2-mavzu. Ishlab chiqarish jarayoni va uning natijalari reja



Yüklə 0,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/15
tarix09.02.2022
ölçüsü0,51 Mb.
#83615
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
2.1-MAVZU BO`YICHA TAYANCH KONSPEKT

Mehnat  unumdorligi 

deb  ishchi 

kuchining vaqt birligi mobaynida mahsulot yaratish qobiliyatiga aytiladi va ishlab 

chiqarilgan  mahsulotning  (iste’mol  qiymatining)  sarflangan  mehnat  miqdoriga 

nisbati bilan belgilanadi. Sarflangan mehnat miqdori esa ishlangan vaqt bilan, kishi 

kuni,  kishi  soati  va  h.k.  bilan  belgilanadi.  Agar  mehnat  unumdorligini  MU, 

mahsulotni M bilan, sarflangan ish vaqtini V bilan belgilasak, mehnat unumdorligi 

quyidagicha aniqlanadi: 



V

М

МU

.  



Mehnat unumdorligi sarflangan jonli mehnatning har bir birligi evaziga ya’ni 

kishi kuni, kishi soati hisobiga ishlab chiqarilgan mahsulot miqdori bilan aniqlanadi. 

Samaradorlikni  aniqlashda  kapital  unumdorligi  degan  ko’rsatkichdan  ham 

foydalaniladi  va  unda  ishlab  chiqarishda  qatnashgan  kapitalning  har  bir  birligi 

evaziga  olingan  mahsulot,  daromad  yoki  foyda  bilan  aniqlanadi.  Agar  kapital 

unumdorligini  –  KU  deb,  ishlab  chiqarishda  qatnashgan  kapital  miqdorini  –  K, 

mahsulotni – M, yalpi daromadni – YaD bilan, foydani – F bilan belgilasak quyidagi 

formulalar hosil bo’ladi: 



К

М

КU

;  



 

К

YaД

КU



 

 

К



F

КU



Samaradorlikni aniqlashda bu ko’rsatkichlardan tashqari mahsulotning mehnat 

sig’imi, material sig’imi, energiya sig’imi degan ko’rsatkichlar ham qo’llanilib, ular 

ishlab  chiqarilayotgan  mahsulotning  har  bir  birligini  yaratish  uchun  ketgan,  yoki 

ishlab  chiqarish  uchun  zarur  bo’lgan  mehnat,  energiya  va  moddiy  ashyolar 

miqdorini ifodalaydi. 

Bu  ko’rsatkichlarning  har  biri  ishlab  chiqarishda  qatnashgan  turli  omillar 

samaradorligini ifodalab, bir-biri bilan chambarchars bog’liq va bir-birini to’ldiradi. 

Ishlab chiqarish samaradorligini oshirish uchun unga ta’sir qiladigan omillarni 

ham bilish zarurdir. Ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga bir qancha omillar 

ta’sir qiladi: 




1. Ilmiy-texnik taraqqiyotni tezlashtirish va uning natijalarini tezlik bilan ishlab 

chiqarishda qo’llash. 

2. 

Ishlab 


chiqarishni 

ratsional 

joylashtirish, 

ixtisoslashtirish 

va 

kooperatsiyalash. 



3.  Iqtisodiyotning  tarkibiy  qismlarini  va  uning  tashkiliy  bo’g’inlarini 

o’zgartirish. 

4. Ishlab chiqaruvchilarni rag’batlantirish va ularning faolligini oshirish. 

5.  Mavjud  tabiiy,  moddiy  va  mehnat  resurslaridan  oqilona,  tejab-tergab 

foydalanish, yangi, arzon, sifatli xomashyo va energiya turlarini, ekinlarning yangi 

hosildor navlarini, chorva mollarining mahsuldor zotlarini topib ishlab chiqarishga 

joriy qilish. 

6.  Kishilarning  bilim  saviyasini,  malakasini  oshirish,  yetuk  ishchi  va 



mutaxassislar tayyorlash. 

 

Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə