2-Mavzu: O'simliklarda suv almashinuvi fiziologiyasi reja


TASHQI MUHIT OMILLARINING SUVNING SO'RILISHIGA TA'SIRI



Yüklə 74,85 Kb.
səhifə14/28
tarix25.01.2023
ölçüsü74,85 Kb.
#99304
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   28
2-mavzu (1)

TASHQI MUHIT OMILLARINING SUVNING SO'RILISHIGA TA'SIRI
O'simliklarga suvning so'rilishi bir qancha ichki va tashqi omillarga bog'liqdir. Biz bulardan ayrimlarini sanab o'tishimiz mumkin.
Haroratning ta'siri. U kuchli ta'sir etuvchi omillardan biri. Masalan, tuproq harorati pasaysa ildizdagi fiziologik-biokimyoviy jarayonlarning buzilishi sababli ildiz suvni sekin so'ra boshlaydi. Haroratning keskin pasayishi o'simlikning so'lib kolishiga olib keladi. Past haroratda protoplazmaning qovushqoqligi oshadi. So'liganda, barg og'izchasi yopiladi, transpiratsiya va fotosintez pasayadi. Haroratning muqobillashishi, o'simlikning avvalgi holatiga qaytishiga olib keladi.
Kislorodning ta'siri. Protoplazmada suvni harakatlanishi uchun energiya zarur. Ushbu energiya nafas olish jarayonida hosil bo'ladi. Zich va qatqaloqli tuproqlarda o'simlik yaxshi o'smasligi ma'lum. Chunki , bunday sharoitda kislorod etishmaydi, ildizlarning nafas olishi sekinlashadi, ayrim hollarda esa batamom to'xtaydi. Shuning bilan birgalikda ildiz hujayralarida ayrim spirtlar, organik kislotalar va uglevodlar to'plana boshlaydi. Buning natijasida protoplazmaning osmotik xususiyati o'zgaradi.
Tuproq eritmasining pH darajasi va tuzlar miqdorining ta'siri. Ushbu hollarning o'simliklar ildizlariga suvni so'rilishi va uning harakatga kelishiga ta'siri juda kattadir. Chunki, ildiz shirasining kontsetrasiyasi tuproq eritmasi kontsentratsiyasidan yuqori bo'lgandagina suv ildizlarga so'rilishi mumkin. Agarda tuproq eritmasining kontsentrasiyasi o'simlik ildizlari hujayralari shirasidan katta bo'lsa yuqoridagi holatning teskarisi bo'lishi mumkin. Shuning uchun ham sho'r tuproqlarda faqat galofit o'simliklargina o'sa oladi.
Shuningdek, tuproq eritmasining pH juda past, kislotali bo'lsa, masalan, pH 2-3 bo'lsa ildizlar suvni shima olmaydi. Ildizlarning suv so'rishi neytral darajada birmuncha oshib ishqoriy muhitda esa suv o'zlashtirilishi kuchayadi.

TRANSPIRATSIYA VA ULARNING FIZIOLOGIK AHAMIYATI

Yüklə 74,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə