8. Pul mablagʻlari xarakati bilan bogʻliq muomalalar auditining uslubi



Yüklə 162,52 Kb.
səhifə7/22
tarix20.07.2023
ölçüsü162,52 Kb.
#119730
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   22
hisobot Tayyor (2)

5-jadval
ASIA CARPET TEXTILE MChJ da tovar moddiy zaxiralar qoldig‘ini tekshirish natijalari
(ming so‘m)



Ko‘rsatkichlar

Buxgalteriya ma’lumoti bo‘yicha

Auditorlik ma’lumoti bo‘yicha

Farqi

(+;-)

1.

xom ashyo materiallari

14966013,4

14966013,4

0

2.

Inventarlar

55228,4

55228,4

0

3.

boshqa materiallar

13485,3

13485,3

0

4.

Ishlab chiqarish zaxiralari jami

15034727,1

15034727,1

0

5.

Tayyor mahsulot

21680511,2

21680511,2

0

Yuqorida keltirilgan ma’lumotlar buxgalteriya hisobi schyotlaridagi ma’lumotlar bilan taqqoslanganda tafovutlar aniqlanmadi. ASIA CARPET TEXTILE MChJ da tovar moddiy zaxiralar bo`yicha qilingan buxgalteriya yozuvlari hamda summalari to`liq va to`g`ri hujjatlashtirilgan va amaldagi tartib-qoidalarga to`liq mos keladi.



  1. Mahsulot (ish, xizmat)lar ishlab chiqarish, tannarx hisoblash va sotish bilan bogʻliq muomalalar auditining uslubiy muammolari

Korxonalar moliyaviy-xo‘jalik faoliyatining yana bir muhim ko‘rsatkichi bo‘lib xarajatlar hisoblanadi. Ushbu ko‘rsatkichning mohiyati, tasnifi va tavsifi, tan olinishi, schyotlar tizimi va ular bo‘yicha buxgalteriya yozuvlari ushbu bobning oxirida keltirilgan me’yoriy hujjatlarda, shu jumladan, «Mahsulot (ish, xizmat)larni ishlab chiqarish va sotish xarajatlari hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish to‘g‘risida Nizom» da, atroflicha ochib berilgan.
Ishlab chiqarish xarajatlari — korxonaning mahsulot ishlab chiqarish maqsadlarida, iqtisodiy resurslar sotib olish uchun qilgan pul sarflari. Firma oʻz faoliyatini bozordan moddiy resurslar, yaʼni asbob-uskuna, dastgohlar, transport va aloqa vositalari, xom-ashyo, yoqilgʻi, har xil materiallarni, mehnat bozoridan ishchi kuchini sotib olishdan boshlaydi. Shunga muvofiq holda ishlab chiqarish xarajatlari tarkibiga xom-ashyo, asosiy va yordamchi materiallar, yonilgʻi va energiya xarajatlari, asosiy kapital amortizatsiyasi, ish haqi va ijtimoiy sugʻurtaga ajratmalar, foiz toʻlovlari va b. xarajatlar kiradi. Ishlab chiqarish xarajatlariga qilingan barcha xarajatlarning puldagi ifodasi mahsulot tannarxini tashkil qiladi.
TANNARX, mahsulot tannarxi — korxonaning maqsulot ishlab chiqarish va uni sotish hamda ishlar bajarish yoki xizmatlar koʻrsatish uchun qilgan jami joriy xarajatlarining pul shaklidagi ifodasi. Tovar ishlab chiqarishda tannarxning muhim elementlari — chetdan olinadigan xom-ashyo, asosiy materiallar, elektr-energiya resurslari chiqimlari; asosiy va qoʻshimcha ish haqi; ijtimoiy sugʻurta ajratmalari; amortizatsiya ajratmalari va b. sarf xarajatlar.
Gilam ishlab chiqarishning texnologik xususiyatlari tayyor mahsulotni ishlab chiqarish xarajatlari va, mos ravishda, tannarxini shakllantirishga bevosita taʼsir qiladi. Gilam mahsulotlari tannarxini tashkil qiluvchi asosiy xarajat moddalari boʻlib quyidagilar hisoblanadi.

Yüklə 162,52 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə