7
O‘zbekiston SSR davlat hududi chegarasi daxlsiz va bu hudud xalqning
muhokamasiga qo‘yilmay turib o‘zgartirilishi mumkin emas.
SSSR
Oliy
Soveti
qabul
qiladigan
qarorlar
O‘zbekiston
SSR
Konstitutsiyasiga muvofiq O‘zbekiston SSR Oliy Kengashi tomonidan
tasdiqlangandan keyingina O‘zbekiston hududida kuchga ega bo‘ladi.
O‘zbekiston SSR davlat hokimiyati vakolatiga O‘zbekiston SSR ichki va
tashqi siyosatiga tegishli barcha masalalar kiradi. O‘zbekiston SSR xalqaro
huquqning asosiy prinsiplarini tan oladi, hurmat qiladi va hokazo.
Mustaqillik Deklaratsiyasining qabul qilinishi mamlakatimizning tom
ma’nodagi haqiqiy mustaqillikka erishish yo‘lida muhim ahamiyatga ega bo‘ldi.
Shundan e’tiboran mamlakatimizning siyosiy, iqtisodiy va ma’naviy hayotiga doir
masalalar mustaqil tarzda hal etila boshlandi.
O‘zbekistonning mustaqillik sari intilayotgani uning yangi Ittifoq
shartnomasini ishlab chiqish jarayoniga respublika manfaati nuqtayi nazaridan
kelib chiqqan holda, qat’iylik bilan yondashayotganida yaqqol namoyon bo‘ldi.
Sobiq Ittifoqqa kiruvchi respublikalar rasman teng va suveren deb yuritilsa-
da, amalda qaram edilar. Ular o‘z yerlari, suvlari, o‘rmonlari va yer osti
boyliklariga, ko‘pdan ko‘p korxonalariga o‘zlari egalik qilolmas edilar.
XX asrning 80-yillarning oxirlari – 90-yillarning boshlarida ko‘pchilik
respublikalar mavjud vaziyatni o‘zgartirish talablarini ilgari sura boshladilar.
O‘zbekiston Respublikasining rahbari I.A. Karimov 1989-yil 20-sentabrda
Moskvada bo‘lib o‘tgan KPSS MQ plenumida so‘zlagan nutqida respublikalar
bilan Ittifoq o‘rtasidagi vakolatlarni aniq-ravshan ajratib qo‘yishni ko‘zda
tutadigan yangi shartnoma ishlab chiqish zarurligi to‘g‘risidagi o‘z fikrini mana
bunday bildirgan:
Dostları ilə paylaş: