2-mavzu. Davlat qarzi nazariyasi


Saylovchilar nakazi va fiskal aldanishlar



Yüklə 0,62 Mb.
səhifə26/34
tarix29.11.2023
ölçüsü0,62 Mb.
#141880
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   34
2-mavzu. Davlat qarzi nazariyasi

Saylovchilar nakazi va fiskal aldanishlar
Qarzlarning maqbulligini asoslaydigan yana bir dalil ham Masgreyv modeli doirasidan chetga chiqadi. U jamoatchilik tanlovi nazariyasi bilan bog‘liq. Bu nazariya 1950-yillarda davlat moliyasi fanidan ajralib chiqqan. Uning paydo bo‘lishida Byukenen va Gordon Tullokning xizmatlari bor. Bu nazariya byudjet jarayonini siyosatchilar davlat xarajatlarini moliyalashtirishning har xil variantlarini taklif etib, saylovchilar ovozi uchun o‘zaro kurashda raqobatlashadigan bozorga aylantiradi. Oqil saylovchilar soliqlar va qarzlarning o‘z hamyonlariga ta’sirini oldindan baholab, faqat o‘zlarining “g‘arazli”, “tamagir” manfaatlarini hisobga oladigan variantlarni “sotib oladilar” (ovozlari uchun).
Ha, soliqlar va qarzlar mening hamyonimni puchaytiradi, deya fikr yuritadi o‘rtacha saylovchi, ammo men soliq to‘lashga majburman, lekin davlatga qarz berishga qurbim yo‘q. Davlat qimmatli qog‘ozlarini sotib olish ixtiyoriy narsa. Men soliqlar o‘sishini davlat zulmi deb, qarz o‘sishini davlat bilan o‘zaro foydali bitishuv deb qabul qilaman. Shu sababli davlat o‘z xarajatlarini qarzlar hisobiga moliyalashtirishini yoqlayman, shu sababli mening niyatlarimni byudjetda ifoda etadigan siyosatchilarga ovoz beraman. O‘rtacha saylovchi nakazi demokratik institutlar orqali byudjet siyosatiga suqilib kiradi va xato qarorlar qiyofasini oladi – qarzni vaqtida olmaslik, keragidan ortiq qarz olish, “eb bitirish” uchun qarz olish va boshqalar. “Individual ratsionallik (ma’qullik)ning ijtimoiy qarorlarga ta’siri shubhasiz, – deb yozadi Byukenen, – agar individ davlat xarajatlaridan shaxsan o‘zi uchun biron-bir joriy nafni kutadigan bo‘lsa, hamisha qarz pulga moliyalashtirishni afzal deb biladi. Demokratik institutlarda mujassam bo‘lgan saylov jarayonlaridan, haqqoniylik mezonlari qanday bo‘lishidan qat’i nazar, to‘g‘ri qarorlar kutish mumkin emas”39.
Nima uchun “juda bo‘lmaganda biron-bir naf”ni kutish to‘g‘ri qarorlarni istisno qiladi? Chunki bu kutishlarga “juda bo‘lmaganda biron-bir” yo‘qotishlarni kutish qarshi turmaydi. Faqat nafni kutish, demak fiskal xom hayollariga asir bo‘lishni bildiradi. “Yakka saylovchining o‘zi naflar va chiqimlarni ob’ektiv qiyoslay olmaydi. Hatto qaror shahar kengashi kabi ideal shaklda qabul qilinganda ham uning iloji yo‘q. Agar kelajak soliqlarning tuzilmasi qarz emissiyasi paytida noaniq bo‘lsa fiskal aldanishlari yanada kuchayadi”40. O‘rtacha saylovchining qarzlar – bu kechiktirilgan soliqlar ekanligiga va davlat qimmatli qog‘ozlarini sotib olish kelajakda soliqlarning ko‘tarilishini keltirib chiqarishiga aqli etishi ehtimoldan uzoq. Aqli etganda ham soliqlar to‘g‘risida to‘liq axborot bo‘lmagani sababli naflar bilan qiyoslash uchun soliq yukini to‘g‘ri hisoblay olmaydi. O‘rtacha saylovchi soliq yukini pasaytirishga moyil. Fiskal aldanish – xom hayollarining yana bir manbai soliqlar tuzilmasining murakkabligidir. Shu sababli soliq to‘lovchilar soliq yukini, birinchi navbatda narxlarda yashiringan egri soliqlarni muntazam to‘g‘ri baholay olmaydilar.
Hukmron siyosatchilar o‘zlarining qayta saylanish imkoniyatlarini oshirish uchun byudjetni haddan tashqari defitsit bilan qabul qilishlari mumkin. Byudjet amalda bajariladigan bo‘lsa, xarajatlar haddan tashqari ko‘payib ketadi, agar saylovchilar byudjetda yashiringan soliq yukini aniq bilganlarida, uni rad etgan bo‘lar edilar. Siyosatchilar uchun saylovchilar ovozi – qarzlar foydasiga salmoqli dalil hisoblanadi. Siyosatchilar fiskal aldovlari iskanjasida qolgan saylovchilarga to‘la erk berib qo‘yganda “sog‘lom moliya” doirasidan chetga chiqadilar. “Sog‘lom moliya”ning haqiqiy dushmani – hukmdorlar va fuqarolarning befarqligidir, afsuski, bu hol boshqarishning barcha shakllarida ko‘p uchraydi” deb yozgan edi Bastebl o‘z davrida.

Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə