2-mavzu. Borliq va rivojlanish falsafasi



Yüklə 52,26 Kb.
səhifə7/9
tarix12.05.2022
ölçüsü52,26 Kb.
#86843
1   2   3   4   5   6   7   8   9
2 5278607689746749922

Harakat shakllari. Falsafada harakat shakllarini turkumlashning bir qancha boshqa ko‘rinishlari ham bor. Ayrim olimlar harakat shakllarini har bir fanning nomi bilan bog‘lash kerak, deb hisoblashadi. Bunday qarashning xatoligi shundaki, fanlarning ko‘pchiligi harakat shaklini emas, balki miqdoriy munosabatlar va holatlarni aks ettiradi. Masalan geodeziya yoki geometriya, trigonometriya yoki topografiya, chiziqli algebra qanday harakat shaklini o‘rganadi? Kibernetika esa ham tabiatda, ham jamiyatda amal qiluvchi boshqarish jarayonlarini o‘rganadi, ya’ni bu fan bitta emas, balki bir qancha harakat shakllarini qamrab oladi.

Harakat shakllarini turlash bo‘yicha quyidagi tabiiy-ilmiy konsepsiya ham diqqatga sazovordir. Mazkur konsepsiya bo‘yicha harakat shakllari quyidagicha turlanadi: fizik harakat (elementar zarrachalar, maydon va atomlarning harakati), ximiyaviy harakat (atomlar va molekulalarning harakati) va bunda harakatning rivojlanishi ikki yo‘nalishga ajraladi, 1) harakat rivojlanishining yuqori yo‘nalishida biologik harakat shakllanadi; 2) harakat rivojlanishining quyi yo‘nalishida esa geologik harakat shakllanadi, biologik harakatning taraqqiyoti ijtimoiy harakatga olib boradi.

Yana bir boshqa konsepsiyada esa harakat borliqning tashkiliy tuzilish darajalariga mos ravishda turlangan. Bu konsepsiyada harakat shakllari uchta sinfga ajratiladi: notirik tabiatda — elementar zarrachalar va maydon harakati, tirik tabiatda – hayotning namoyon bo‘lishi, jamiyatda – odamning faoliyati.

Ijtimoiy harakat bizga ma’lum bo‘lgan harakat shakllari ichida eng murakkabi bo‘lib, unda insonning ongli faoliyati, inson tafakkuri, ijtimoiy guruhlarning faoliyati, o‘zaro munosabatlari, jamiyat miqyosidagi ijtimoiy fikr birgalikda harakatga keladi. Bu harakatni chiziqli, batartib harakatlar bilan mutlaqo taqqoslab bo‘lmaydi. Uning kelajagini bashorat qilish ham o‘ta murakkabdir.




Yüklə 52,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə