2-Mavzu: Maktabgacha ta’limda menejment faoliyati turi va boshqaruv tizimi



Yüklə 230 Kb.
səhifə5/6
tarix23.12.2023
ölçüsü230 Kb.
#156023
1   2   3   4   5   6
2-Mavzu Maktabgacha ta’limda menejment faoliyati turi va boshqa

Obyektivlik prinsipi. Ushbu umumilmiy prinsip bilish jarayonini dialektik-materialistik talqin qilish bilan bog'liqdir. Obyektiv mavjud bo'lgan borliqni to'g'ri yoki taxminan to'g'ri aks ettiruvchi ilmiy bilimning obyektivligini tan olish uning o'zagini tashkil etadi. Haqiqat bilimlarning mohiyatidan iboratdir, ular bilimni anglovchi kishining irodasi va istaklariga bog'liq bo'lmaydi. Ammo ayni vaqtda obyektiv sifatlar, aloqalar va tashqi dunyoning munosabatlari bilim subyektining ongida in'ikos etib, uning bilish predmetiga aylanadi, undan muayyan xulosalar chiqariladi, u yoki bu munosabat shakllantiriladi.
Maktabgacha ta'lim muassasalarida ta'lim jarayoni sifati va samaradorligini takomillashtirishga nisbatan bu prinsipni amalga oshirish quyidagilarni taqozo etadi:

  • ta'lim jarayoni sifatini belgilovchi muhim xususiyatlarni muvaqqat omillar tufayli paydo bo'ladigan nomuhim xususiyatlardan ajratish va buning natijasi sifatida boshqaruv ta'sirlarining to'g'ri yo'nalishini tanlash;

  • ta'lim jarayonini uning miqdoriy va sifat tavsiflari birligida tadqiq qilish;

  • ta'lim jarayoni sifati va uning natijalarini ularni keltirib chiqargan aniq tashqi va ichki holatlar kontekstida ko'rib chiqish;

  • informativlik, obyektivlik va ishonchlilik talablariga javob beruvchi nazorat-baholash vositalaridan foydalanish.


O'zaro hamjihatlik prinsipi. Amal qilish shart- sharoitlaridan qat'iy nazar, har qanday pedagogik holat o'zicha, o'z qobig'iga o'ralgan holatda emas, balki faqat o'rab turgan borliqdagi boshqa jarayonlar bilan o'zaro hamjihatlik asosidagina mavjud bo'ladi. Hamjihatlik har qanday tuzilma elementlari aloqasining usuli, uning o'zgaruvchanligi va barqarorligining asosi hisoblanadi, shu sababli u yoki bu obyektning mohiyatiga kirib borish zarurati uni pedagogik faoliyatning boshqa holatlari bilan turli munosabatlar orqali ko'rib chiqishni taqozo etadi. U yoki bu obyektlar o'zaro hamjihatligining vositalarini bila turib, ularning istalgan paytdagi holatini prognoz (bashorat) qilish mumkin.
Maktabgacha ta'lim muassasalarida ta'lim jarayoni sifati va samaradorligini takomillashtirish doirasida o'zaro hamjihatlik prinsipi quyidagilarni nazarda tutishi kerak:

  • ta'lim jarayoni holati, uning natijalari va ularni keltirib chiqargan tashqi va ichki omillar o'rtasidagi sabab-oqibat aloqalarini aniqlash va shundan kelib chiqqan holda, ularning kelgusi o'zgarishlarini bashorat qilish; maktabgacha ta'lim jarayoni sifatini loyihalashtirishning asosi sifatida tahlil va bashorat qilish natijalaridan foydalanish;

  • maktabgacha ta'lim jarayoni sifatini xususiyatlarning yig'indisi (integral va oddiy) sifatida ko'rib chiqish, ularning o'zaro hamjihatligining mexanizmini ochib berish;

  • sifatni takomillashtirishni uning protsessual va natijadorlik qismlarining o'zaro bog'liqligida tadqiq qilish;

  • sifatni boshqarish jarayonining tuzilmaviy-funksional qismlari o'rtasida zarur aloqalarni o'rnatish;

  • boshqaruvning tashkiliy tuzilmasini chiziqli-funksional va asosiy tuzilmaviy birliklarni uyg'unlashtirish prinsiplarida qurish; pedagogik faoliyatni amalga oshirishda xodimlar o'rtasida o'zaro aloqalarni o'rnatish.



Yüklə 230 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə