8. Pul mablagʻlari xarakati bilan bogʻliq muomalalar auditining uslubi



Yüklə 162,52 Kb.
səhifə1/22
tarix20.07.2023
ölçüsü162,52 Kb.
#119730
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
hisobot Tayyor (2)


MUNDARIJA
Kirish.........................................................................................................................3
1. Asosiy vositalar xarakati bilan bogʻliq muomalalar auditining uslubiy muammolari..........................................................................................................…5
2. Nomoddiy aktivlar xarakati bilan bogʻliq muomalalar auditining uslubiy muammolari ……....................................................................................................10
3. Uzoq muddatli investitsiyalar bilan bogʻliq muomalalar auditining uslubiy muammolari ……………………………………………………………................13
4. Tovar moddiy zaxiralari harakati bilan bogʻliq muomalalar auditining uslubiy muammolari ………….................................................................................……...15
5. Mahsulot (ish, xizmat)lar ishlab chiqarish, tannarx hisoblash va sotish bilan bogʻliq muomalalar auditining uslubiy muammolari….....…....…………….........19
6. Hisob-kitob, kredit va boshqa qarzlar boʻyicha muomalalar auditining uslubi …………………………………………………………………………….............24
7. Xodimlar bilan mehnatga xaq toʻlash boʻyicha muomalalari auditining uslubi …………………..………………………………….…………………………......28
8. Pul mablagʻlari xarakati bilan bogʻliq muomalalar auditining uslubi ….……...31
9. Korxona ustav, qoʻshilgan va rezer kapitallari auditining uslubiy muammolari ………………...................…………………………………………......................37
10. Moliyaviy natijalar auditi uslubiyotining muommalari ……..………………..40
11. Auditorlik tekshiruvi natijalari boʻyicha auditorlik hisoboti va xulosasini tayyorlash……………………………………………............................................42
Xulosa.....................................................................................................................46
Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati..........................................................................48
Ilovalar....................................................................................................................50
Kirish

Bugungi kunda davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo`lib mamlakatimizda zamonaviy talablarga javob beradigan, raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash hisoblanadi. Bunday yetuk kadrlarni tayyorlashning asosiy me’zonlaridan biri, talabalarning nazariy va amaliy bilim ko`nikmalarini uyg`unlashtirish, ularni rivojlantirishdir. Ushbu maqsadda “audit” yo‘nalishida ta’lim olayotgan 2 kurs magistrlari ilmiy amaliy stajirovka o`taydilar. Ilmiy amaliy stajirovkani o`tash davri mobaynida qilingan ishlar, o`rganilgan amaliy tajriba va ko`nikmalarni ushbu hisobotda umumlashtirdik.


Hisobotning asosiy maqsadi olingan nazariy bilimlarni mustahkamlash, chuqurlashtirish va amaliy ish ko‘nikmalarni hosil qilish hisoblanadi.
Ushbu maqsaddan kelib chiqib hisobot quyidagi masalalarni hal etishga qaratilgan:

  • Korxonada buxgalteriya hisobini tashkil qilinishi, buxgalteriya hisobining usul va uslublari hamda korxonalarda hisob siyosatining asosiy parametrlarini ochib berish;

  • Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarda buxgalteriya hisobining ob’ektlari hisoblangan aktivlar, xususiy kapital, majburiyatlar, xo‘jalik faoliyati natijalari ko‘rsatkichlarining auditining uslubiy muammolarini o`rganish;

  • korxonada audit ob’ektlarining auditorlik tekshiruvidan o‘tkazish, o‘tkazilgan auditorlik tekshiruvi natijalarini o‘rganish va ularning korxonaga tadbiq qilinishini tahlil qilish;

  • korxona ichki nazoratining holatini o‘rganish;

  • Amaliyot natijalari bo`yicha korxonada aniqlangan kamchiliklar va hisob tizimini yaxshilash yuzasidan o`z tavsiyalarini berish.

Ilmiy amaliy stajirovkaining subyekti bo`lib ASIA CARPET TEXTILE MChJ hisoblanadi. Amaliyotning obyekti esa korxonaning moliya va buxgalteriya bo`limi hisoblanadi.
ASIA CARPET TEXTILE MChJ korxonasining pochta manzili va huquqiy joylashgan o‘rni quyidagicha: O‘zbekiston Respublikasi, Samarqand viloyati, Samarqand tumani Qumtepa mahallasi.
Korxona faoliyatining maqsadi haqida gapiradigan bo‘lsak, ushbu korxonaning maqsadi tadbirkorlik faoliyatidan daromad olish hisoblanadi.
Biz ilmiy amaliy stajirovkaini o`tash davrida korxonaning moliyaviy xo`jalik faoliyatini tahlil qilib, o`zimizga kerakli bo`lgan amaliy tajriba va ko`nikmalarni olishga harakat qildik.
Hisobot kirish, asosiy qism, xulosa va ilovalardan iborat bo`lib, jami hajmi __ betdan iborat. Asosiy qismda 12 ta savollar bo`yicha javoblarning qisqacha bayoni yoritib berilgan. Xulosa va takliflar bo`limida esa korxonaning hisob tizimi va moliyaviy xo`jalik faoliyatini yaxshilash yuzasidan takliflar berilgan.




  1. Yüklə 162,52 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə