2-mavzu: Rivojlantiruvchi va tanqidiy fikrlashga yo‘naltirilgan texnologiyalar



Yüklə 9,76 Kb.
səhifə2/2
tarix23.12.2023
ölçüsü9,76 Kb.
#155534
1   2
2-mavzu Rivojlantiruvchi va tanqidiy fikrlashga yo‘naltirilgan -fayllar.org

Guruhlarda ishlash

Ishbilarmonlik o‘yini


Galereya


“SWOT” tahlil


Rezyume


Tanqidiy fikrlashning rivojlanish muhitini yaratish

Tanqidiy fikrlashni rivojlantirish oson ish emas. Bu muayyan yosh davrida tugallangan va esdan chiqarilgan vazifa ham emas. Shu bilan birga tanqidiy fikrlashga olib boradigan tugallangan yo‘l ham yo‘q.


Lekin tanqidiy fikrlovchilarning shakllanishiga yordam beruvchi muayyan o‘quv sharoitlari to‘plami mavjud. Uning uchun:
- talabalarga fikr yuritish uchun imkoniyat berish;
- turli-tuman g‘oya va fikrlarni qabul qilish;
- talabalarning o‘kuv jarayonidagi faolligini ta’minlash;
- talabalarni kulgiga qolmaslikka ishontirish kerak;
- har bir talabaning tanqidiy fikr yuritishga qodir ekanligiga o‘zlarida ishonch hissini uyg‘otish;
- tanqidiy fikrlashning yuzaga kelishini qadrlash lozim.
Shu munosabat bilan talabalar:
• o‘ziga ishonchni orttirish va o‘z fikri hamda g‘oyalarining qadrini tushunish;
• o‘quv jarayonida faol ishtirok etish;
• turlicha fikrlarni e’tibor bilan tinglash;
• o‘z hukmlarini shakllantirishga hamda undan qaytishga tayyor turishi lozim.
Vaqt. Tanqidiy fikrlash vaqt talab qiladi.
Pirson, Xansen, Gordon (1979)lar ta’kidlashadiki, o‘z fiklarini ijod qilish go‘yo avvalgi g‘oya, tasavvur, uchrashuvlar va tajribalarni arxeologik jihatdan tadqiq qilishga olib keladi. Shuning uchun ham:
• fikrlarini o‘z so‘zlari bilan ifodalash;
• o‘zaro tanqidiy fikrlar almashish;
• o‘z g‘oyalarini ifodalay olish va konstruktiv takliflarga javob ola bilish;
• fikrlarni muayyan g‘oyalar qiyofasida, qulay muhitda amalga oshira olish va o‘z g‘oyalarini to‘la va aniq ifodalay olish.
Izn. Tanqidiy fikrlashda erkinlik bo‘lishi uchun talabalar ma’qul va noma’qul narsalarni aytish, ular haqida fikrlash, ijod qilish uchun ruxsat olishlari lozim. Talabalar yo‘l qo‘yiladigan holatlarni anglab olishgach, tanqidiy tahlil qilishga faol kirishadilar.
Tanqidiy tahlilga izn olish onglilik tamoyiliga asoslanadi. Bunda tahlil va haddan oshish orasidagi farq aniqlab berilishi lozim. Tanqidiy fikrlashga izn fikrlash uchun chinakam maqsad bo‘lgan va do‘stona hamda samarali sharoitda beriladi.
Rang-baranglik. Talabalarning fikrlash jarayonida turli fikrlar va g‘oyalar paydo bo‘ladi.
Rang-barang fikr va g‘oyalar yakkayu-yagona javob mavjudligi haqidagi tasavvur bartaraf qilingan chog‘dagina yuzaga keladi. Fikrlarni ifoda qilish chegaralanganda talabalarning fikrlashiga chek qo‘yiladi. Faqat birgina javob mavjud bo‘lgan taqdirda xilma-xil vosita va jarayonlardan foydalanish joizki, uning yordamida talabalar ana shu javobni topa olsin.
Faollik. Tanqidiy fikrlash talabalarning faolligi bilan bevosita bog‘langan. Odatda, talabalar sustkash tinglovchilar bo‘lishadi, chunki ularda o‘qituvchi bilimli yoki matnda uning bu bilimlari aks etgan, shu tufayli ularning bilimlari o‘qituvchi mas’ul degan ishonch shakllanib qolgan. O‘quv jarayonidagi talabalarning faol ishtiroki va o‘qishlariga o‘zlarining mas’ul ekanligiga tayyorligi tanqidiy fikrlashda kutilgan natijalarni beradi. Talabalarni fikr yuritishga, o‘z g‘oyalari va fikrlari bilan o‘zaro o‘rtoqlashishga da’vat etish kabi pedagogik yondoshuv ularning faolligini o‘stiradi. Mixali Chikjentmixaliy (1975) ta’kidlaydiki, talabalar o‘sha murakkab darajadagi o‘quv jarayonida faol ishtirok etishsa, bilish jarayonida qatnashganligidan katta bahra oladilar va o‘zlarida chuqur qoniqish hissini sezadilar.
Tavakkalchilik Erkin fikrlilik tavakkalchilikka asoslanadi. Uning bilim faoliyatida qo‘rqmay tavakkal qiluvchi insonlarni rag‘batlantirib turish joizdir. Fikrlash jarayonida «ahmoqona g‘oyalar» aql bilan tuzilmagan birikma va tushunchalar ilgari surilgan holatlar ham bo‘lishi mumkin. O‘qituvchi uni o‘quv jarayonini tabiiy holati sifatida talabalarga tushuntirishi lozim. Talabalarni tavakkaldan holi bo‘lgan, ya’ni g‘oyalar qadrlangan, talabalarning fikrlash faoliyatida faol ishtirokini yuqori motivasiyalash imkoni bo‘lgan muhitda o‘ylash lozimligini ularda ishonch hosil qilish zarur.
Qadrlash. Tanqidiy fikrlashning omillaridan biri talabalarning fikrlash jarayonini qadrlashdir. Tashkil etilgan fikrlash jarayonida talabalar o‘z g‘oyalari, tasavvurlarining o‘qituvchi tomonidan qadrlanayotganini tushungan chog‘dagina chuqur mas’uliyat va e’tiborga yarasha javob qaytaradilar. Talabalar o‘z fikrlash jarayonini qadrlashni namoyish qilishga harakat qiladilar, unga va uning oqibatlariga nisbatan jiddiy munosabatda bo‘la boshlaydilar.
Qimmatlilik. Fikrlash jarayonini tashkil etish davomida talaba ularning fikrlari, o‘z tanqidiy tahlili natijalari qimmatli ekanligini ularning ongiga singdirish zarur. O‘qituvchi talabalardan muayyan materialni shunchaki qayta ishlashni talab qilganda tayyor qoliplardan, andozalardan holi bo‘lishi lozim. Bu esa talabalarda o‘zgalar g‘oyalarini mexanik tarzda qayta ishlab chiqish eng muhim va qimmatli ekanligiga ishonch hosil qilishga olib keladi. Aslida talabalarga o‘z fikri, o‘ziga taalluqli bo‘lgan g‘oya va tasavvurlar qimmatli ekanligini ko‘rsata olish zarur. Talabalarning o‘zlari ham o‘z fikrlarining qimmatbaho ekanligiga ishonch hosil qila olishlari zarur. Ular o‘z fikrining tushuncha va masalani muhokama qilish jarayonida o‘ta muhim, shuningdeq katta hissa bo‘lib hisoblanishini tan olishlari kerak.
O‘zaro fikr olishuv. Fikrlash jarayoni talabalarning o‘zaro fikr olishuvini ko‘zda tutadi. Talabalarning o‘zaro fikr olishishi ularning bir-biridan o‘rganishdagi o‘rtoqchiligiga asos soladi. Talabalardan fikrlovchi sifatida o‘zlarida bo‘lgan yirik fikr va oddiy xatoga bo‘lgan qobiliyatlarini boshqalarga ochib berish talab etiladi.
O‘zaro fikr olishishda talabalardan diqqat bilan tinglash, o‘zining qarashlar tizimini so‘zlovchiga zo‘rlab o‘tkazish va boshqa so‘zlovchilarni tuzatib turishdan o‘zini tiyib turishi ham talab etiladi. Bunga javoban talabalar boshqalarning yalpi fikrlaridan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

3.13-guruh.


http://fayllar.org
Yüklə 9,76 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə