8. Pul mablagʻlari xarakati bilan bogʻliq muomalalar auditining uslubi


Tovar moddiy zaxiralari harakati bilan bogʻliq muomalalar auditining uslubiy muammolari



Yüklə 162,52 Kb.
səhifə6/22
tarix20.07.2023
ölçüsü162,52 Kb.
#119730
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
hisobot Tayyor (2)

Tovar moddiy zaxiralari harakati bilan bogʻliq muomalalar auditining uslubiy muammolari

Ma’lumki har bir korxona xizmat ko’rsatish va ishlab chiqarish jarayonida turli xil tovar moddiy zaxiralaridan foydalanadi. Tovar moddiy zaxiralari hisobi xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarda 4-son BHMS “Tovar moddiy zahiralar” asosida olib boriladi. Standartga muvofiq tovar moddiy zaxiralar – bu keyinchalik sotish maqsadida normal faoliyat yuritish jarayonida tutib turiladigan va ishlab chiqarish jarayonida mavjud bo‘lgan, shuningdek mahsulot ishlab chiqarish, ishlarni bajarish yoki xizmatlar ko‘rsatish jarayonida yoxud ma’muriy va ijtimoiy-madaniy vazifalarni amalga oshirish uchun foydalaniladigan moddiy aktivlar. Tovar moddiy zaxiralarini quyidagicha tasniflash mumkin(3-chizma).

3-chizma. TMZlarning tasniflanishi
Ishlab chiqarish zaxiralari –bu ishlab chiqarishning moddiy asosini tashkil etuvchi mehnat predmetlaridir.
Tayyor mahsulot deganda ishlab chiqarishning barcha texnologik jarayonlaridan o‘tgan, ortiq qayta ishlovni talab qilmaydigan, o‘zining sifati bo‘yicha davlat standartlariga, texnik shartlarga javob beradigan va omborxonalarga qabul qilingan tayyor buyumlar tushuniladi.
Tovarlar deganda korxonaning sotish uchun sotib olgan yoki ishlab chiqargan moddiy aktivlari tushuniladi.
ASIA CARPET TEXTILE MChJ korxonasida TMZlar FIFO usulida baholanadi, ya`ni birinchi kirim qilingan TMZ birinchi chiqim qilinadi.
21-son BHMSga muvofiq TMZlarning hisobi quyidagi schyotlarda yuitiladi:
1000 – “Materiallarni hisobga oluvchi schyotlar”;
1500 – “Materiallarni tayyorlash va xarid qilishni hisobga oluvchi schyotlar”;
1600 – “Materiallar qiymatidagi farqni hisibga oluvchi schyotlar”
2800 “Tayyor mahsulotlarni hisobga oluvchi schyotlar”
2900 “Tovarlarni hisobga oluvchi schyotlar”
Ushbu schyotlar bo`yicha yuz bergan operatsiyalar har oyda jurnal orderda qayd etilib boriladi va bu jurnal orderlar orqali yillik oborot qaydnomalar tuziladi (3,4,5-ilovalar).
Moddiy javobgar shaxslar kirim va chiqim hujjatlari asosida belgilangan muddatlarda (hisob siyosatiga muvofiq belgilangan muddatlarda) moddiy hisobot tuzadilar. Ushbu hisobotlar tasdiqlangan shakllarda tuziladi. Ularda ishlab chiqarish zahiralarining holati va harakati soniy va summaviy ko‘rinishda aks ettiriladi. Moddiy hisobotlar ikki nusxada tuziladi, moddiy javobgar shaxslar tomonidan imzolanadi va ularning birinchi nusxasi buxgalteriyaga topshiriladi. Aynan moddiy hisobotlar va ularga tikilgan birlamchi hujjatlar ishlab chiqarish zaxiralarining sintetik hisobini yuritishga asos bo‘lib hisoblanadi.
Tovar-moddiy zaxiralar auditning muhim ob’ekti sanaladi. Auditor tuzilgan shartnomaga asosan tovar-moddiy zaxiralarni quyidagi ketma-ketlikda audit qiladi:

  • TMZlar qoldig‘i buxgalteriya hisobi ma’lumotlari orqali aniqlanadi;

  • TMZlarning haqiqiy qoldig‘i inventarizatsiya yo‘li orqali aniqlanadi;

  • TMZlarning sotib olish va balans qiymatining o‘zaro mosligi tekshiriladi;

  • TMZlar harakatining to‘g‘ri hujjatlashtirilganligi va buxgalteriya hisobi schyotlarida aniq aks ettirilganligi audit qilinadi;

  • ishlab chiqarish zaxiralarining tayyor mahsulot tannarxiga to‘g‘ri olib borilganligi tekshiriladi;

Ushbu korxonaning asosiy faoliyati gilam va gilam mahsulotlarini ishlab chiqarish bo`lib, TMZ lar hisobi 1000 – “Materiallarni hisobga oluvchi schyotlar”, 2800 “Tayyor mahsulotlarni hisobga oluvchi schyotlar”da olib boriladi. Korxonada tovar moddiy zaxiralari bo`yicha inventarizatsiya yilda 1 marta yil yakuni bo`yicha o`tkaziladi. Audit jarayonida korxona bo`yicha quyidagilar aniqlandi:
MChJ ma'lumotlariga ko'ra, 01.01.2022 yil holatiga ishlab chiqarish zaxiralar (1000 schet) 15 034 727,1 ming so'mni, shu jumladan, xomashyo materiallar 14966013,4 ming so‘m, inventarlar 55228,4 ming so‘m va boshqa materiallar 13485,3 ming so‘mni tashkil etdi. Moddiy javobgar shaxslar tomonidan tovarlar va materiallarni hisobga olish birlamchi hujjatlarga asoslanadi. Materiallarning kirimi yetkazib beruvchilarning schyot-fakturalari, bojxona deklaratsiyasi yoki ichki harakat uchun nakladnoylar asosida amalga oshiriladi. Ushbu hujjatlar to'g'ri rasmiylashtirilgan. Gilam mahsulotlari uchun xom ashyo sarfi rahbariyat tomonidan tasdiqlangan me'yorlar asosida amalga oshiriladi. Material hisobotlar bo'yicha ma'lumotlar buxgalteriya hisobi ma'lumotlariga mos keladi.
Tayyor mahsulotlar bo`yicha 01.01.2022 ga qoldiq 21 680 511.2 ming sumni tashkil qilgan va bu ko`rsatkichlar material hisobot ma`lumotlariga mos keladi.

Yüklə 162,52 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə