8. Pul mablagʻlari xarakati bilan bogʻliq muomalalar auditining uslubi



Yüklə 162,52 Kb.
səhifə5/22
tarix20.07.2023
ölçüsü162,52 Kb.
#119730
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
hisobot Tayyor (2)

4-jadval
Moliyaviy investitsiyalarga oid xo‘jalik operatsiyalarini hisobga olishda ishlatiladigan hujjatlar va ularning mazmuni



Hujjatning nomi

Nima maqsadda ishlatilishi

1.

Schyot-faktura

Qimmatli qog‘ozlar sotib olinganda, ularni sotayotgan korxona tomonidan tuziladi, qimmatli qog‘ozlarning soni va bahosini aks ettiradi

2.

Ta’sis shartnomasi, ustav, ta’sischilar yig‘ilishi bayonnomasi

Ta’sischilardan ta’sis badali sifatida kirim qilinadigan moliyaviy investitsiyalarning miqdorini aks ettiradi va ularni hisobga olishda asos bo‘ladi

3.

Chiqim kassa orderi

Qimmatli qog‘ozlar naqd sotib olinganda tuziladi

4.

To‘lov topshiriqnomasi

Qimmatli qog‘ozlar naqdsiz pul ko‘chirish yo‘li bilan sotib olinganda investitsiya kiritayotgan korxona tomonidan tuziladi

5.

Bank ko‘chirmasi

Qimmatli qog‘ozlarni sotib olish yoki sotish uchun hisob-kitob schyotidan pul mablag‘larining to‘langanligi yoki unga kelib tushganligini tasdiqlovchi hujjat

6.

Avizo-xabar

Kiritilgan moliyaviy investitsiyalar bo‘yicha hisoblangan va to‘lanadigan dividend summasi to‘g‘risida investorga kelgan ma’lumot (xabarnoma)

7.

Inventarizatsiya dalolatnomasi

Korxonaning kassasida saqlanayotgan qimmatli qog‘ozlarning inventarizatsiya qilish natijasida tuziladigan hujjat

Auditor investitsiyalar auditi jarayonida quyidagilarga e’tibor berishi kerak:


- investitsion loyihalarni asosliligi va rentabelligiga;
- investitsiya sifatida sarflangan aktivlarning buxgalteriya hisobida to‘g‘ri aks ettirilganligiga;
- investitsiya faoliyatidan olingan daromadlarning buxgalteriya hisobi schyotlarida aks ettirilganligi va ular bo‘yicha soliqlarning to‘g‘ri hisoblanganligiga;
- investitsiya sifatida sarflangan mablag‘larning o‘z vaqtida qaytarilishini ta’minlanishiga.
Moliyaviy investitsiyalar hisobining mohiyati, baholanishi va hisobga olish tartibi 12-son BHMS “Moliyaviy investitsiyalar hisobi” ga muvofiq olib boriladi.
21-son BHMSga muvofiq uzoq va qisqa muddatli moliyaviy investitsiyalarning hisobini yuritish uchun maxsus 0600 «Uzoq muddatli investitsiyalarni hisobga oluvchi schyotlari» va 5800 «Qisqa muddatli investitsiyalarni hisobga oluvchi schyotlari» tizimi ko‘zda tutilgan. Auditor ushbu schyotning qoldig`ini, ko`payishi va kamayishini ularning turlari va ma`lum operatsiyalar bo`yicha chuqur tekshiradi.
Biz amaliyot o`tagan ASIA CARPET TEXTILE MChJ korxonasi tomonidan 2021 yilda boshqa korxonalarga moliyaviy investitsiyalar kiritilmagan. Shu bois biz auditning bu ob’ekti bo‘yicha amaliy ma’lumotlarni o‘rgana olmadik.



  1. Yüklə 162,52 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə