2-Mavzu: Umumiy psixologiya fanining tadqiqot metodlari. Reja


Psixologiya va ilmiy texnik taraqqiyot



Yüklə 30,71 Kb.
səhifə7/9
tarix23.12.2023
ölçüsü30,71 Kb.
#157156
1   2   3   4   5   6   7   8   9
2-ma\'ruza

Psixologiya va ilmiy texnik taraqqiyot.
XX asr ishlab chiqarishning, texnikaning yangi-yangi turlari, aloqa vositalarining juda tez o’sganligi bilan, elektronika, avtomatikadan foydalanila boshlanganligi, transportning yangi, tovushdan tez turlarini uzlashtirilganligi bilan xarakterlanadi. Bularning hammasi inson psixikasiga juda katta talablar qo’yadi. Hozirgi zamon sanoati, transportida va harbiy ishlarda psixologik faktorlarni, ya’ni kishining imkoniyatlari, bilish jarayonlari – idroki, xotirasi, tafakkurini, shaxsning o’ziga xos xususiyatlari – xarakteritemperamenti, reaktsiyalarining tezligi va boshqalarni hisobga olishga to’g’ri keladi.
Tovushdan tez hozirgi zamon samolyotlarida, ulkan elektrosistemalarning operativ-dispetcherlik uchastkalarida ishlovchi kishilar juda kichik vaqt ichida tez qarorga kelishiga to’g’ri keladi, aks xolda avariyalarga sabab bo’lishi mumkin. Ana shunday murakkab sharoitda ishlay olish uchun kishilarda imkoniyat bor-yo’qligini, ularning shu ishga yaroqli yoki yaroqsiz ekanligini aniqlashda psixologiya fani oldiga muhim talablar qo’yiladi. Injenerlar psixologiyasi kishi bilan texnika o’rtasidagi munosabatni o’rganuvchi fan bo’lib, u texnikaning ko’pgina sohalari, bionika, kibernetika bilan mahkam bog’langandir (gomeostat).
Masalaning yana bir alohida tomoni ham borki, u ham bo‘lsa, texnika taraqqiyotga intilayotgan bir vaqtda murakkab texnika va mashinalar bilan aloqa qilayotgan shaxs faoliyatini yanada m ukammallashtirish va uning imkoniyatlariga moslash masalasi ham ana shu hamkorlikda hal qilinishi lozim bo‘lgan masaladir. Ayniqsa, mustaqil O‘zbekiston uchun murakkab zamonaviy texnika sir-asrorlarini biladigan, uning jam iyat va fan ravnaqiga xizmatini ta’minlash qanchalik dolzarb bo‘lsa, ana shu texnikaga har bir oddiy fuqaro ongi, tafakkuri va qobiliyatlarini mos qilish va „odam -mashina“ dialogining eng samarali yo‘llarini izlab topishi juda muhim. Texnika bilan bemalol „tillashadigan“ malakali mutaxassislar tayyorlash borasida ham texnika fanlari, pedagogika va psixoiogiya fanlari metodlaridan foydalana olsagina, muvaffaqiyatga erishadi. Injenerlik psixologiyasi kishi bilan texnika o‘rtasidagi munosabatni o ‘rganuvchi fan b o ‘lib, u texnikaning ko‘pgina sohalari, bionika, kibernetika bilan uzviy bog‘langandir. Ta’kidlash joizki, Respublikamizda bu sohaga ham keyingi yillarda qiziqish ancha ortdi. Shu boisdan bir qator yosh, iqtidorli mutaxassislar injenerlik psixologiyasi yo‘nalishida ilmiy tadqiqot ishlarini olib bormoqdalar.

Yüklə 30,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə