2-mavzu. Borliq (ontologiya) va rivojlanish falsafasi. Bilish falsafasi (gnoseologiya). Mantiq. Jamiyat falsafasi. Inson falsafasi


v) Taraqqiyotda vorislik va davomlilik (inkorni inkor)



Yüklə 1,33 Mb.
səhifə14/32
tarix30.12.2023
ölçüsü1,33 Mb.
#167156
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   32
2-mavzu. Borliq (ontologiya) va rivojlanish falsafasi. Bilish fa

v) Taraqqiyotda vorislik va davomlilik (inkorni inkor).
Taraqqiyotdagi vorislik va davomlilik inkorni inkor etish yo‘li bilan amalga oshib boradi. Bu muammoni o‘rganishni inkor tushunchasi nimani ifodalashini aniqlab olishdan boshlash lozim.
Borliqning hamma sohasida doimo eski, umri tugayotgan narsa va hodisalarning barham topishi va yangi narsa va hodisalarning vujudga kelish jarayoni sodir bo‘lib turadi. Bundagi eskining yangi bilan almashinishi inkor, deb ataladi. «Inkor» atamasini falsafaga Gegel kiritgan. Uning nuqtai nazaricha, inkor g‘oyaning, fikrning rivojlanish bosqichidir.
Inkor tushunchasi kundalik ongda «yo‘q», so‘zi bi­lan qo‘shilib ketadi, inkor qilmoq — «yo‘q,» demakdir, biror narsani rad etmoqdir. Lekin dialektikada in­kor kundalik ongda ishlatiladigan tushunchadan farq qiladi. Dialektikada inkor qilish to‘g‘ridan-to‘g‘ri «yo‘q», demak emas, yoki narsani mavjud emas, deb e’lon qilmoq yoki uni har qanday usul bilan yo‘qotib tashlamoq emas.
Inkorni dialektik tushunish yangining eski bilan oddiy almashuvi bo‘lmasdan, balki yangi eskining bag‘rida vujudga kelib, undagi sog‘lom tomonlardan foydalanib, qaror topishini tan olishdir. «Ichki inkor» taraqqiyotning harakatlantiruvchi kuchidir, deb Gegel bekorga aytgan emas.
Dialektik inkor ayni bir vaqtda «yo‘q» deyish bi­lan «ha» deb, ya’ni inkor etish bilan birga tasdiqlashni ham o‘z ichiga oladi. U barcha narsani butunlay rad etuvchi nigilistik qarashdan holi bo‘lib, bir paytda sodir bo‘ladigan emirilish bilan yaralishni, xullas, narsa va hodisalarning yo‘qolishi va paydo bo‘lishini bog‘lab ilgarilab rivojlanish holatini ifodalaydi. Bu dialektik inkorning muhim jihatini tashkil qiladi.
Dialektik inkorning muhim ikki jihati mav­jud: birinchisi, eskining o‘rniga yangining kelishi tabiiy-tarixiy jarayon bo‘lganligi uchun taraqqiyotning muhim sharti hisoblansa; ikkinchisi, u yangini eski bilan vorisiy bog‘liq, ekanligini ham ifoda­laydi.
Inkorni inkor etish haqida to‘xtalib o‘tishdan avval uni nega shunday deb atalishini izohlamoq lozim. Dialektikaning bu tamoyilining ikki marta takrorlanuvchi inkorda ifodalanishi moddiy olamdagi narsa va hodisalarning doimiy ravishda o‘zgarib, bir holatdan ikkinchi holatga o‘tib borishi va oqibatda, rivojlanish uzluksiz ekanligidan kelib chiqadi. Har bir mavjud bo‘lgan narsa va hodisa o‘zigacha bo‘lgan sifat va miqdorning inkor etilishining mahsuli, shu bilan birga, ana shu narsa va hodisalarning o‘zi ham sharoitning o‘zgarishi, vaqtning o‘tishi bilan inkor etilishga mahkumdir. Demak, har bir narsa va hodisaning o‘zgarishi va rivojlanishi hamisha ikki va undan ko‘proq inkor etishlar bilan amalga oshadi. Inkorni in­kor ana shu inkorlarning sodir bo‘lishi bilan rivojlanishning davom etishini ifodalaydi. Bundagi bitta inkor narsa va hodisalardagi o‘zgarish va rivojlanishning bir momentini tashkil etsa, «inkorni in­kor» atamasi ularning muayyan zanjirini bir necha davrini ifodalaydi.
Inkorni inkorning yana bir muhim belgisi shuki, taraqqiyotdagi davriylikning tugallovchi xalqasida, ya’ni navbatdagi inkor bosqichida uning oldingi bosqichdagi ba’zi belgilar takrorlanadi (don o‘simlikdan yana donlarga aylanadi).
Inkorni inkorning amal qilishi tufayli taraqqiyot to‘g‘ri chiziq shaklida emas, balki aylana shaklidabo‘ladi, uning oxirgi nuqtasi boshlang‘ich nuqtaga yaqinlashadi. Lekin bu yaqinlashuv uning oxirgi nuqta bilan tutashishi bo‘lmasdan, balki yuqori bosqichda sodir bo‘lishi sababli taraqqiyot spiral shaklga ega bo‘ladi. Bu spiralning har bir yangi o‘rami oldingi o‘ramiga nisbatan yuqoriroq, bosqichda yuzaga kelgan bo‘ladi. Ana shu ma’noda taraqqiyotning dialektik nazariyasida «spiralsimon» atamasi ishlatiladi.
Dialektik inkorga ko‘ra, taraqqiyotning spiralsi­mon xarakteri o‘zining quyidagi uch jihatiga ega: birinchidan, inkorni inkorda, dastavval, narsa va hodisalar abadiy o‘zgarmasdan qola olmasligi, davrning o‘tishi bilan har bir narsa va hodisa o‘zgarishi, bu o‘tishda esa yangi sifat faqat emirilayotgan narsa zaminida paydo bo‘lishini ochib beradi. Buni destruk­siya deyiladi. Ikkinchidan, u emirilayotgan (inkor etilayotgan) narsa bilan paydo bo‘layotgan yangi narsa o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni, ularning bir-biriga bo‘lgan munosabatini ochib beradi. Buni kumulyasiya deyiladi. Uchinchidan, inkor etilayotgan narsa oldin erishgan yutuqlarni, uning rivojlanishga qodir bo‘lgan ba’zi belgi va xususiyatlarni saqlab qolish, ulardan foydalanish asosida yuz beradi. Buni konstruk­siya deb yuritiladi. SHu asosda o‘zgarish, rivojlanish sodir bo‘ladi. Bunday inkorni inkorning muhim belgisi, ya’ni narsa va hodisalarning ilgarilab rivojlanishi, yangilikning engilmasligi mantiqan o‘z-o‘zidan kelib chiqadi. CHunki har bir narsa va hodisa uzluksiz o‘zgarishlar, ya’ni o‘sishlar va emirilishlar, paydo bo‘lish va yo‘q bo‘lish jarayonini kechirib turadi. Demak, yangi vujudga kelgan sifat, albatga, inkor etilayotgan eski sifatdan ustun va bir qadam olg‘a ketgan bo‘ladi. Bu tabiat, jamiyat va inson tafakkuriga xos bo‘lgan ob’ektiv jarayondir.
Hozirgi kunda O‘zbekistonda eski va eskirayotgan narsalarni inkor etish va ularning o‘rniga yangilarini qurish, yaratish uchun kurash davom etmoqda. Jamiyatda yuz berayotgan bozor iqtisodiyoti tug‘dirayotgan o‘zgarishlarni har bir kishi to‘g‘ri tushunib olishi lozim. Respublikani sifat jihatidan o‘zgartirish, uni yuksak taraqqiy etgan mamlakatlar qatoriga kiritish uchun hozirgi davrda har bir kishidan ko‘proq kuch-g‘ayrat sarflashni, o‘z faoliyatiga baho berishda xolis, prinsipial bo‘lishni, omilkorlik va fidokorlikni talab qiladi. O‘zbekistonning mustaqilligini mus­tahkamlash uchun faqat iqtisodiy o‘zgarishlar qilish etarli emas, shu bilan birga, siyosiy, madaniy va ma’naviy o‘zgarishlar ham qilish, faol ijtimoiy siyosat olib borish, inson to‘g‘risida g‘amxo‘rlik, uning hayotiy manfaatlarini himoya qilish ham zarur.
Mustaqillik bizdan bilimdonlikni va yuksak darajada mutaxassislikni talab qiladi. Endilikda ishlab chiqarishni, fan va texnikani boshqarish, mehnatni, shubhasiz, yuqori darajada tashkil qilish va shu kabilar har tomonlama tayyorgarliksiz, chuqur bilimlarsiz bo‘lishi mumkin emas.
Mustaqillik — mustamlakachilikni qat’iyan bartaraf etish, taraqqiyotga to‘sqinlik qiluvchi ma’muriy buyruqbozlik mexanizmni butunlay buzib tashlash, O‘zbekistonni ijtimoiy-iqtisodiy va ma’naviy rivojlantirishning ishonchli va samarali mexanizmini yaratish demakdir.
Mustaqillik umuminsoniy va milliy ahloq normalarini buzish hollaridan xolos etish, ijtimoiy adolat tamoyillarini izchillik bilan amalga oshirish demakdir. Bu degani: so‘z bilan ishning, huquq, bilan burchning birligini ta’minlash, xalollik va vijdon bilan ishlab, yuqori unumli mehnatni tashkil qilish, unga haq to‘lashda tekischilik tendensiyalarini, iste’molchilik kayfiyatini bartaraf etish, inkor qilish demakdir.
SHunday qilib, borliq va bilishga xos inkor va inkorni inkorlar benihoya davom etaveradi. Bu abadiy davom etadigan jarayonda dialektikaning barcha tamoyillari birgalikda amal qiladi. Bunda inkorni inkor hech bir narsa yoki hodisa abadiy o‘zgarmasdan qola olmasligini, aksincha, eski o‘rnini muqarrar yangi egallashini, ammo ular o‘rtasida vorisiy aloqalar mavjudligini ifodalaydi.


Yüklə 1,33 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə