2 mavzu. Buxgalteriya balansi. Buxgalteriya schyotlari va ikkiyoqlama yozuv



Yüklə 89,1 Kb.
səhifə3/4
tarix02.06.2023
ölçüsü89,1 Kb.
#115096
1   2   3   4
2 - mavzu. Buxgalteriya balansi. Buxgalteriya schyotlari va ikkiyoqlama yozuv

Balans

2 550 010

Balans

2 550 010



Birinchi tur o‘zgarish. Bu toifa (tip, tur)ga kiruvchi muomalalar tasirida balansning aktiv qismida o‘zgarish sodir bo‘lib, xo‘jalik operatsiyasi natijasida bir modda ko‘payadi va boshqa bir modda shu summaga kamayadi. Balansning umumiy summasi esa o‘zgarmaydi.
Misol: Ishchi va xizmatchilarga ish haqi berish uchun hisob-kitob schyotidan kassaga 50 000 ming so‘m pul olib kelindi. Kassa schyoti 50 000 ming so‘mga ko‘payishi, hisob-kitob schyoti esa 50 000 ming so‘mga kamayishi sodir bo‘ladi. Birinchi operatsiyadan keyin balans quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ladi.


KORXONA BALANSI
(ming so‘m)

Aktiv

O‘zgarish

Summa

Passiv

Summa

Asosiy vositalar




1 200 000

Ustav kapitali

1 250 000

Tovar-moddiy zahiralar




600 000

Taqsimlanmagan foyda

450 000

Hisob-kitob schyoti

-50000

700 000

To‘lanadigan schyotlar

848 750

Kassa

+50000

50 010

Budjetga qarzlar

1 260

Balans_____2_550_010__Balans'>Balans




2 550 010

Balans

2 550 010



Ikkinchi tur o‘zgarish. Sodir bo’lgan muomala balansning passiv qismidagi moddalarga ta’sir ko‘rsatib, xo‘jalik operatsiyasi natijasida bir moddaning ko‘payishi va boshqa bir moddaning shu summaga kamayishi tushuniladi. Balansning umumiy summasi o‘zgarmaydi.
Misol: taqsimlanmagan foydaning bir qismi 25 000 ming so‘m ustav kapitalini oshirishga yo‘naltirildi. Taqsimlanmagan foyda schyoti 25 000 ming so‘mga kamayishi, ustav kapitali schyoti esa 25 000 ming so‘mga ko‘payishini aks ettiriladi.Ikkinchi operatsiyadan keyin balans quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ladi.


KORXONA BALANSI
(ming so‘m)

Aktiv__Summa__Passiv__O‘z-garish'>Aktiv

Summa

Passiv

O‘z-garish

Summa

Asosiy vositalar

1 200 000

Ustav kapitali

+25000

1 275 000

Tovar-moddiy zahiralar

600 000

Taqsimlanmagan foyda

-25000

425 000

Hisob-kitob schyoti

700 000

To‘lanadigan schyotlar




848 750

Kassa

50 010

Budjetga qarzlar




1 260

Balans

2 550 010

Balans




2 550 010



Uchinchi tur o‘zgarish. Bu toifa (tip)ga kiruvchi muomalalar balansning aktiv va passiv qismlarida sodir bo‘lib, xo‘jalik operatsiyasi natijasida balansning aktiv qismidagi bir moddaning ko‘payishi va balansning passiv qismidagi boshqa bir moddaning shu summaga ko‘payishi bilan balansning umumiy summasi ham shu summaga ko‘payadi.
Misol: mol etkazib beruvchilardan 35 000 ming so‘mga xom-ashyo materiallar olindi, lekin puli to‘lanmadi.
Balansning aktiv qismidagi xomashyo materiallar schyoti 35 000 ming so‘mga ko‘paydi, passiv qismidagi mol etkazib beruvchilarga to‘lanadigan schyotlar ham 35 000 ming so‘mga ko‘payadi.
Uchinchi operatsiyadan keyin balans quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ladi.


KORXONA BALANSI
(ming so‘m)

Aktiv

O‘z-garish

Summa

Passiv

O‘z-garish

Summa

Asosiy vositalar




1 200 000

Ustav kapitali




1 275 000

Tovar-moddiy zahiralar

+35000

635 000

Taqsimlanmagan foyda




425 000

Hisob-kitob schyoti




700 000

To‘lanadigan schyotlar

+35000

883 750

Kassa




50 010

Budjetga qarzlar




1 260

Balans

+35000

2 585 010

Balans

+35000

2 585 010

To‘rtinchi tur o‘zgarish. Balansning aktiv va passiv qismlarida sodir bo‘lib, xo‘jalik operatsiyasi natijasida balansning aktiv qismidagi bir modda va passiv qismida boshqa bir modda shu summaga kamayadi, balansning umumiy summasi ham shu summaga kamayadi.
Misol: hisob-kitob schyotidan mol etkazib beruvchilarga olingan xom-ashyo materiallar uchun 600 000 ming so‘m to‘landi.
Balansning aktiv qismidagi hisob-kitob schyoti 600 000 ming so‘mga kamaydi, passiv qismidagi to‘lanadigan schyotlar ham 600 000 ming so‘mga kamaydi.
To‘rtinchi operatsiyadan keyin balans quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ladi.


KORXONA BALANSI
(ming so‘m)

Aktiv

O‘z-garish

Summa

Passiv

O‘z-garish

Summa

Asosiy vositalar




1 200 000

Ustav kapitali




1 275 000

Tovar-moddiy zahiralar




635 000

Taqsimlanmagan foyda




425 000

Hisob-kitob schyoti

-600000

100 000

To‘lanadigan schyotlar




635 000

Kassa




50 010

Budjetga qarzlar

-600000

100 000

Balans




1 985 010

Balans




1 985 010

Yuqoridagilardan quyidagi xulosalarni qilish mumkin:



  • I va II tipdagi o‘zgarishlar oldingi balans summasini hech qachon o‘zgartirmaydi.

  • III va IV tipdagi o‘zgarishlar albatta oldingi balans summasini o‘zgarishiga olib keladi, jumladan uchinchi tip o‘zgarishlar balans summasini oshishiga, to‘rtinchi tip o‘zgarishlar balans summasini kamayishiga sabab bo‘ladi.

  • Hech qachon balansdagi o‘zgarish tiplari bir vaqtning o‘zida aktivni bir summaga oshirib, passivni esa o‘sha summaga kamaytirishi mumkin emas.

  • Hech qachon balansdagi o‘zgarish tiplari aktivni bir summaga ko‘paytirishga (kamaytirishga), passivni esa boshqa bir summaga ko‘paytirishga (kamaytirishga) olib kelishi mumkin emas.

1. misol. Topshiriq:

  1. Buxgalteriya hisobi schyotlarining qoldiqlar asosida buxgalteriya balansini tuzing

  2. Har bir balans moddalariga schyot oching va boshlang’ich qoldiq summalarini yozing

  3. Tegishli xo’jalik operatsiyalarini schyotlarda aks ettiring

  4. Schyotlarda aks ettirilgan ma’lumotlar asosida schyotlarning qoldiqlarini hisoblab chiqaring.

  5. Schyotlar qoldiqlari asosida buxgalteriya balansini tuzing

    • Buxgalteriya schyotlarining qoldiqlari

1

Asosiy vosita

800 000

2

Budjet oldidagi qarzdorlik

50 000

3

Kassa

70 000

4

Hisob-kitob schyoti

120 000

5

Taqsimlanmagan foyda

160 000

6

Materiallar

300 000

7

Ustav kapitali

1 050 000

8

Tugallanmagan ishlab chiqarish

75 000

9

Qisqa muddatli kreditlar

55 000

10

Tayyor mahsulot

90 000

11

Mehnatga haq to’lash bo’yicha qarzdorlik

70 000

12

Xaridorlarning qarzi

30 000

13

Boshqa kreditorlar

120 000

14

Boshqa debitorlar

20 000



USLUBIY KO’RSATMA:
1. Balans moddalarini asosiy bo’limlar bo’yicha quyidagi jadval shaklida guruhlang.
BALANS



Aktiv

Passiv

1. Uzoq muddatli aktivlar
1.
2.


Summa

1. Xususiy kapital
1.
2.


Summa

Jami:

Summa

Jami:

Summa

2. Joriy aktivlar
1.
2.


Summa

2. Majburiyatlar
1.
2.


Summa

Jami:

Summa

Jami:

Summa




  • Xo’jalik operatsiyalari

  1. materiallar i/ch ga berildi-210 000 so’m

  2. I/ch da band bo’lgan ishchilarga ish haqi hisoblanildi-80 000 so’m

  3. Ish haqiga nisbatan ijtimoiy sug’urtaga ajratma hisoblanildi-25%

  4. I/ch ta’luqli asosiy vositalarga eskirish hisoblanildi-9 000 so’m

  5. Hisob-kitob schyotidan kassaga ish haqi berish uchun pul olindi- 10 000 so’m

  6. Kassadan ish xaqi berildi – 60 000 so’m

  7. Xizmat safari uchun hisobdor shaxslarga bo’nak berildi-15 000 so’m

  8. Qisqa muddatli bank krediti qaytarildi-40 000 so’m

  9. Xaridorlarni qarzi hisob-kitob schyotiga kelib tushdi-25 000 so’m

  10. Mol yetkazib beruvchilardan nasiyaga materiallar olindi- 120 000 so’m

  11. I/ch dan tayyor mahsulot olindi- 324 500 so’m

  12. Boshqa kreditorlarga qarz summasi o’tkazib berildi –55 000 so’m



Uslubiy ko‘rsatma: Balansda bo‘ladigan o‘zgarish turlarini 2.1 - jadvalda keltirilgan shaklda bajaring.
2.1 - javdal



Xo‘jalik jarayonlarining mazmuni

Balansning o‘zgarishi

O‘zgarish

Aktiv

Passiv

+

-

+

-

1

2

3

4

5

6

7

1



















2



















3



















2.1 - jadvalning natijalari bo’yicha 31 yanvar kuniga korxona balansini tuzing.



Yüklə 89,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə