2-Mavzu: O'simliklarda suv almashinuvi fiziologiyasi reja



Yüklə 74,85 Kb.
səhifə10/28
tarix25.01.2023
ölçüsü74,85 Kb.
#99304
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   28
2-mavzu (1)

Xloroplastlardagi suv. Ma'lumki, hujayra plastidalari uning boshqa organoidlari bilan o'zaro ta'sirda bo'lsada, ko'proq darajada erkin (avtonom)dir, ya'ni sitoplazma plastidalar uchun ularning ko'payishi, o'sishi va bir avloddan ikkinchi avlodga berilishida ichki muhit bo'lib xizmat qiladi.
Xloroplastlarning avtonomligi ularning ikkita membranalardan iborat qobiq bilan o'ralganligi va o'ziga xos genomga ega ekanligi bilan ifodalanadi. Xloroplatlarning o'z genomiga egaligi esa ularga hujayra ichida maxsus ko'payish imkonini beradi. Masalan, qurg'oqchilik ta'sirida dukkakli o'simliklarning barglaridagi suvning miqdori 48% ga kamaygani holda, ular xloroplastlari tarkibidagi suv 21% atrofida kamaygan xolos.
Binobarin xloroplastlarning suv rejimi ham mustaqildir. Shuningdek barglardagi normal suv rejimida ham xloroplastlarning surish kuchi anchagina yuqori bo'ladi. Xloroplastlardagi suvning harakatchanligi haroratning ko'tarilishi bilan kam o'zgaradi, ya'ni xloroplastlardagi suv o'zi joylashgan hujayradagiga nisbatan turg'unroqdir.


HUJAYRANING SO'RISH KUCHI. SUVNING SHIMILISHI VA HARAKATI
Tashqi muhitdan hujayraga suvning kirishi hujayraning kolloid va osmotik xususiyatlaridan kelib chiqadi. Masalan, quruq urug' tuproqdan suvni shimib bo'rtadi, hajmi kattalashadi. Urug' mag'zida zahira moddalar ya'ni oqsillar, kraxmal hamda yog'larning mavjudligi urug'ning suvni katta kuch bilan tortishiga (~100 MPa) olib keladi, natijada esa urug' qobig'i yoriladi. Ildizcha va boshqa embrional qismlarning shakllanishi natijasida vakuolali hujayralar paydo bo'la boshlaydi. Shu paytdan boshlab suvning so'rilishida osmotik bosim asosiy kuch bo'lib hisoblanadi. Hujayraga suvni kirish kuchiga hujayraning so'rish kuchi deyiladi. So'rish kuchi hujayraning osmotik bosimiga to'g'ri proportsionaldir, ya'ni:
S = π - R
bu erda; hujayraning so'rish kuchi; P- osmotik bosim; R- turgor bosim.
Binobarin, to'la plazmoliz holatidagi hujayra, osmotik bosimga teng kuch bilan suvni so'radi. Chunki bunday holatda R=O ga bo'ladi. Avval aytib o'tganimizdek ayrim xollarda S>P bo'lishi mumkin. Bu hol ko'pchilik yosh o'simliklar hujayralariga xos bo'lib o'simlikga suv etishmaganda plazmoliz kuzatilmaydi. Bunda vakuolaning suvsizlanishi natijasida protoplastning hajmi kichrayadi, biroq qobiqdan ajralmasdan uni o'zi bilan torta boshlaydi.
Tashqaridan kuzatilganda bu hujayra sirtida to'lqinsimon egilish hosil bo'ladi. Ushbu hodisani sitorriz deyiladi.
O'simlik tanasida suv doimiy ravishda uzluksiz almashinib turadi va bu jarayonni suv rejimi deyiladi. U uch bosqichdan iborat:
1. Ildizlarning suv shimishi;
2. Shimilgan suvning o'simlik tanasi bo'ylab harakati va organlarga taqsimlanishi;
3. Suvning barglar orqali bug'lanishi, ya'ni transpirasiyasi.
Yuqoridagi uchta holat faqatgina yuksak o'simliklargagina xosdir. Tuban o'simliklar, masalan, bakteriyalar, tuban zamburug'lar, ko'pgina suv o'tlari va lishayniklar suvni atmosfera havosidan olishi mumkin. Bunda ularning bo'rtish ko'rsatkichlari ortadi. Masalan, iste'mol qilsa bo'ladigan zamburug'lar va moxlar o'zlarining quruq muhitdagi og'irliklariga nisbatan 10 baravar ko'p suv saqlashlari mumkin.
Barg poyali o'simliklar esa suv bug'lantirishdan kutikulalari yordamida himoyalanadilar. Kutikulalar barglar va poyalar yuzasidan suv yo'qotishga qanchalik qarshilik qilsalar, namgarchilik sharoitida shunchalik darajada suv yutilishiga ham qarshilik qiladilar.

Yüklə 74,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə