8. Pul mablagʻlari xarakati bilan bogʻliq muomalalar auditining uslubi



Yüklə 162,52 Kb.
səhifə8/22
tarix20.07.2023
ölçüsü162,52 Kb.
#119730
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   22
hisobot Tayyor (2)

6-jadval

Xarajat guruhi

Xarajat moddalari

Bevosita material xarajatlari

Gilam ishlab chiqarishda bevosita sarflangan materiallar, buyumlar, yoqilgʻi va moylash materiallari, xoʻjalik inventarlari va boshqa materiallar

Bevosita mehnat haqi xarajatlari

Gilam ishlab chiqarish jarayonida bevosita katnashgan xodimlarga hisoblangan asosiy ish haqi va mukofatlar

Bevosita mehnat haqi fondidan ijtimoiy soliq toʻlovi

Gilam ishlab chiqarish jarayonida bevosita katnashgan xodimlar ish haqi fondidan ijtimoiy soliq tulovlari

Amortizatsiya ajratmalari

Gilam ishlab chiqarish jarayonida bevosita ishtirok etgan asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar, boʻyicha hisoblangan eskirish summasi

Boshqa ishlab chiqarish xarajatlari(bilvosita ustama xarajatlar)

1. Gilam ishlab chiqarish xarajatlariga olib borilgan turlix izmatlar (sertifikatlash, transport xizmatlari, gaz, suv va elektr quvvati bilan taʼminlash, taʼmirlash va boshqa xizmatlar)
2. Gilam ishlab chiqarish xarajatlariga olib borilgan yordamchi ishlab chiqarish va umumishlab chiqarish xarajatlari
3. Gilam ishlab chiqarish xarajatlariga xarajatlariga olib borilgan kelgusi davr xarajatlari
4. Gilam ishlab chiqarish tannarxiga kiritiladigan boshqa xarajatlar

Mahsulot tannarxi yuqorida aytib oʻtilgan 5 turdagi xarajat moddalari boʻyicha xarajatlar tarkibi tekshirilishi lozim. Mahsulot tannarxiga kiritiladigan xarajatlarning har bir turi dastlabki hujjatlar bilan tasdiklangan boʻlishi kerak. Audit jarayonida ishlab chiqarish xarajatlari boʻyicha birlamchi hujjatlarni qonuniyligi, ishonchliligi, saqlanishini va toʻgʻri rasmiylashtirilganligini sinchiklab tekshirishi talab etiladi. Yaʼni, bundan maqsad ushbu turdagi xarajatlar mahsulot tannarxiga toʻgʻri olib borilganligi, va bilvosita xarajatlarning toʻgʻri taqsimlanganligini aniqlashdan iborat.


Gilam ishlab chiqarish jarayoni auditidagi asosiy eʼtibor xoʻjalik yurituvchi subyektning ishlab chiqarilgan gilam mahsulotlar tannarxining toʻgʻri shakllanganligiga qaratish kerak. Bunda ishlab chiqarilgan 1 birlik gilam mahsulotini ishlab chiqarishda qaysi turdagi xarajatlar amalga oshirilgani va tannarxda asosiy salmoqni kaysi turdagi xarajatlar egallashini aniklab olish audit uchun juda muhim.
Gilam mahsulotlarini ishlab chiqarish boʻyicha kalkulyatsiya birligi bulib 1 metr kvadrat gilam mahsuloti hisoblanadi. Ushbu kalkulyatsiya birligi boʻyicha ularning haqiqiy tannarxi oy oxirida belgilangan xom-ashyo materiallar sarfi meʼyorlari bilan hisoblab chiqiladi. Quyida ASIA CARPET TEXTILE MCHJ korxonasining 1 turdagi Almaz nomli gilamning 1 metr kvadratiga sarflanadigan material sarfi meʼyori keltirilgan.

Yüklə 162,52 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə