2-mavzu. Borliq va rivojlanish falsafasi



Yüklə 52,26 Kb.
səhifə6/9
tarix12.05.2022
ölçüsü52,26 Kb.
#86843
1   2   3   4   5   6   7   8   9
2 5278607689746749922

Rivojlanish. O‘zgarishlarning shunday bir shakli borki, uni falsafada rivojlanish deb ataladi. Rivojlanish bu — muayyan sistemaning muayyan vaqt va fazodagi yaxlit, kompleks, orqaga qaytmaydigan, ilgarilanma yo‘nalishga ega bo‘lgan, miqdoriy va sifatiy o‘zgarishidir.

Shu jihatdan harakatning ikki xil turi bir-biridan farq qilinadi. Harakatning birinchi turi jismda uning sifati va turqunligini saqlagan holda ro‘y beradigan ichki o‘zgarishlarni o‘z ichiga oladi. Ya’ni har qanday jismda beto‘xtov ichki o‘zgarishlar ro‘y berib turadi, lekin bu o‘zgarishlar shu jismning tashqi sifatiga jiddiy ta’sir ko‘rsatmaydi.

Atrofimizni qurshab turgan har bir jism molekulalardan, molekulalar esa atomlar va elementar zarrachalardan tashkil topgan ekan, bu jismlarning molekulyar va atom tuzilish darajasida ham beto‘xtov o‘zgarishlar ro‘y berib turadi. Shuningdek, har bir jism o‘zining atrofidagi boshqa jismlarning va ulardan tarqalayotgan nurlanishlarning ta’siriga ham uchrab turadi. Bunday tashqi ta’sirlarni o‘zida in’ikos ettirish jarayonida ro‘y beradigan o‘zgarishlar ham bu jismning sifatiy o‘zgarib ketishiga olib kelmasligi, uning turqunligi va asosiy sifati saqlanib qolishi mumkinligi haqida xulosa chiqarish mumkin.

Biz yuqorida qayd etgan ichki va tashqi ta’sirlar oqibatida ro‘y beruvchi o‘zgarishlar asta-sekin to‘planib, keyinchalik jismda keskin sifatiy o‘zgarishning vujudga kelishiga ham sabab bo‘lishi mumkin. Mana shunday o‘zgarish, ya’ni jismning sifatini o‘zgartiruvchi harakat ikkinchi turdagi harakatga kiradi va u rivojlanish deb ataladi.

Rivojlanish jarayoni ham ikki turda bo‘ladi. Birinchi turdagi rivojlanish bo‘yicha, jismda har qanday sifatiy o‘zgarish ro‘y berishiga qaramasdan, uni tashkil etgan materiyaning sifatiy tuzilish darajasi o‘zgarmasdan qolaveradi.

Masalan, notirik tabiatga mansub bo‘lgan quyoshdagi ravojlanishni olib qaraylik. Olimlarning tahminlariga ko‘ra, hozir sirtida 6 ming, ichida esa bir necha mln. darajali haroratga ega bo‘lgan quyosh borib-borib soviydi va qizil gigantga aylanadi, ya’ni quyoshning markazidagi termoyadro energiyasi so‘ngach, ichki zichligi pasayadi va markazdagi tortishish quvvati susayadi. Oqibatda quyosh shisha boshlaydi va yer orbitasini ham o‘z ichiga olgan ulkan qizil yulduz vujudga keladi, u asta-sekin sovib, qizil karlikka, so‘ngra esa «qora karlikka», keyin bo‘lsa neytron yulduzga aylanadi. Bunday o‘zgarishlar natijasida borliqning tashkiliy struktura darajasi o‘zgarmaydi, ya’ni jonsiz tabiat shaklidagi darajasi saqlanadi.

Jonli tabiatning vujudga kelishi, o‘simliklar va hayvonot olamining paydo bo‘lishi, odamning shakllanishi, jamiyatning vujudga kelishi singari sifatiy o‘zgarishlar esa, rivojlanishning ikkinchi turiga kiradi.

Falsafa fanida harakatning bir-biridan sifatiy farq qiluvchi bir qancha boshqa shakllari ham o‘rganiladi.



Materalist bo‘lgan faylasuflar harakat shakllarini turkumlaganida, quyidagi mulohazalarga tayanib ish yuritadilar:

1) harakat shakllari bir-birlari bilan sifat jihatidan farq qilib, ularning har biri materiyaning tashkiliy tuzilishi darajalarining muayyan bosqichida namoyon bo‘ladi;

2) materiyaning harakat shakllari bir-biri bilan genetik jihatidan, kelib chiqishi jahatdan ketma-ket bog‘langan, ya’ni harakatning murakkabroq shakllari uning nisbatan soddaroq shakllaridan kelib chiqqandir;

3) harakatning yuqori shakllari tarkibidagi quyi shakllari uning yuqori shakllariga ham mansubdir, ammo harakatning yuqori shakli o‘zidan quyi shakldagi harakatga mansub emasdir. Shu mulohazalarga tayangan holda, harakatning beshta shaklini ajratib olish mumkin. Ular — mexanik, fizik, ximiyaviy, biologik va ijtimoiy harakatlardir.




Yüklə 52,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə