3
o‘zgartirish to‘g‘risidagi Qonun (1988-yil dekabri) ning qabul qilinishi ham
jamiyat a’zolari ijtimoiy faolligini oshirishda ma’lum ahamiyat kasb etdi. Biroq
Ittifoqda tub demokratik o‘zgarishlarni amalga oshirish, boshlangan islohotlarni
oxiriga etkazish mumkin bo‘lmadi. Bu ikki sabab bilan izohlanadi. Birinchidan,
qayta qurishning aniq, izchil, ilmiy jihatdan puxta ishlab chiqilgan dasturi yo‘q edi.
Ikkinchidan, partiya rahbarlari bundan manfaatdor emasdilar.
Qayta qurishni amalga oshirishdagi qarama – qarshilik va noizchilliklar
natijasida 80-yillarning oxiri – 90-yillarning boshidan mamlakat hayotining barcha
sohalarida bo‘hronlar kuchayib ketdi. Qayta qurish sobiq SSSRda to‘planib qolgan
muammolarni to‘la hal etishga xizmat qilmadi.
XX asrning 80 – 90-yillarda sovet hokimiyati tomonidan mavjud turg‘unlik
holatidan chiqish, shuningdek, sobiq ittifoqdosh respublikalarning mustaqillik
yo‘lidagi harakatlarini bartaraf etish, sobiq SSSRda yuzaga kelgan inqirozli
harakatlar sabablarini ittifoqdosh respublikalardan qidirish, ularni ayblash uchun
turli nayranglar, «siyosiy o‘yinlar» o‘ylab chiqdilar.
1983-yilning oxirida O‘zbekistonda juda og‘ir vaziyat vujudga kelgan edi.
Respublikada jinoyatchilikka qarshi kurashish niqobi ostida SSSR Bosh prokurori
xuzurida alohida muhim ishlar bo‘yicha maxsus 12 kishilik tergovchilar guruhi
tuzilib, O‘zSSRga yuboriladi. Ular O‘zSSRda paxta tayyorlash va uni qayta ishlash
bilan bog‘liq jarayonlardagi «qo‘shib yozish», «o‘g‘irlik», «ko‘zbo‘yamachilik»,
«poraxo‘rlik»ni (aslida bunday moliyaviy jinoyatlar va qing‘irliklar butun SSSR
hududidagi iqtisodiyotda chuqur ildiz otib kelgan edi) tergov qilish bilan
shug‘ullandilar. Buning natijasida
Dostları ilə paylaş: