12
fitna bostirildi. Fitnani uyushtiruvchilar qamoqqa olindi. M.S. Gorbachyov
Prezidentlik lavozimiga qaytib keldi. Biroq mamlakatdagi siyosiy vaziyat tang
ahvolga tushib qoldi. Markaziy hokimiyat falaj bo‘lib qoldi. Sovet Ittifoqi
Kommunistik partiyasi ham halokatga uchradi.
I.A. Karimov favqulodda holat davlat qo‘mitasi faoliyatiga o‘z munosabatini
bildirmagan, qo‘rqoq va prinsipsiz mavqeda turgan KPSS Markaziy Qo‘mitasi
Siyosiy Byurosi va Kotibiyati yuz minglab kommunistlarning sha’ni va qadr-
qimmatini zarba ostiga qo‘yganini qoraladi. Buning ustiga respublika
kommunistlarini chalg‘itishga va davlat to‘ntarishini qo‘llab-quvvatlashga majbur
qilishga urinish bo‘lganini oshkora aytdi. I.A. Karimov bundan keyin KPSS
Markaziy Qo‘mitasi Siyosiy Byurosining tarkibida qola olmasligi to‘g‘risida
bayonot berdi. Mazkur Bayonotni O‘zbekiston Kompartiyasi MQ byurosi va
Markaziy nazorat komissiyasi rayosati ma’qulladi.
1991-yil 25-avgustda O‘zbekiston Prezidentining maxsus farmoni e’lon
qilindi. Farmonga binoan Respublika ichki ishlar vazirligi va Davlat xavfsizlik
qo‘mitasi O‘zbekiston SSRning qonuniy tasarrufiga olindi. Respublika hududida
joylashgan SSSR ichki ishlar vazirligining ichki qo‘shinlari bevosita O‘zbekiston
Prezidentiga bo‘ysundirildi. Respublika ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizligi
qo‘mitasi, prokuraturasi va adliya organlari, shuningdek, respublika hududida
joylashgan ichki qo‘shinlar, Turkiston harbiy okrugi qismlari va qo‘shilmalari
Dostları ilə paylaş: