2 Mavzu. Statistik kuzatish usuli reja statistik kuzatish, uning mohiyati va asosiy shakllari Statistik kuzatishning turlari va usullari



Yüklə 71,42 Kb.
səhifə6/7
tarix24.12.2023
ölçüsü71,42 Kb.
#157961
1   2   3   4   5   6   7
2-MAVZU (2)

Mavzu bo’yicha tayanch iboralar


Statistik kuzatish - ijtimoiy xayot hodisa va jarayonlar to’g’risidagi ma’lumotlarni muntazam ravishda, rejali, ilmiy asosda to’plash (yig’ish)dir.
Statistik kuzatishning ob’ekti (statistik to’plam) - kerakli ma’lumotlar to’planishi lozim bo’lgan ko’plab hodisa va jarayonlar majmui.
Kuzatish birliklari - to’plam elementlaridir.
To’plam belgisi - statistik kuzatishning har birligining xususiyatlarini ifodalovchi aniqlanishi (o’rganilishi) lozim bo’lgan miqdoriy tasvirini ko’rsatuvchi tushunchadir.
Sifat (atributiv) belgilar - hodisa va jarayonlarning mohiyatini ifodalovchi ko’plab tushunchalardan tashkil topgan belgilardir.
Miqdoriy belgilar - mohiyati son jihatdan ifodalanishi mumkin bo’lgan belgilardir.
Hisobot birligi - kuzatish birligi to’g’risida ma’lumotlar keladigan manbadir.
Hisobot - davlat statistika organlari belgilagan muddatda korxona va muassasalardan olib turadigan, oldindan tasdiqlangan shakldagi statistik kuzatish shaklidir.
YAlpi (to’liq) kuzatish - o’rganilayotgan to’plamning barcha birliklarini qamrab oluvchi statistik kuzatish turidir.
Qisman kuzatish - o’rganilayotgan to’plamni faqat bir qismi qamrab oladigan statistik kuzatish turidir.
Tanlab kuzatish - tasodifiy usulda ajratilgan to’plam birliklarining qismining kuzatilishidir.
Asosiy massivni kuzatish - o’rganilayotgan to’plam birliklarining eng muhim belgilarini qamrab oladigan qisman kuzatishdir.
Monografik kuzatish - maxsus xususiyatlarga ega bo’lgan qandaydir to’plam aloxida birliklarini chuqurroq va har tomonlama o’rganish imkonini beruvchi qisman kuzatishdir.
Bevosita kuzatish - o’rganiladigan hodisalar belgilarini qayd qiluvchilar tomonidan o’lchash, sanash, qarab chiqish natijasida aniqlashdir.
Xujjatli kuzatish - ma’lumotlar manbai sifatida turli xujjatlardan foydalanishga asoslangan kuzatishdir.

Yüklə 71,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə