Muhokamat ul-lug`atayn



Yüklə 23,84 Kb.
səhifə1/3
tarix28.11.2023
ölçüsü23,84 Kb.
#137991
  1   2   3
5-amaliy


5-AMALIY MASHG’ULOT
MUHOKAMAT UL-LUG`ATAYN” ASARINING TILSHUNOSLIKDAGI O`RNI
Reja:

  1. Navoiyning til(lar)ning kelib chiqishi, uning ijtimoiy mohiyati xususidagi qarashlari.

  2. “Muhokamatul-lug`atayn” asarida til va tafakkur, til va nutq hamda mazmun hamda shakl masalalari.

  3. Alisher Navoiy tilshunoslikning leksik uslubiyat va komprativistikasohalari asoschisidir.

  4. “Muhokamatul-lug`atayn” asarining ilmiy-tarixiy ahamiyati.

Tayanch tushunchalar : til masalasi, jonli so’zlashuv tili, tafakkur va til,imkoniyat va voqelik, umumiylik va xususiylik, shakl va mazmun, stilistika, komprativistika.
«MUHOKAMAT-UL-LUG’ATAYN» ASARI
Alisher Navoiy «CHor devon», «Xamsa», «Mahbub-ul qulub», «Majolis-un nafois», «Mezon-ul avzon» kabi asarlari bilan o’zbek adabiy tilini praktik jihatdan isbotlagan bo’lsa, «Muhokamat-ul lug’atayn» asarida uni nazariy jihatdan tushuntirib berdi. SHu jihatdan uning mazkur asari zo’r ilmiy qimmatga egadir. «Muhokamat-ul lug’atayn» Navoiy hayotining so’nggi yillarida yozilgandir, ya’ni hijriy 905, melodiy 1499 yilda yozilgan.
Asarda turkiy (o’zbek) til bilan sort (fors-tojik) tilini muholsa qiladi. Asar muallifi haqidagi kirish so’zidan boshlanadi. Bunda avvalo tilning mazmuni, shakli haqida gapirib, uning birligini, ya’ni til shakl, mazmun jihatdan bir bo’lgandagina o’z vazifasini o’tay olishligini aytadi. So’ng inson tilining vazifasi haqida so’zlab, bunda arab tilining ahamiyatiga alohida e’tibor beradi. So’ngra tilning kelib chiqishi haqida fikr yuritadi. Bu sohada Navoiy zamonasida hukmron bo’lgan islom oxolostikasiga asoslanadi. SHunga ko’ra uning fikrlarida ilmiy haqiqatdan ko’ra afsona kuchliroq seziladi. Tillarning kelib chiqishini Nuh payg’ambarning umumjahon to’fonida yolg’iz qolishi va tillarning manbaini uning o’g’illari YAfas, Xom, Som nomlari bilan bog’laydi.
Navoiyning bu qarashi qadimgi grek falsafasida ham, Islom falsafiy-tarixiy asarlarida ham keng tarqalgan edi. Navoiy esa ulardan unumli foydalangan. SHundan keyin turklarning kelib chiqishi, turkiy tilning xususiyatlari, uning sort (tojik) tili bilan munosabati, ba’zi o’rinlarda turkiy tilning orqalligi haqida fikr yuritadi. Buning isboti sifatida turkiy tildagi sinonim, omonimlarning taraqqiy topganligini keltiradi. Umuman, Navoiyning mazkur asarida olg’a surilgan asosiy g’oyalar quyidagilardan iboratdir:
1. O’zbek tilini fors-tojik tili bilan chog’ishtirib, uning fors tilidan qolishmasligini ko’rsatib, o’zbek tilida asarlar yozishga boshqalarni ham chaqiradi.
2. Navoiy ikki tilni chog’ishtirar ekan, o’zbek tili lug’at boyligining ustunligini ko’rsatdi. Asarda 100 ta fe’l keltirilib analiz qilinadi, shuningdek, o’zbek tilining boshqa leksik qatlamlarida, ya’ni qushchilik, chorvachilik, kiyim-kechakka oid ko’pgina so’zlarning rivoj topganligini isbotlab beradi. SHuning uchun ham turkiy tilni u xazina deb ataydi. Lekin bu xazinaning atrofini, Navoiy tili bilan aytganda, «ilonlar» va «tikonlar» o’rab olgan. Navoiy ana shu so’zlarni «ilon va tikonlar»dan tozalab o’z asarida qo’llar hamda bu ishga boshqalarni ham chaqiradi.
3. Ikki tilni qiyoslar ekan, Navoiy o’zbek tilining so’z yasalish borasida ustun ekanligini namoyish qildi. Bunda -chi va -vul affikslarining so’z yasash roli, ayniksa, buyuk ekanligini ko’rsatadi.
4. Grammatik formalarning hosil qilinishida -sh, -t, -l
Affikslarining ahamiyati haqida ham qimmatli ma’lumot beradi. Masalan, Birgalik nisbat hosil qiluvchi affiks haqida shunday deydi: Ammā kүlmitrәk kalimātni adā qыlalы: arab tiliniң sarfiy istilāhinың abvābida bir bābdirki, aңa mufāala bābы ot quyupturlarki lafz bir mazkur bolur, ammā ikki kishi fe’liga mushtamildirki (o’z ichiga oluvchi), bir nav’ vāqea bolg’ay. Andaqki, «muāzara»(munozaralashish, tortishish, qarshi kelish) va «mushāarā (she’r aytishish)», «muqābal»(qarshi kelish) va «muhākama» (gaplashish) va kulmey bābdur va munda azim vafāid (foydali) hāsil. Va fārsigo’ylar muncha fasāhat va balāg’at da’vāsы bilә bu fāydadыn mahrum. Ammā tүrk bulag’asы va fāydag’a maarruh qilibdurlar va masdarg’a bir ish harfi ilhāq qыlmaq bilә ul maqsudnы tapыbdurlar. Andaqki, «chapыshmaq» va «tapыshmaq» va «quchushmaq» va «opushmaq» va bu shoe lafzdur (A.Navoiy.Tanlangan asarlar. 14-tom. ‘, 1967y, 116-bet)
Z.O’zbek tilining tarixiy fonetikasiga doir qimmatli fikrlar mavjud: vov harfining to’rt xil (undosh bilan besh xil) talaffuz qilinishi, yoyning uch xil (i,i,e) talaffuz qilinishi haqida fikr yuritadi.
5. Omonimlar haqida shunday deydi:
«Va kөk lafzыnы ham necha ma’ni bilә iste’māl qыlurlar. Biri kөk-āsmānnы derlәr. Yana kөk āhangdur. YAna kөk tegrәdә kөklәmdүr. Yana kөk qadag’nы derlәr, yana kөk sabza va olangnы dag’ы derlәr» va h.o.
6. O’zbek tilining yuqoridagi imkoniyatlarini isbotlashda Navoiy fors-tojik tilini hech vaqt kamsitmaydi, balki unga xhrmat bilan qaraydi.
«Muhokamatul-lug’atayn»da Navoiyning dialogik karashlari o’zining yorqin ifodasini topgan. Navoiy til masalalariga tilshunos sifatida emas, balki adabiyotshunos sifatida yondoshgan. Bu asari bilan o’zbek adabiy tilini nazariy jihatdan ishlab chiqish zarur ekanligani o’rtaga tashlab, bu masalani hal qilmasdan turib, adabiy tilni yaratish va uni rivojlantirish masalasi bilan shug’ullanish mushkul ekanini ta’kidlaydi. SHu jihatdan «Muhokamatul lug’atayn» o’zbek adabiy tilining balog’atga stishida va etishtirishida uning keyingi taraqqiyotida muhim ahamiyatga molik bo’ldi.


Yüklə 23,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə