2-mavzu: jahon media va axborot makonida raqobat muhiti. Reja: Bosma va ommaviy axborot vositalari. Aholining axborotga bo`lgan ehtiyoji



Yüklə 182,06 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/4
tarix28.11.2023
ölçüsü182,06 Kb.
#135443
1   2   3   4
2-mavzu jahon media va axborot makonida raqobat muhiti. Reja B

«MySpace» bu nima? 
Kiberxavfsizlik bo‘yicha mustaqil ekspert Tomas Uayt 
MySpace ijtimoiy tarmog‘i foydalanuvchilari akkauntlarining 427 milliondan ortiq 
paroldan iborat ma'lumotlar bazasini chop etdi. Ma'lumotlar hajmi 14 GBdan 
ortiqni tashkil qiladi. Tadqiqotchi foydalanuvchilarga ularning profillari o‘tgan yili 
xakerlar hujumidan zarar ko‘rganmi yoki yo‘q - tekshirishni taklif qiladi. 2016 
yilning may oyida yovuz niyatli kishilar ma'lumotlar bazasini 


internetning qora bozorida sotishga qaror qilishgan, shundan so‘ng MySpace 
ma'muriyati barcha parollarni tashladi. Manbaga ko‘ra, ijtimoiy tarmoq 
akkauntlarining ma'lumotlari hech qanday qiziqish uyg‘otmaydi, biroq 
foydalanuvchi barcha saytlarga nisbatan bitta parolni qo‘llagan bo‘lsa, bu ma'lumot 
tovlamachilarga boshqa servislarga ham kirish imkonini beradi. 
«MySpace» ijtimoiy tarmog‘i o‘z foydalanuvchilarining 12 yillik (2003—2015-
yillar) ma’lumotlarini yo‘qotib qo‘ydi. Bu haqda «Xaytek» yozmoqda. 
Ijtimoiy tarmoq 2015-yilgacha joylangan barcha audio, video va fotofayllaridan 
ayrildi. Taxminlarga ko‘ra, 14 million nafardan ortiq musiqachining 12 yil 
davomida joylangan 50 milliondan ziyod treklari yo‘qolgan. Bloger hamda 
«Kickstarter» sobiq texnik direktori Endi Bayo shuncha ulkan ma’lumotlar bazasi 
«tasodifan yo‘qolib qolishi» mumkinligiga shubha bilan qaramoqda. «MySpace» 
— musiqa ayirboshlashga ixtisoslashgan ommaviy ijtimoiy tarmoq. Shu tarmoq 
«Arctic Monkeys» guruhini va qo‘shiqchi Adelni jahonga tanitgan. «MySpace» 
2006-yili AQShda hatto «Google»dan ham mashhur edi, biroq hozir Okeanortida 
«kuchli mingtalik»ka ham kirmaydi. 
Yoshlar o’z qarashlarini bayon etishda yoki fikr-mulohazalarini tasdiqlashda 
mediadan foydalanadi. Medialar fuqarolik jamiyati xususidagi bahsmunozaralar 
uchun faol maydoncha vazifasini o’taydi. Ular “partisipatsiya” xodisasini, ya’ni 
shaxslar va hamjamiyatlarning, deylik, ijtimoiy tarmoqlar orqali, turli fuqarolik 
aksiyalari va munozaralarida birgalikda ishtirok etishini yuzaga keltiradi. 
An’anaviy medialarda odatda kattalarning fikri ustunlik qiladi, shu bois yoshlar 
virtual makonda o’z qarashlarini bayon etishni afzal biladi. O’zini jamiyatning faol 
a’zosi deb his etish yoshlarda fuqarolik pozitsiyasini shakllantirishga yordam 
beradi. YOsh jurnalist muayyan mediaresurs ustida ishlar ekan, o’z auditoriyasida 
faol ijtimoiy pozitsiyani shakllantirishga, shu orqali fuqarolarning ijtimoiy 
faolligini oshirishga xizmat qilishi kerakligini tushunishi zarur. Xabardorligi yuqori 
bo’lgan insonlar qarorlar qabul qilish hamda jamiyat hayotida ishtirok etishga 
yaxshiroq tayyor bo’ladi. Bola huquqlari to’g’risidagi xalqaro Konvensiya bolalar 
va yoshlarning turli kanallar orqali o’z qarashlarini bayon etish, axborot izlash va 
olish huquqlarini kafolatlaydi. Shu bilan birga, ularning yoshlar uchun 
yaratilayotgan imkoniyatlardan xabardorligini oshirish, bunda jumladan, 


mediakontent imkoniyatlaridan foydalanish, ularga qarorlar qabul qilish hamda 
o’zlari ma’qullamaydigan fikrlarni inkor etishga yordam beradigan axborotni 
qayerdan va qanday olishni ko’rsatish ham muhim ahamiyatga ega. Medialar 
shuningdek, yoshlarga muhim bo’lgan axborotlarni izlab topishda hamda fuqarolar 
bahs-munozaralarida qatnashishi uchun imkoniyatlar yaratishda yordam berishi 
kerak. O’z fikrini aniq bayon etish, uni asoslab bera olish, voqea va hodisalarni 
turli nuqtai nazardan ko’rib chiqish malakasi –media savodxonligining muhim 
tarkibiy qismi bo’lib, undan OAVning turli kanallari uchun maqola tayyorlashda, 
videomaterialni e’lon qilishda, muhim masalalar yuzasidan ijtimoiy reklama 
tayyorlashda yoki bahs-munozaralarni tashkil etishda foydalanish mumkin. 
Masalan, o’quvchilar o’zi uchun ahamiyatli bo’lgan muammo yuzasidan ijtimoiy 
mediakampaniyaga qo’shilishi, kampaniya qanday kechayotganini kuzatib borishi 
mumkin. Bir vaqtning o’zida ular opponentlar uchun ma’qul bo’ladigan shaklda o’z 
nuqtai nazarini shakllantirishni ham o’rganib boradi. O’z fikrini bayon etish 
erkinligini cheklashga, faqat boshqa odamlarga ham o’z qarashlarini bildirish 
imkonini berish zarurati tug’ilgandagina yo’l qo’yiladi. Haqorat qilish, sha’nga 
tegish, nafrat kabilarni taqiqlovchi qonunlar ko’rinishidagi bunday cheklovlar turli 
suiste’mol qilish holatlarining oldini olish uchun juda zarur. 
Ular uchun “mashhur bo’lib ketish” o’zini namoyon etish, hamda shu orqali 
tor yoki keng doiradagi odamlar, aksariyat hollarda tarmoqlardan xalqaro miqyosda 
foydalanuvchilar qo’llab- quvvatlashi va e’tirofiga sazovor bo’lishdan iboratdir. 
YOshlar uchun mediadan foydalanish yaqqol ijtimoiy ma’noga egaligi bilan ajralib 
turadi. Ijtimoiy tarmoqlar orqali yoshlar ayni damda o’zidan olisda bo’lgan 
yaqinlari bilan muloqotda bo’lib turadi, yangi do’stlar orttiradi. Ular 


Internetda turli ijtimoiy rollarda o’zlarini sinab ko’rish imkoniyatiga ega. Uyatchan 
va kamgap inson tarmoqda ochiq va sergap bo’lib ketishi ham mumkin. Ammo 
interfaol muloqot orqali barcha ijtimoiy ko’nikmalarga ega bo’la olish mumkin 
emas. Shuning uchun yoshlarning real hayotda ham do’stlari bo’lishi juda muhim. 
Ko’plab yoshlar tarmoqdagi do’stlari bilan real hayotda ham uchrashib turadi. 
1.
Yoshlar va kommunikatsiyalarning mobilligi. Kommunikatsiyaning mobilligi 
deganda “ko’p kanallilik” tushuniladi. Yoshlar vaziyat va o’z ehtiyojlaridan kelib 
chiqib, turli-tuman media qurilma va kontentlardan foydalanadi. 
2.
Yoshlar media-resurs parcha(fragment)larini afzal ko’rishadi. Foydalanuvchilar 
ko’plab takliflar orasidan mediani tanlash imkoniyatiga ega, ya’ni: qaysi 
videoklipni ko’rish, qanday yangiliklarni ochish, qaysi ma’lumotlarga ishonish va 
h.k. Yoshlar turli manbalardan olingan axborot parchalarini yaxlit holatga keltiradi. 
Natijada esa parchalanish (fragmentatsiyalash) xavfi va umumiy manzaraning 
buzilishi ehtimoli yuzaga keladi. 
3.
Yoshlar mediakontentni do’stlariga tavsiya etadi. Ijtimoiy mediada har kim 
axborotning markaziy manbasiga, fikrlar filtri yoki baobro’ yetakchisiga aylanishi 
mumkin. Bunda axborot oqimlari kesishadigan markazga aylanish juda oson, 
chunki bu vositalardan barcha foydalana oladi. 
4.
Yoshlar parallel ravishda bir necha mediadan foydalanadi. Bir vaqtning o’zida 
medianing bir necha turi qo’llanilishi mumkin: yoshlar bir vaqtning o’zida radio 
tinglashi, jurnal o’qishi va Facebookda do’stlari bilan muloqot qilishi mumkin. 
5.
Yoshlarda har doim mediavositalar mavjud bo’ladi. Deyarli barcha o’smirlarning 
qo’lida har doim uyali telefon, planshet yoki mp3pleyer bo’ladi. Mobil Internet 
ijtimoiy tarmoqlar uchun yangidan-yangi imkoniyatlar eshiklarini ochib bermoqda. 
Makondagi joylashuvni o’rnatishga asoslangan ilovalardan foydalanish bunga 
yaqqol misol bo’la oladi. 

Yüklə 182,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə