2-mavzu. Davlat qarzi nazariyasi


Savollar Klassiklarning javoblari



Yüklə 0,62 Mb.
səhifə5/34
tarix29.11.2023
ölçüsü0,62 Mb.
#141880
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34
2-mavzu. Davlat qarzi nazariyasi

Savollar

Klassiklarning javoblari

Yangi iqtisodchilar”ning javoblari

Qarzning paydo bo‘lishi kelajak avlodlar uchun qarz yuki paydo bo‘lishini bildiradimi?

Ha, qarz paydo bo‘lishi bilan qarz yuki kelajak avlodlar zimmasiga o‘tadi.

Qarzning paydo bo‘lishi qarz yukini kelajak avlodga biron-bir tarzda o‘tkazishni nazarda tutmaydi.

Davlat qarzi bilan xususiy qarz o‘rtasida o‘xshashlik bormi?

Ha, ammo xususiy qarz “ma’qulroq”, chunki xususiy xarajatlar davlat xarajatlariga qaraganda unumliroq foydalaniladi.

Barcha muhim jihatlardan xususiy qarzga o‘xshatish xatodir.

Ichki va tashqi qarz o‘rtasida farq bormi?

Yo‘q, ularning har ikkalasi ham milliy boylikni qisqartiradi.

Aniq va muhim farqlari bor.

Qarz to‘g‘risida uch savolga “yangi iqtisodchilar” bergan javoblarni batafsilroq ko‘rib o‘tamiz. Qarzning paydo bo‘lishi kelajak avlodlar uchun qarz yukining paydo bo‘lishini bildiradimi? Qarzning vujudga kelishi vaqtga ko‘ra qarzga olingan xarid qobiliyati hisobiga resurslarni foydali ishlatish davri bilan mos tushadi, ya’ni bu qarz xususiy foydalanishdan qanday resurslarga olinganligi darajasiga bog‘liq, jami boy berilgan naf, foyda hozir qarz olingan vaqtda yashab turganlar zimmasiga tushadi. Qarzlar ham hozir yashayotganlar uchun boy berilgan foydani yuzaga keltiradigan soliqlardan farq qilmaydi.


Agar biz kelajak avlodlar to‘g‘risida qayg‘uradigan bo‘lsak, qarz olishning ikki yurishli operatsiya ekanligini eslashimizga to‘g‘ri keladi. Resurslar hozir xususiy sektordan olib qo‘yiladi, so‘ngra u yoqqa qaytariladi. Soliqlar esa bir yurishli – hozir va to‘g‘ri davlat hazinasiga (g‘aznasiga). Hozirgi qarzlardan kelajak avlodlarga da’volar va davlat oldidagi majburiyatlar qoladi. Kelajak avlodlar, qarzga xizmat ko‘rsatish mumkin bo‘lishi uchun, soliqlar to‘lashi lozim, davlat esa ularga foizlar va qarzni uzish summasini to‘lashi lozim. Davlat bir turfa fuqarolardan soliqlarni yig‘ib, so‘ngra uni boshqa turfa fuqarolarga beradi. Da’vo-talablar majburiyatlarga teng bo‘lgani sababli (juda bo‘lmaganda ichki qarzlar holatida) keyingi avlodlar uchun sof soliq yuki paydo bo‘lmaydi. Axir ichki qarz “o‘zimizdan o‘zimiz qarzdor”ligimizni anglatadi-ku. Kelajak avlodlar iqtisodiyotda ixtilofsiz, ruhiy zarbalarsiz va tangliklarsiz, hech qanday real jabr ko‘rmaydilar. Qarz olish mohiyatiga ko‘ra soliqlarning bir shakli va ko‘p hollarda ideal shakl. “Milliy qarz avlodlar uchun yuk bo‘lmaydi, – deb yozgan edi Lerner, – Agar avlodlar qarzni to‘lashlari lozim bo‘lsa, uni oluvchilar ham to‘lovlar paytida yashab turgan xuddi shu avlodlar bo‘ladi”9.
Davlat qarzi bilan xususiy, individual qarzlar o‘rtasida o‘xshashlik bormi? Agar davlat moliyasini xususiya moliya bilan baravar qo‘yadigan bo‘lsak, bunday o‘xshashlik yuzaga kelishi mumkin: har qanday individ qarzini qaytarish uchun o‘zining kelajak iste’molini qisqartirishi lozim bo‘lgani kabi davlat defitsit moliyalashtirish davrida yig‘ilib qolgan o‘z qarzlarini uzishga qurbi etishi uchun kelajak avlod ham pasaygan turmush darajasiga chidashi lozim.
Ammo davlt moliyasi shaxsiy moliyaga, ayniqsa ichki qarz masalasida umuman o‘xshamaydi. Xususiy qarz oluvchi uchun foizlar real yuk, chunki uning jamg‘armasi va/yoki iste’moli qisqaradi, qarzga olingan xarid qobiliyati kreditorga qaytarilishi lozim. Bu ma’noda xususiy qarz davlatning tashqi qarziga o‘xshaydi. Ammo, agar davlat qarzi ichki bo‘lsa, unda kreditorlar soliq to‘lovchilar kabi shu mamlakat fuqarolari, shu mamlakatda istiqomat qiladilar. Shu sababli hech qanday real daromad sof holda mamlakatdan chiqib ketmaydi. Xususiy qarz oluvchi o‘zi kutgan daromadni ongli holda “garovlaydi”, o‘z xarajatlari bo‘yicha to‘lovlar yukini keyinga surib, o‘ziga qarashli pul oqimining muddat tuzilmasini o‘zgartiradi. So‘ngra u qarz pulga moliyalanadigan xarajatlarni o‘ylab qiladi, bankrot bo‘lmasligi uchun, ehtiyotkorlikni unutmaydi.
Ammo bunday mulohazalarning davlatning ichki qarzlariga aloqasi yo‘q. Byudjet mablag‘lari hisobiga puli to‘langan jami resurslar dastlab ichki iqtisodiyotdan keladi (olinadi) va keyinchalik emas, hozir ishlatiladi, boshlang‘ich real yukni kelajakka surishning iloji yo‘q. Ijtimoiy pul oqimining vaqtga bog‘liq shakli-tamoyili o‘zgarmaydi. Shu sababli davlatdan xususiy qarz oluvchi kabi o‘z xarajatlarida ehtiyotkor bo‘lishni kutishning foydasi yo‘q. Ichki qarzning qanchalik katta bo‘lishiga qaramay, davlatning bankrotlikka uchrashi ehtimoli nolga yaqin.
Qarzning miqdori ahamiyatga ega emas, chunki qarz – bu da’vo (talab) va majburiyatlar birligidir. Kreditorlar daromad va davlat aktivlariga talabgorlik qiladilar, davlat esa ularga foizlar to‘lash hamda qarz summasini qaytarish (uzish) majburiyatini oladi. Kreditorlar soliq to‘lovchilar bilan bir mamlakatda yashar ekanlar, ularning da’vogorligi miqdor jihatidan qarzga xizmat ko‘rsatish va uni uzish uchun davlat undiradigan soliqlarga teng bo‘lishi lozim. Xususiy shaxslarning qarzlari – bu faqat majburiyatlar, xolos. Ularning daromadiga va aktivlariga umidvorlar esa boshqa mamlakatlarda yashaydilar.
Ichki qarz bilan tashqi qarz o‘rtasida farqlar bormi? Tashqi qarz masalasida klassiklarning qarashlari deyarli butunlay to‘g‘ri. Qarz yuki kelajakka suriladi, chunki rezidentlar qarz paydo bo‘ladigan paytda sof holda hech narsa yo‘qotmaydilar. Milliy daromaddan norezidentlarga to‘lanadigan foizlar yuk hisoblanadi. Kelajak avlodga bu to‘lovlarning ekvivalenti nasib etmaydi. Qarzni qaytarish summasi ham norezidentlarga tegadi. Demak, shu summaga teng mamlakat resurslari chet mamlakatga chiqib ketadi. Xususiy qarz bilan o‘xshashligi to‘g‘ri. Davlatning tashqi qarzi fiskal mas’uliyatsizlikka ishora bo‘lishi mumkin. Shu sababli muvozanatlangan byudjet qoidasini byudjet xarajatlari soliqlar va ichki qarz summasiga teng bo‘lishi lozim degan qoida bilan almashtirish lozim.
Byukenen bayonida “yangi ortodoksiya” – keynschilik qarz nazariyasi ana shunday. Bu nazariyada ko‘proq Lerner qarashlari o‘z ifodasini topgan. Byukenen Lernerning “The Burden of the National Debt” (“Milliy qarz yuki”) asarini “yangi ortodoksiya”ning standart modeli deb ataydi va o‘zining “Public Principles of Public Debt. A Defence and Restatement” (“Ijtimoiy printsiplar va jamiyat qarzi. Himoya va takrorlar”) kitobida “yangi iqtisodchilar”ga qarshi chiqdi. “Ushbu kitobda men jamiyat qarzi haqidagi vulgar (klassik) kontseptsiya o‘z asosiga ko‘ra chin va umuman maqbul yagona kontseptsiya ekanligini ko‘rsatishga harakat qildim. Hozirgi davrda ko‘pchilik iqtisodchilar tomonidan qabul qilingan jamiyat qarzi nazariyasi yanglishuvdir”10.
Byukenen gapni “yangi iqtisodchilar”ni, birinchi navbatda amerikalik hamkasblarini intellektual ildizlarni unutganlikda ayblashdan boshlaydi. Masalan, klassiklar xususiy qarzlar masalasida “noto‘g‘ri o‘xshatish”ga befarq qaramaganlar, ular bu yondashuvni o‘rganib va batafsil tahlildan keyin uni rad etganlar. Rikardo qarz yukini qanday talqin etgan edi? Dastlabki yuk hozirgi avlod zimmasiga tushadi va davlat tomonidan jalb etilgan resurslardan foydalanilgan paytdan boshlab yuzaga keladi11. Foiz to‘lovlari bu shunchaki vatandoshlarning biri ikkinchisiga beradigan pul o‘tkazmalari xolos. “Umuman olganda, hozir ortodoksalcha deb nomlangan dalil-isbotlar XIX asr boshlarida ijod qilgan ko‘pchilik mualliflar tomonidan to‘liq va aniq e’tirof etilgan. Uni kimlardir qabul qildi, kimlardir rad etdi”11.
So‘ngra Byukenen “yangi iqtisodchilar”ning uch masalaga javoblarini tahlil qiladi, klassiklar izidan borib bandlik – to‘liq, qarzga olingan mablag‘lar inflyatsiyani yumshatish yoki kuchaytirishi uchun emas, balki real maqsadlar yo‘lida ishlatilishi, byudjet xarajatlari kam bo‘lgani sababli foiz darajasiga va boshqa narxlarga ta’sir ko‘rsatmasligi, davlat qimmatli qog‘ozlarini sotib olish uchun mablag‘lar xususiy kapital jamg‘armasidan olinishi mumkin deb hisoblaydi. Byukenen uch masala bo‘yicha “yangi iqtisodchilar” bilan tamoman kelishmaydi va “yangi ortodoksiya”ning g‘oyat xato ekanligini bayon etadi. “Yangi iqtisodchilar”ning javoblariga u shunday munosabat bildiradi:

  • “Yagona ma’noda qarzning dastlabki real yuki kelajak avlod zimmasiga tushishi lozim, shu ma’noda bu kontseptsiya muhim ahamiyat kasb etadi...”.

  • Qarz yukini kelajak avlod zimmasiga o‘tishini rad etadigan rikardocha ekvivalentlik “uning o‘z ta’limoti doirasi”dagina to‘g‘ridir, lekin uning faraz-taxminlari “xaddan tashqari cheklangan”.

  • “Davlat qarzi va xususiy qarz o‘rtasida o‘xshashlik saqlanib qoladi”.

  • “Haqiqatning mag‘zi shundaki, barcha asosiy jihatlar bo‘yicha olganda ichki qarz va tashqi qarz bir xil”12.

Byukenen davlat qarzi va xususiy qarzning o‘zaro munosabati to‘g‘risidagi masalada “yangi iqtisodchilar”ning xatolarini metodologik xato deb hisoblagan. Ular muqobil vaziyatlarni tadqiq etmadilar, ya’ni boshqa hamma shartlar o‘zgarmas bo‘lganda qarz bo‘lgan holat bilan qarz olinmagan holatni qiyosladilar, xolos. Shu sababli foiz xarajatlari ichki transfert sifatida talqin qilingan. Natijada to‘langan soliqlarni muvozanatlaydigan miqdor qarz mablag‘lar hisobiga moliyalashtirilgan davlat investitsiyalaridan kelgan real daromad emas, balki kreditorlar olgan foizlar bo‘lib chiqadi. Bunday yondashuvda davlat qarzi xususiy qarzning analogi (o‘xshashi) bo‘lmay qoladi. Axir xususiy qarz bo‘yicha foizlar to‘lash – ichki transfert emas (o‘ng qo‘l chap qo‘lga to‘laydi), balki pulni qarzdordan alohida bo‘lgan shaxsga berish.
Davlat qarzi va xususiy qarz munosabati to‘g‘risidagi masalaga to‘g‘ri javob ikkala holda ham qarz olish, boshqa har qanday bozor kelishuvlariga o‘xshab, o‘zaro manfaatli bitishuv ekanligini e’tirof etishdan boshlanadi. Qarz oluvchi qarz olingan paytdan resurslar ustidan nazoratni qo‘lga kiritadi, kreditor esa bu nazoratni kelajakda oladi. Foizlarni – puldan foydalanganlik uchun to‘lov deb hisoblaydilar. Puldan foydalanganlik uchun hozir to‘lanadigan haqiqiy to‘lov kelajakda berilishi lozim bo‘lgan pullardir. Unda foizlar – foiz stavkasida konvertirlangan (aylantirib hisoblangan) ikki pul summasi o‘rtasidagi farq bo‘lib chiqadi. Boshqacha aytganda, foizlar to‘lovi ikki kapital summani ularning joriy qiymatlariga (qiyoslanadigan kattaliklarga) keltirish uchun zarur, chunki resurslar real daromad ishlab chiqarish uchun vaqtning turli davrlarida ishlatilishi mumkin.
Byukenenning bunday hujumkorona qarashlari ilmiy muhitda o‘ziga xos aks sado berdi. Uning ko‘pgina tarafdorlari paydo bo‘ldi, ammo shunga qaramay, “yolg‘iz otning changi chiqmas, changi chiqsa ham dong‘i chiqmas” deganlaridek, uning ovozi “hech kim quloq solmagan gap”ni eslatar edi. “Mohiyat e’tibori bilan bu fikrlar qarzning soxta keynschilik tahlili uzoq muddatga dafn etgan va Byukenen tomonidan qayta kashf etilgan, ammo o‘jar iqtisodchi kasbi hazm qila olmagan klassik talqini edi”13 deb yozadi Charlz Rouli.
Byukenenning “umumiy qarz nazariyasi” muallifligiga da’vogarligini qo‘llab-quvvatlaganlar ko‘pchilikni tashkil etmadi. Ammo shunga qaramay Byukenenning kitobi qarzni klassik nazariy marralarda turib tadqiq etgan eng yaxshi asar bo‘lib qoldi.

Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə