2-mavzu. Borliq (ontologiya) va rivojlanish falsafasi. Bilish falsafasi (gnoseologiya). Mantiq. Jamiyat falsafasi. Inson falsafasi


CHin fikr deb, o‘zi ifoda qilayotgan predmetga muvofiq keluvchi fikr hisoblanadi (Masalan, «Temir-metall»)



Yüklə 1,33 Mb.
səhifə25/32
tarix30.12.2023
ölçüsü1,33 Mb.
#167156
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   32
2-mavzu. Borliq (ontologiya) va rivojlanish falsafasi. Bilish fa

CHin fikr deb, o‘zi ifoda qilayotgan predmetga muvofiq keluvchi fikr hisoblanadi (Masalan, «Temir-metall»).
Xato fikr predmetga mos kelmaydigan fikrdir (masalan, «Temir-metall emas»). Fikrning chin yoki xato bo‘lishi uning mazmuniga tegishli xususiyatlaridir.
Fikrning chin bo‘lishi mantiqiy fikr yuritishning zaruriy sharti bo‘lsada, o‘z holicha etarli emas. Fikr muhokama yuritish jarayonida formal jihatdan to‘g‘ri qurilgan ham bo‘lishi kerak. Bu xususiyat fikrning shakliga taalluqli bo‘lib, tafakkurda hosil bo‘ladigan turli xil mantiqiy strukturalarda, sodir bo‘ladigan har xil mantiqiy amallarda o‘z aksini topadi.
Fikrni to‘g‘ri qurishga tafakkur qonunlari talablariga rioya qilgandagina erishish mumkin.
Tafakkur qonuni muhokama yuritish jarayonida fikrlar (fikrlash elementlari) o‘rtasidagi mavjud zaruriy aloqalardan iborat.
Tafakkur qonunlari mazmunidan kelib chiqadigan, muhokamani to‘g‘ri qurish uchun zarur bo‘lgan talablar fikrning aniq, izchil, etarli darajada asoslangan bo‘lishidan iborat.
Muhokamani to‘g‘ri qurish bilan bog‘liq talablar haqida gapirganda,birinchi navbatda, ularning muayyan prinsiplar, qoidalar tarzida, ya’ni to‘g‘ri tafakkur prinsiplari sifatida amal qilishiga e’tibor berish zarur.

Mazkur qoidalarning buzilishi muhokamaning noto‘g‘ri qurilishiga sabab bo‘ladi. Bunda, xususan, chin fikrlardan xato xulosa chiqishi (masalan,


«Qonun – rioya qilish zarur bo‘lgan huquqiy hujjat»,
«Buyruq qonun emas»,
demak, «Buyruq rioya qilish zarur bo‘lgan huquqiy hujjat emas»)

yoki xato qurilgan muhokamadan chin xulosa chiqishi (masalan,


«Barcha moddiy jismlar – kimyoviy elementlar»,
«Temir-moddiy jism», demak,
«Temir-kimyoviy element») mumkin.
3. Tafakkur ko‘p qirrali jarayon bo‘lib, uni turli xil tomonidan, xususan, mazmuni va shakli (strukturasi) bo‘yicha, tayyor holida yoki kelib chiqishi va taraqqiyotida olib o‘rganish mumkin. Bularning barchasi mantiq ilmining vazifasini tashkil etadi, uning turlicha metodlardan foydalanishiga, har xil yo‘nalishlarga ajralishiga sabab bo‘ladi.
Keng ma’noda mantiqni tafakkur shakllari va qonunlarini o‘rganuvchi fan, deb atash mumkin.

Hozirgi paytda uning


1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə