Birinchi Prezidentimiz I. A



Yüklə 1,1 Mb.
səhifə1/18
tarix26.06.2023
ölçüsü1,1 Mb.
#118949
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Ўзбек терминологияси






Kirish
Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimovning quyidagi fikrida o‘zbek tili terminologik tizimlarining taraqqiyotiga mas’uliyatli yondashuv zarurligi o‘z ifodasini topgan: «Istiqlol yillarida o‘zbek tilining qo‘llanish doirasi amalda nihoyatda kengaygani, uni ilmiy asosda rivojlantirishga qaratilgan tadqiqotlar, tilimizning o‘ziga xos xususiyatlariga bag‘ishlangan ilmiy va ommabop kitoblar, o‘quv qo‘llanmalari, yangi-yangi lug‘atlar ko‘plab chop etilayotgani jamiyat tafakkurini yuksaltirishga o‘z hissasini qo‘shmoqda. Ayniqsa, davlat tilining xalqaro miqyosda ham faol muloqot vositasiga aylanib borayotgani e’tiborlidir... SHu borada o‘zbek tilining kompyuter, Internet, aniq fanlar, tibbiyot, iqtisodiyot kabi maxsus termin va tushunchalarni talab qiladigan sohalarda ham keng qo‘llana boshlagani uning imkoniyatlari nechog‘lik katta ekanini ko‘rsatadi»1. Mazkur reja-dastur ushbu yo‘nalishlar mazmunidan kelib chiqqan holda tuzilgan bo‘lib, u zamonaviy talablar asosida ta’lim jarayonlarining mazmunini takomillashtirish kadrlarining lingvistik kompetentligini muntazam oshirib borishni maqsad qiladi.
O‘zbek terminologiyasi shakllanish va rivojlanishning bir necha asrlik mahsuli hisoblanadi. O‘zbek terminologiyasi tizimi dastlab qadimgi turkiy til (VII-X) bitiklarida ko‘zga tashlanadi. U eski turkiy til (XI-XIV) va eski o‘zbek adabiy tili (XV-XX asrlar boshi) manbalarida miqdor va sifat jihatdan o‘sib bordi, hozirgi o‘zbek adabiy tilida tub o‘zgarishlarga uchradi. O‘n asrlik shakllanish va taraqqiyot tarixiga ega o‘zbek terminologiyasi oldida ajdodlar tilida qo‘llanishda bo‘lgan so‘z, istiloh, ibora, frazeologik birliklar, so‘z birikmalari, maqol, matal va h.k.larni jamlash, izohlash, keyingi avlodga qoldirish, hozirgi o‘zbek tili terminologik tizimlari, terminlarning hosil bo‘lish omillari, terminlardagi lingvistik hodisalar, terminologik lug‘atlar tuzish, terminshunoslik va lug‘atshunoslikni jahon standartlari darajasiga olib chiqishdek dolzarb vazifa kun tartibiga qo‘yilgan.
Davlat tili haqida”gi Qonunning 7-moddasida ta’kidlanganidek, “Davlat o‘zbek tilining boyitilishi va takomillashtirilishini ta’minlaydi, shu jumladan, unga hamma e’tirof qilgan ilmiy-texnikaviy va ijtimoiy-siyosiy atamalarni joriy etish hisobiga ta’minlaydi”. Mazkur vazifa yechimi filologiya va tillarni o‘qitish yo‘nalishidagi oliy ta’lim muassasalarida ta’lim samaradorligini yana ham oshirish, pedagog kadrlarni zamonaviy bilim va amaliy ko‘nikma hamda malakalar bilan qurollatirish, xorijiy davlatlar ilg‘or tajribalarini o‘rganish va ta’lim amaliyotiga tatbiq etish masalasini hal etishda ko‘rinadi. “O‘zbek terminologiyasi” kursi aynan mana shu yo‘nalishdagi muammolarni hal qilishga qaratilgani bilan xarkterlanadi.

Yüklə 1,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə