari bevosita mantiq masalalariga bag‘ishlangandir. Uning «Ritorika», «Poetika» asarlari ham mantiqiy ta’limotining muhim tarkibiy qismlari hisoblanadi. «Metafizika», «Ruh haqida» asarlarida esa mantiq masalalari ma’lum darajada bayon qilingan.
Aristotel mantiqni «ma’lum bilimlardan noma’lum bilimlarni aniqlovchi», «chin fikrni xato fikrdan ajratuvchi» fan sifatida ta’riflaydi. Mantiqning vazifasi chin fikrni, haqiqatni aniqlashdir, deb ta’kidlaydi.
Mutafakkir haqiqatning mavjudligini, ob’ektiv xarakterini e’tirof etgan holda,
«bilimlarimizning voqelikka mos kelishi - haqiqatdir», deb ko‘rsatadi. U haqiqatni aniqlashda nozidlik va uchinchisi istisno qonunlariga amal qilish zarurligini ta’kidlaydi. Aristotel bu qonunlarni ham ontologik, ham gnoseologik nuqtai nazardan ta’riflaydi. Bir vaqtda, bir xil munosabatda aynan bir predmetga nisbatan o‘zaro bir-birini istisno fikrlarni bildirish mumkin emasligini, chunki bu fikrlardan biri chin, boshqasi xato bo‘lishi yoki har ikkisi xato bo‘lishi mumkinligini asoslab beradi, o‘zaro ikki zid fikrning biri chin, boshqasi xato bo‘lganda, uchinchi fikrga o‘rin yo‘q, ekanligini ta’kidlaydi.
Aristotel asarlarida to‘g‘ri tafakkurning ayniyat va etarli asos qonunlari maxsus tarzda ko‘rib chiqilmagan. Lekin mutafakkir asarlarining tahlili ularda bu qonunlarga xos talablarning bayon qilinganligini ko‘rsatadi.
Aristotelning mantiqiy ta’limotida xulosa chiqarish etakchi o‘rinni egallaydi. U tafakkur shakllari bo‘lgan tushuncha va hukmni xulosa chiqarishning tarkibiy qismlari sifatida tahlil qiladi. «Ruh haqida» asarida mulohazalarni ruhiy hodisa sifatida tekshirsa, «Metafizika», «Talqin haqida» asarlarida uni mantiqiy shakl sifatida analiz qiladi. Hukm – diayrezis - aqliy analizning natijasidir. U hukmni apofansis deb ataydi. Hukm biror narsaga nimaningdir taalluqli yoki taalluqli emasligi haqida bayon qilingan fikr bo‘lib, u chin yoki yolg‘on bo‘lishi mumkin. Har qanday gap ham hukm bo‘lmaydi. Faqat qat’iy fikrlargina hukm hisoblanadi. Mutafakkir hukmning strukturasi mantiqiy ega, mantiqiy kesim va mantiqiy bog‘lovchidan iborat bo‘ladi, deb ko‘rsatadi: S-P (S-P emas).

1 Al-Farabi. Estestvenno-nauchnыe traktatы. Alma-Ata, 1987, 435-bet.
YAkka tushunchalar birinchi mohiyat bo‘lib, mazmunan boydir.Umumiy tushunchalar ikkinchi mohiyatni ifodalaydi va ular mazmunan boy emas. Umumiylik yakka buyumlarning asosini tashkil etadi.
Aristotel kategoriya (tushuncha)larni quyidagicha klassifikatsiya qiladi: 1. Mohiyat,

  1. Miqdor, 3. Sifat, 4. Munosabat, 5. O‘rin, 6. Vaqt, 7. Holat, 8. Egalik, 9. Harakat, 10. Sez.

Aristotelning ta’kidlashicha, sub’ektlarning sub’ekti, ya’ni predikat bo‘lolmaydigan sub’ektlar – birinchi substansiyadir.
Predikatlarning predikati, ya’ni oxirgi predikat - kategoriyadir.
Aristotelda kategoriya ham ontologik, ham grammatik, ham mantiqiy aspektlarga ega. U «tushuncha bu biror jins yoki turga mansub barcha predmetlarga xos umumiylik bo‘lib, predmetning mohiyatini ifodalaydi», - deb aytgan.
Aristotel bevosita xulosa chiqarishni alohida ko‘rib chiqqan emas.
U sillogizm deganda mavjud hukmlardan yangi hukmlarni keltirib chiqarishni tushunadi.
Aristotel deduktiv, ya’ni sillogistik xulosa chiqarishning nazariy asoslarini ishlab chiqqan. Sillogizm aksiomasi, umumiy va xususiy qoidalari, sillogizm figuralari, moduslari, entimema, epixeyrema, polisillogizm, sorit kabi masalalarni birinchi
«Analitika» asarida batafsil bayon etgan. U I-figurani mukammal, deb bilgan.
Aristotel ta’limotida xulosa chiqarish isbotlash shakli deb hisoblanadi. U isbotlashning ilmiy (apodeyktik), dialektik, ritorik, sofistik usullarini tahlil qilgan, eristika - muvaffaqiyatli bahs yuritish qonun-qoidalarini ishlab chiqqan, peyrastika- maqsadsiz muhokama yuritishning zararli ekanligini ta’kidlagan.
Induktiv isbotni deduksiyaga nisbatan kuchsiz, deb hisoblagan. Analogiyani (paradeygma) juz’iylikdan juz’iylikka boruvchi xulosa chiqarish, deb ko‘rsatgan.
Aristotel «Sofistik raddiyalar haqida» nomli asarida sofistlarning bahs yuritishdan maqsadi haqiqatni aniqlash emas, balki raqibini mag‘lubiyatga uchratishdir, deb ko‘rsatadi. U sofistik xatolarning turlarini aniqlab berdi. Bular:
a) fikrning shakli bilan bog‘liq bo‘lgan xatolar; b) fikrning mazmuni bilan bog‘liq bo‘lgan xatolar.
Aristotelning mantiqiy ta’limoti mantiq ilmining keyingi rivojiga katta ta’sir
etgan.
Qadimgi Gretsiyada shakllangan mantiq ilmi O‘rta asrlarda yangi mazmun bilan
boyitildi. Bu, ayniqsa, mantiqning YAqin va O‘rta SHarq mamlakatlarida, xususan, O‘rta Osiyoda rivojlanishida yaqqol ko‘rinadi.
SHarqda birinchilardan bo‘lib mantiq ilmi bilan shug‘ullangan, arab-musulmon dunyosida peripatetizmga yo‘l ochib bergan mutafakkir Al-Kindiydir.
Abu YUsuf YOqub ibn Isxoq al-Kindiy (taxm. 800 Basra - 870 Bag‘dod) - arab faylasufi va olimi. U qadimgi grek, hind va forslarning falsafiy-mantiqiy merosini yaxshi bilgan, arab tilida falsafiy atamalarni ishlab chiqishda faol qatnashgan va o‘z davrida birinchi bo‘lib fanlarni tasniflashga uringan.

  1. -XI asrlarda mantiq masalalari bilan astoydil shug‘ullangan O‘rta Osiyo mutafakkirilaridan Forobiy, Ibn Sino, Abu Abdulloh al-Xorazmiylarni ko‘rsatish mumkin. Bu mutafakkirlarning mantiqqa bag‘ishlab yozgan asarlari asosan to‘qqiz nomdan iborat ekanligini va ularning nomlanishi, ketma-ketligi bir xil ekanligini ko‘rishimiz mumkin. Bunga sabab shuki, Aristotelning «Organoni» ni tashkil etuvchi oltita mantiqiy traktatlariga («Kategoriyalar», «Talqin haqida», «Birinchi analitika», «Ikkinchi analitika», «Topika», «Sofistik raddiya») suriyaliklar uning «Ritorika»si bilan

«Poetika»sini qo‘shdilar. Bundan avvalroq esa unga Porfiriyning «Isog‘uvchi» asari qo‘shilgan edi. SHunday qilib «Organon» to‘qqiz traktatdan iborat bo‘lgan yaxlit ta’limot sifatida arab faylasuflari tomonidan qabul qilingan. SHu asosga ko‘ra Forobiy, Ibn Sino, Al-Xorazmiylar mantiqga oid ta’limotlarini aynan shu tartibda ishlab chiqdilar.
Mantiq masalalarini keng va izchil tadqiq etgan mutafakkir al-Forobiy (873-950) dir. U Sirdaryo bo‘yidagi O‘tror shahar qal’asida, turkiy harbiy oilada dunyoga keldi. Buxoro va Samarqand shaharlarida bilim oldi. U qadimgi grek, hind falsafasini chuqur o‘rgandi, ilmning turli sohalariga oid 160 dan ortiq turli hajmdagi risolalar yozib qoldirdi, umrining so‘nggi yillarini Damashqda o‘tkazdi. Forobiy asarlarining katta qismi falsafa va mantiq ilmiga oiddir.
Forobiyda mantiqiy bilimlar sistemasi «Isog‘uvchi» (Kirish), «Maqulot» (Kategoriya), «Ibora» (Hukm), «Qiyos» (Sillogizm, Birinchi Analitika), «Burxon», (Isbotlash, «Ikkinchi Analitika»), Jadal (Dialektika), «Safsata» (Sofistik raddiya),
«Xitoba» (Ritorika), «SHe’r» (Poetika) asarlarini o‘z ichiga oladi. SHuningdek, Forobiy
«Mantiq ilmiga kirish», «Aql haqida», «SHartli hukmlar», «Sillogizm» kabi asarlarida mantiq masalalarini ishlab chiqdi. «Ilmlar tasnifi» asarida ham mantiq ilmining predmeti, tuzilishi, ilmlar sistemasida tutgan o‘rni va ahamiyati haqida fikr yuritadi.
Mutafakkirning ta’kidlashicha, mantiq san’ati intellektning mukammallashuviga olib keluvchi va insonni haqiqat tomon yo‘naltiruvchi qonunlarning majmuasini o‘rganadi. Bu qonunlar insonlarni bilish jarayonidagi turli xato va adashishlardan saqlaydi. Inson bu qonunlar yordamida bilimlarini tekshirib, ularning chin yoki xatoligini aniqlash imkoniga ega bo‘ladi.
Forobiyning mantiqiy ta’limoti uning gnoseologik ta’limoti bilan uzviy bog‘liqdir. Uningcha, fikrlar tabiatdagi narsa va hodisalarni sezgilar orqali bilish asosida vujudga keladi. U bilishda sezgilarning roliga juda katta o‘rin beradi. Fikr shakllari o‘rtasidagi aloqa, munosabatlar real munosabatlarni ifodalash jarayonida vujudga kelishini ta’kidlaydi.
Mutafakkir mantiq ilmining til, grammatika, falsafa bilan o‘zaro aloqadorligini ko‘rsatib o‘tadi. U «Falsafani o‘rganishdan avval nimalarni bilish kerak» nomli risolasida falsafiy argumentatsiya bilan, ya’ni falsafiy masalalarni asoslash, isbotlash bilan tanishishdan avval sillogizmlarni, ya’ni mantiqiy xulosa chiqarish usullarini bilib olish zarur, deydi. Forobiy, ayniqsa Aristotelning «Analitika»sini o‘rganish zarurligini
ta’kidlaydi. Bu kitoblarni o‘rganish chin isbot bilan xato isbotni bir-biridan farqlashga, mutlaqo xato bo‘lgan fikr bilan bir oz xato bo‘lgan fikrni ajratishga yordam beradi.
Forobiy fikricha, sillogizm va isbotlash usuli eng to‘g‘ri, haqiqatga olib keluvchi usul bo‘lib, ilm-fan, falsafa shularga asoslanadi. Forobiy asosiy mantiqiy shakllar bo‘lgan tushuncha, hukm va ularning turlari, xulosa chiqarish, sillogizm va uning figuralari, moduslarini chuqur tahlil qilib, ular to‘g‘risida izchil ta’limot yaratdi.
U to‘g‘ri tafakkurlashning asosiy prinsiplari: aynanlik, hukmlarning o‘zaro zid bo‘lmasligi, izchilligi har qanday xulosaning etarlicha asoslanganligi kabi muhim mantiqiy masalalarni ham har tomonlama ishlab chiqdi.
Forobiyning mantiqiy ta’limoti YAqin va O‘rta SHarqda, O‘rta Osiyoda mantiq fanining keyinggi rivojiga katta ta’sir ko‘rsatdi.
Xususan, IX-X asrlarda Abu Abdulloh al-Xorazmiy, YAh’yo ibn Ali Abu Sulaymon, Abu Xayyan kabilar Forobiyning mantiq sohasidagi g‘oyalarini davom ettirdilar. Ayniqsa, Forobiy falsafasi va mantig‘i «Ixvan as-Safo» - «Sof birodarlar» ning ta’limotiga juda katta ta’sir ko‘rsatdi. Ular ham Forobiy kabi, «bilim bu bilinayotgan narsaning biluvchining jonidagi obrazidir», deb ta’kidlashgan. «Sof birodarlar» ning «Maktublar» ida «jon bilinayotgan narsalarning shaklini sezgilar vositasida, dalillar vositasida, fikrlash va kuzatish vositasida qabul qiladi», deb yozilgan. Aytish mumkinki, ular bilish bosqichlari va ular o‘rtasidagi aloqadorlikni to‘g‘ri tushunishgan.

  1. asrga kelib mantiq ilmi falsafiy bilimlarning eng muhim qismiga aylanib qoldi. Abu Abdulloh al-Xorazmiy (X asr) ning «Mafotih-al-ulum» (Ilmlar kalitlari) asaridagi fanlar klassifikatsiyasida mantiq ilmiga alohida o‘rin berilishi fikrimizning dalilidir.

Abu Abdulloh al-Xorazmiy ilmlarni «arab» va «arabcha bo‘lmagan» larga ajratadi. Arabcha bo‘lmagan ilmlar qatoriga falsafa, mantiq, tibbiyot, arifmetika, xandasa, ilmu- nujum, musiqa, mexanika, kimyolar kiradi. Xorazmiy mantiq ilmiga oid masalalarni to‘qqiz bobda bayon qiladi. Boblarning nomlanishi Forobiy va Ibn Sinolarniki kabidir. U mantiqiy ta’limot «Isog‘uchi»ni bayon etishdan, o‘rganishdan boshlanishi kerak, «Isog‘uvchi»
- bu kirish, (yunon tilida eysagoge) deb ataladi, deb yozadi.
Xorazmiy Aristotel g‘oyasini davom ettirib, aniq narsalarning xossalarini belgilash uchun «individual» tushunchasini kiritadi. Xorazmiy «Sof birodarlar» ning mantiqqa oid g‘oyalarini rivojlantirib va uni Arastu falsafasi ruhiga yaqinlashtirib, individ masalasini birinchi o‘ringa olib chiqadi. «SHaxs-individ mantiq ahlida u Zeyd, Amr, bu kishi, u eshak, ot kabi (ma’noni anglatadi); uni shuningdek birlamchi tushuncha deyish ham mumkin», - deb yozadi Xorazmiy. U bir tomondan, arab falsafasidagi aql bilan tushuniladigan birlamchi, ya’ni ko‘pgina ob’ektiv bir xil predmetlar uchun umumiy bo‘lgan tushunchalarni, ikkinchi tomondan, aql bilan tushuniladigan birlamchilarning o‘ziga xos xususiyatlarini aks ettiruvchi tushunchalarni sharhlaydi. Xorazmiyning bu masalaga oid fikrlari mantiq ilmidagi jins va tur tushunchalarga, ularning nisbiy xarakteri va o‘zaro munosabatiga oiddir.
Abu Abdulloh al-Xorazmiy mantiq masalalarini ko‘rib chiqishni so‘z va iboralarning o‘zaro munosabatini tahlil etishdan boshlaydi. SHarq mantiqshunoslari so‘zlarning ma’no anglatishiga ko‘ra uch turini: so‘z o‘zining to‘liq mazmunini anglatadigan, so‘z o‘z mazmunining bir qismini anglatadigan, so‘z o‘z mazmunidan kelib chiqadigan narsani anglatadigan holatlarni farqlaganlar. Xorazmiy ham bu masalaga mufassal to‘xtalib, bu turlarni va ularning tushunchalardagi mantiqiy ma’nolarini ko‘rib o‘tadi. Bu bilan olim YAqin va O‘rta SHarq mantiqshunoslari ilgari surgan tushunchalarning ma’no anglatishi haqidagi ta’limotini davom ettiradi.
Abu Abdulloh al-Xorazmiy, Aristotel va Forobiyning tafakkur va til, mantiq va grammatika orasidagi bog‘liqlik g‘oyasini yanada rivojlantirdi. U mulohaza (hukm) masalasiga alohida to‘xtalib o‘tadi.
Abu Abdullohh al-Xorazmiy hukmning modalligi bo‘yicha lozim bo‘lgan, mumkin bo‘lgan va haqiqiy kabi uch turga bo‘linishiga katta e’tibor beradi va o‘z ta’limotida Aristotel g‘oyasining asosiy mohiyatini to‘liq aks ettiradi.
Xorazmiy xulosa chiqarish masalalariga ham alohida to‘xtalib o‘tdi. U sillogizmni xulosa chiqarishning eng muhim ko‘rinishi va nazariy bilimlarni egallashdagi asosiy vosita, deb bildi. U isbotlash va u bilan bog‘liq bo‘lgan masalalarni, dialektika asoslarini, shuningdek o‘sha davrda sillogizm turlari hisoblangan sofistika, ritorika va poetika bilan bog‘liq masalalarning har birini alohida boblarda talqin qildi. Umuman olganda, Xorazmiy qadimgi grek-yunon ilg‘or mantiqiy an’analarini YAqin va O‘rta SHarq hamda O‘rta Osiyo falsafasi materiallaridagi o‘ziga xos, ajoyib g‘oyalardan foydalanib boyitdi va rivojlantirdi.
Forobiyning mantiq sohasidagi ishlarining davomchilaridan yana biri, turli ilm sohalariga oid qator asarlar yaratgan, o‘z davrining dunyoga mashhur qomusiy olimi Abu Ali ibn Sino (980-1037) dir. U Buxoro yaqinidagi Afshona shahrida tug‘ildi. U Buxoroda tahsil olib, shu erda olim, tabib sifatida shuhrat qozondi, ma’lum bir vaqt Xorazmda yashadi. Ibn Sino 31 yoshida Xorazmni tark etdi, 1037 yili Isfahonda vafot etdi.
Ibn Sino 400 dan ortiq asarlar muallifidir. Bu asarlar ilmning turli sohalariga oid bo‘lib, ulardan 150 dan ortig‘i falsafa va mantiq masalalariga bag‘ishlangan. Bular orasida falsafa va mantiq fanining barcha masalalarini izchil ravishda o‘z ichiga olgan asari - «Kitob-ash-shifo» dir. «Kitob-ash-shifo» ning mantiqga oid qismi 9 bo‘lakdan iborat bo‘lib, ularning nomlanishi va tartibi Forobiyniki kabidir. Mutafakkirning bu asari mantiq sohasidagi barcha ilmlar asosida vujudga kelgan bo‘lib, unda mantiqqa oid masalalar to‘liq qamrab olingan.
Ibn Sinoning «Ishorat va tanbihot», «An-Najot», «Donishnoma» asarlarida ham falsafa va mantiqqa oid masalalar bayon etiladi. Mutafakkir mantiq ilmini barcha ilmlarning muqaddimasi, ularni egallashning zarur sharti sifatida talqin etadi. Ibn Sino «Donishnoma» asarida qabul qilingan tartibni buzgan holda, avval mantiq asoslarini, ikkinchi o‘rinda metafizikani, so‘ng boshqa fanlarni bayon qiladi.
U, asosan Aristotel va Forobiyning mantiqiy ta’limotlarini davom ettirgan bo‘lsa-da, ko‘p masalalarda mustaqil yo‘l tutadi. Ibn Sino mantiq fanini ma’lum bilimlardan noma’lum bilimlarni keltirib chiqarish, ularni bir-biridan farq qilish, chin va xato bilimlar, ularning turlarini o‘rganuvchi fan yoki nazariy san’atdir, - deb ta’riflaydi. Mantiq ilmi ob’ektiv olamni bilish uchun xizmat qiladi, bilish esa real predmetlarni, avvalo sezgilar orqali aks ettirish, so‘ng aqliy, mavhum bilishga asoslanadi. Ibn Sino falsafa, bilish nazariyasi va mantiq muammolarini aralashtirib yubormaydi, ularni alohida-alohida bayon qiladi. Bu jihatdan Ibn Sinoning mantiq fani haqidagi ta’limoti Arastu yaratgan mantiq faniga nisbatan juda ko‘p yangi ma’lumotlarni beradi. Mantiqiy masalalarni o‘rganishda turli belgi (simvol) lardan foydalanishi ham
mutafakkirning yutug‘i hisoblanadi.
Ibn Sinoning mantiq ilmida tafakkur shakllari bo‘lgan tushuncha, hukm, xulosa chiqarish, ularning tuzilishi, turlari, shuningdek, isbotlash masalalari keng va har tomonlama tahlil etiladi.
U tushunchalarni yakka va umumiyga bo‘ladi. Mutafakkirning ta’kidlashicha, mantiq fani umumiy tushunchalar bilan shug‘ullanadi. U ham, Aristotel kabi, mavjud borliqning eng umumiy holatlarini ifodalovchi o‘nta umumiy kategoriyalarni mantiq fanining o‘rganish doirasiga kiritadi. Tushunchaning asosiy vazifasi hukm va xulosa chiqarishni tashkil etish, ularga asos bo‘lishdir, deb ta’kidlaydi. U tushunchalarni ta’riflash va bo‘lish kabi mantiqiy usullarga ham batafsil to‘xtab o‘tadi.
Hukm nazariyasi Ibn Sinoning mantiq ilmida eng katta o‘rinlardan birini egallaydi. U hukmlarning tuzilishi, sub’ekt-predikat munosabatlarini har tomonlama
analiz qiladi. Ibn Sino oddiy va murakkab hukmlarni, ularning tuzilishi va turlarini batafsil bayon qiladi.
Ibn Sinoning xulosa chiqarish nazariyasi ham tushuncha va hukm kabi chuqur va izchil ishlab chiqilgan. U deduktiv xulosa chiqarishga oid barcha masalalarni: sillogizmning tuzilishi, figuralari, moduslari, murakkab sillogizmlar va ularning turlari, sillogizmlarni belgilar vositasida ifodalashni batafsil tahlil qiladi. U induktiv xulosa chiqarish ustida ham fikr yuritadi.
Umuman olganda, Ibn Sinoning mantiqiy ta’limotini uning mukammalligi, mavzusining kengligi, hajmi, talqinining batafsilligiga ko‘ra o‘rta asrlardagi mantiq ilmi rivojining eng yuqori darajasi deb baholash mumkin.
Ibn Sinoning mantiqiy ta’limotida ungacha bo‘lgan Qadimgi va O‘rta asr mantiqshunosligining muhim yutuqlari ma’lum darajada mujassamlangan bo‘lib, keyingi davrlarda mantiqiy ta’limotlarning rivojlanishiga katta ta’sir ko‘rsatdi.
YAngi davrda Evropada fanning, ayniqsa tabiatshunoslikning rivojlanishi ilmiy metod (uslub) masalalariga e’tiborni kuchaytirdi. Bu davrning buyuk mutafakkirlari R. Dekart, F. Bekon, T. Gobbs, Leybnits va boshqalar mantiq ilmining turli yo‘nalishlarining yaratilishiga asos soldilar.
Mantiq ilmining rivojlanishida, ilmiy uslub bilan bog‘liq masalalarni hal etishda R. Dekart (1606-1650) ning xizmatlari alohida ahamiyatga ega.
Dekart mashhur faylasuf, yirik matematik va mantiqshunos olimdir. Uning falsafiy qarashlari «Falsafa muqaddimasi» asarida o‘z ifodasini topgan. Mantiqiy qarashlari esa, uning «Uslub haqida mulohazalar» risolasida bayon etilgan. Ayniqsa
«Uslubning asosiy qoidalari» deb ataluvchi qismi mantiq fani rivoji uchun ahamiyatli bo‘lgan. Unda bilishning ilmiy uslubini xarakterlaydigan asosiy qoidalari ishlab chiqilgan.
Intuitsiya deganda Dekart xayoliy narsani emas, balki sog‘lom aqlda tug‘iladigan barqaror va aniq tasavvurni tushungan. Intuitsiya yordamida har qanday kishi o‘zining mavjud ekanligini, nimalarni o‘ylayotganini, uchburchak uch tomonga ega ekanligini va boshqalarni aniqlashi mumkin.
Intuitsiya bilan birga biz deduksiyadan ham foydalanamiz. Dekart fikricha, deduksiya deyilganda avval bilingan narsalar asosida bilishni ta’minlaydigan jarayonni tushunish kerak. Deduksiya yordamida fikrning muntazam harakati bilan xulosa hosil qilinadi. Deduksiyada ma’lum harakat va muayyan uzluksizlik mavjud bo‘lib, bu narsa intuitsiyada yo‘qdir. Narsalar intuitsiya va deduksiya yo‘li bilan bilinishi mumkin.
Dekart fikricha, deduksiyadan geometriyada va algebrada ko‘proq foydalaniladi. Dekartning mashhur aforizmi («Men fikr qilayapman, demak, men mavjudman») ni ba’zi olimlar sillogizmning qisqargan ko‘rinishi deb ko‘rsatadilar. Dekart esa, unda xulosa sillogistik yo‘l bilan chiqarilmagan, deb aytadi.
Deduksiya yordamida bevosita bilim hosil qilinadi. Dekart fikricha, xulosa chiqarishda asosiy narsa bilingan narsadan bilinmagan narsaga o‘tish, noaniq narsani aniq qilishdir. Uslubning ahamiyati deduksiyani qanday qilib qurish kerakligini ko‘rsatishdadir. Uslub qanday qilib aqldan to‘g‘ri foydalanishni ko‘rsatadi, tadqiq qilish mumkin bo‘lgan narsalarni, bilishda deduksiyani qanday qilib qurish kerak ekanligini aniqlaydi.
Dekart analiz va sintez jarayonlari haqida maxsus ta’limot yaratadi. Uning qarashlari an’anaviy mantiq fanidagi qarashlardan farq qiladi. Dekart analiz va sintez tushunchalarini fikrning mazmuni bilan bog‘laydi. Masalan, agar figuradan uchburchak tushunchasiga, undan teng yonli uchburchak tushunchasiga fikran o‘tilsa, bu sintetik usul, ya’ni deduktiv usul bo‘ladi. Agar teng yonli uchburchakning figura bo‘lish, uchburchakli bo‘lish, teng yonli bo‘lish xossalari aniqlansa, analiz usuli, ya’ni induktiv usul bo‘ladi.
Induksiyani Dekart Bekonga qaraganda bir oz boshqacharoq talqin qiladi. Uning fikricha, induksiya tajribaga asoslanadi, unda tekshirilayotgan buyumlarning to‘liq ro‘yxati
ko‘rsatiladi. Sanash (enumeratsiya) orqali muayyan masala bo‘yicha hamma holatlar tekshiriladi. Har doim ham to‘liq enumeratsiya, ya’ni sanash lozim bo‘lavermaydi. Ba’zi vaqtlarda ayrim olingan sanash ham etarli bo‘ladi. SHunday qilib, mutafakkir fikricha, intuitsiya, deduksiya va induksiya haqiqatni topish yo‘llaridir.
Dekart mantiqning hamma sohalariga oid ma’lum sistema yaratmagan bo‘lsa ham, o‘z ratsionalizmi bilan mantiq fani taraqqiyotiga katta hissa qo‘shdi.
1662 yilda Antuan Arno va Per Nikol tomonidan «Mantiq yoki fikr qilish san’ati» deb nomlanuvchi kitob yozilib, nashr etiladi. Keyinchalik bu asar «Por-Royal mantig‘i» nomi bilan mashhur bo‘ldi. Por-Royal mantig‘i Dekartning mantiqiy qarashlariga asoslanadi.
Por-Royal mantig‘i g‘oyalarni umumiy, juz’iy va yakka g‘oyalarga ajratadi. Bir buyumni ifodalagan g‘oya yakka, ko‘p buyumlarni ifodalagan g‘oya umumiy g‘oya - jins bo‘ladi.
Por-Royal mantig‘i vakillari definitsiya - ta’riflashning ikki turini ko‘rsatishadi
- nominal va real ta’riflash. Nominal ta’riflash isbot talab qilmaydi, real ta’riflashni isbot qilish kerak, deb ko‘rsatishadi.
Ularning hukmlar haqidagi ta’limoti Aristotel mantig‘ini tanqid qilishga asoslanadi. Aristotel hukmlarning hamma turlarini ko‘rsatmagan; aslida uning turlari ko‘proqdir, deb ta’kidlangan holda, hukmlarning boshqa turlarini, xususan, ajratib ko‘rsatuvchi va istisno qiluvchi hukmlar hamda murakkab hukmlarning bir necha turlarini ko‘rsatishadi.
Por-Royal mantig‘i vakillari kitobning uchinchi qismini xulosa chiqarishga bag‘ishlaydilar. Xulosa chiqarish inson uchun zarurdir. Xulosa chiqarishda biror hukmning chinligi yoki xatoligi masalasi hal qilinadi. Hukmning sub’ekti kichik termin, predikati katta termin, ular o‘rtasidagi tushuncha o‘rta termin bo‘ladi. Xulosa chiqarishda ikki asos va xulosa ishtirok etadi. Xulosa chiqarish entimema shaklida bo‘lishi mumkin - unda asoslar aniq ifodalanmaydi. Xulosa chiqarishning uchta va undan ko‘proq hukmlardan tuzilgan turi bo‘lishi mumkin, u sorit bo‘ladi. Sillogizmlar oddiy va birlashtiruvchi bo‘ladi. Oddiy sillogizmda o‘rta termin chekka terminlarning bittasi bilan bog‘lanadi. Birlashtiruvchi sillogizmda o‘rta termin ikkita chekka termin bilan bog‘lanadi.
Por-Royal mantig‘ida xulosa chiqarish sistemasi kengaytirildi, uning vakillari tomonidan induksiya deduksiyaga qarama-qarshi qo‘yildi, ularning o‘zaro aloqasi ko‘rsatilmadi.

Yüklə 1,33 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə