2-mavzu. Davlat qarzi nazariyasi


-rasm. Richard Masgreyvning Fiskal ishlari vazirligi



Yüklə 0,62 Mb.
səhifə2/34
tarix29.11.2023
ölçüsü0,62 Mb.
#141880
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34
2-mavzu. Davlat qarzi nazariyasi

-rasm. Richard Masgreyvning Fiskal ishlari vazirligi.

DQBning vazifasi – byudjet siyosatining klassik funktsiyasi. Bu bo‘lim jamiyatning ayrim guruhlariga “moddiy yordam” ko‘rsatadi. Bu bo‘lim ham RTB kabi soliqlar yig‘adi, ammo ularni ijtimoiy ne’matlarni ishlab chiqarish xarajatlariga emas, balki ishsizlik bo‘yicha nafaqalarga, biznesmenlar uchun qarz puliga va xususiy sektor uchun boshqa transfertlarga aylantiradi. To‘liq bandlikda yana bir karra davlat sektorini tark etgan resurslar hajmi xususiy sektorga qaytarilgan resurslar hajmiga teng bo‘lishi, ya’ni soliqlar transfertlarga teng bo‘lishi lozim. DQB byudjet saldosi hamisha nolga teng va pul qarzlariga xojat yo‘q. Demak, daromadlarni qayta taqsimlashda ham qarz paydo bo‘lmaydi4.


IBB vazifasi yuqoridagi bo‘limlarning vazifalariga batamom o‘xshamaydi. Bozor iqtisodiyoti, agar u nazorat qilinmasa, bandlik va narxlarda ancha-muncha tebranishlarni keltirib chiqarishi mumkin. IBB qiyofasida Fiskal ishlari vazirligi resurslarni maksimal yuklashga va barqaror narxlarni qaror toptirishga intiladi. IBB kompensatsion (qoplama) moliyani boshqaradi. Kompensatsion moliyaning faoliyat tartib-qoidalari ancha sodda:

  • Agar ishsizlik (majburan) ustun bo‘lgan hollarda, IBB xarajatlarni va u bilan birgalikda jami talabni ham shunday oshiradiki, amalda mahsulot ishlab chiqarish shu inflyatsiya sharoitida maksimal bandlikni ta’minlaydigan potentsial mahsulot ishlab chiqarishga baravarlashadi5.

  • Agar inflyatsiya ustunlik qilsa, unda IBB amalda mahsulot chiqarish o‘sib borayotgan narxlarda emas, balki joriy narxlarda hisoblanishi uchun jami talabni qisqartiradi.

  • Agar to‘liq bandlik va narx barqarorligi ustun bo‘lsa, unda IBB byudjet mablag‘larini ishsizlik va inflyatsiya o‘sishiga yo‘l qo‘ymaydigan tarzda sarflaydi.

Kompensatsion moliya to‘g‘risidagi masala birinchi marta 1930-yillarda, jahon chuqur va davomli iqtisodiy depressiyaga uchragan paytlarda paydo bo‘ldi. O‘sha davrdan boshlab bu masala Fiskal ishlari vazirligi kun tartibidan tushgani yo‘q. IBB o‘z byudjetini quyidagi tartibda rejalashtiradi:

  • RTB va DQBning rejadagi xarajatlari jamlanadi.

  • Potentsial mahsulot ishlab chiqarish va uni muvozanatlaydigan jami talab hisoblab chiqiladi.

  • Jami talab RTB va DQBning rejadagi xarajatlari bilan qiyoslanadi, ular o‘rtasida tafovutlar aniqlangan hollarda byudjetga soliqlarni yoki transfertlarni qoplaydigan (o‘rnini to‘ldiradigan) qo‘shimcha mablag‘lar kiritiladi.

Xuddi shu kompensatsiya IBB byudjetidir. Agar iqtisodiyotni “jonlantirish” zarur bo‘lsa, byudjetda transfertlar ko‘proq bo‘ladi va jami talab potentsial mahsulot chiqarishga yaqinlashadi, bandlik ko‘tariladi. Agar iqtisodiyotni “pasaytirish” lozim bo‘lsa, byudjetda soliq ko‘proq bo‘ladi va jami talab qisqaradi. Inflyatsiya susayadi. Barqarorlashtirish jihatidan soliqlarning roli – inflyatsiyani, transfertlarning roli – deflyatsiyani bartaraf etishdan iborat.
Barqarorlashtirish funktsiyasining o‘zi IBB byudjetining muvozanatlangan bo‘lishini istisno qiladi. Bu byudjet istalgan paytda yo soliqlarni yoki transfertlarni ishga soladi, ammo hech qachon ularning har ikkalasini birgalikda qo‘llamaydi. U hamma vaqt yo profitsitli (soliqlar yig‘ilgan) yoki defitsitli (transfertlar to‘langan). Masgreyv modelida Fiskal ishlari vazirligi vazifalari bir-biridan “xitoy devori” bilan ajratilgan. IBBning qoplama to‘lov bo‘yicha qarorlari resurslarni taqsimlash va daromadlarni qayta taqsimlash proportsiyalariga ta’sir ko‘rsatmaydi. IBB o‘z byudjeti profitsitli bo‘lgan holda RTB va DQBga soliqlarni qisqartirish yoki xarajatlarni ko‘paytirish haqida, defitsitli bo‘lgan holda soliqlarni oshirish yoki xarajatlarni qisqartirish haqida buyruq bera olmaydi. Profitsit profitsitligicha qoladi, defitsit esa qarzlar hisobiga moliyalashtiriladi. Masgreyv modelida byudjet siyosatining yagona funktsiyasi – bu barqarorlashtirish funktsiyasidir. Xuddi shu siyosat defitsitni va u bilan birga qarzni ham yuzaga keltiradi.
RTB, DQB va IBB byudjetlarini tuzish yakunlanganidan keyin ular Fiskal ishlari vazirligining yagona byudjetiga birlashtiriladi. Yig‘ma byudjet saldosi soliqlar bilan xarajatlar hamda transfertlar summasi o‘rtasidagi ayirmaga teng. IBBning barqarorlashtirish ustamasi RTB va DQB byudjetlaridagi o‘zgarishlar bilan muvozanatlanmagani sababli yig‘ma byudjet yo profitsitga yoki defitsitga olib keladi.
Masgreyv modelidan shunday xulosaga kelish mumkinki, olimlar, makroiqtisodchilar va davlat arboblarining qarz masalasiga katta e’tibori byudjetning barqarorlashtirish funktsiyasi bilan izohlanadi. Davlat moliyasining uzoq muddatli barqarorligini ta’minlash ham shu funktsiya doirasiga kiradi. Davlatning qarz hisobga moliyalashtirishga jazm qilishining boshqa sabablari ham bor. Qo‘llanmada shular haqida ham so‘z boradi.

Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə