2-Mavzu: Yerda hayotning paydo bo’lishi hamda rivojlanishi


Hayotning mohiyati to‘g‘risidagi masalaning hozirgi holati



Yüklə 43,1 Kb.
səhifə2/10
tarix19.12.2023
ölçüsü43,1 Kb.
#152021
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
2 Yerda hayotning paydo bulishi hamda rivojlanishi

Hayotning mohiyati to‘g‘risidagi masalaning hozirgi holati

Keyingi 50 yil ichida biokimyo, biofizika, genetika, biotexnologiya va biologiya fanlari sohasida erishilgan katta yutuqlar tufayli hayotning mohiyatiga berilgan baho va hayotning paydo bo‘lishi muammosi turli ixtisoslikdagi olimlarni o‘ziga jalb qildi.
Keyingi yillarda biosintez (oqsil biosintezi) va irsiy belgilarni avloddan-avlodga o‘tishda nuklein kislotalarning juda katta ahamiyati borligi aniqlandi. Shu munosabat bilan F.Engels XIX asrdagi fan yutuqlarini falsafiy umumlashtirish asosida hayotga bergan bahosiga aniqlik kiritish va hozirgi zamon fan yutuqlari bilan boyitish lozimligi to‘g‘risida fikrlar paydo bo‘ldi. Adabiyotlarda bu sohada ilmiy munozaralar boshlandi. Bu munozaralarda Engelsning yuqoridagi ta’rifi atrofda uch xil fikr paydo bo‘ldi:
1. Bir gruppa biolog olimlar mazkur ta’rif o‘z kuchini batamom saqlab qoladi, ammo bunda “Oqsil jismlar” deganda oqsilning hozirgi zamondagi mazmunini tushunmoq kerak, deb hisoblaydilar. Bunda oqsillar 30 ga yaqin aminokislotalardan tuzilganligi, oqsilni organizmdagi ahamiyati (transport, qurilish materiallari, energiya manbai, ximoya) tushunilishi lozim.
2. Bu olimlar-matematiklar, biokimyogarlar, genetiklar yuqoridagi fikrga qarama-qarshi bo‘lib, ularning fikricha, Engelsning ta’rifi eskirdi emas, balki u prinsipial jihatdan noto‘g‘ri, deb da’vo qiladilar. Masalan, мatematik A.N.Kolmogorov fikricha, hayotga ta’rif berishda barcha individlar uchun xos bo‘lgan axborot to‘plash va qayta ishlash mexanizmi asos qilib olinishi kerak. Akademik olim M.Kalvin ham shunga yaqin fikrda turadi. Uning fikricha sistema 2 majburiy xossaga ega bo‘linishi kerak: 1) energiya to‘plash va o‘zgartirish 2) axborot uzatish va qabul va qilish. Ba’zi olimlar tirik va o‘lik tabiat o‘rtasidagi asosiy farq organik molekula strukturasining xususiyatida va uning o‘zini-o‘zi qayta hosil qila olish qobiliyatidadir, deb biladilar. DNK molekulasi har qanday formada hayotning negizi deb ko‘rsatadilar. Masalan: akad. N.P.Dubinin “Yerdagi hayot ko‘rinishini tarix axboroti va o‘z-o‘zini vujudga keltirishga ega ochiq sistemadagi DNK, RNK va oqsillarning o‘zaro ta’siri deb xarakterlasa bo‘ladi” deydi.
3. Bu olimlarning fikricha, Engelsning hayotning mohiyatiga bergan bahosi umuman to‘g‘ri, lekin uni fanning hozirgi yutuqlari bilan boyitish kerak va o‘zgarishlar kiritish lozim. M: akademik Kedrovning fikricha, materiya yashash usulining o‘ziga xos bo‘lgan xossalari va harakat formasining spetsifik xossalari e’tiborga olinishi kerak.
A.S.Mamzin tomonidan hayotga berayotgan ta’rif Kedrov fikrlariga yaqin bo‘lib, uning fikricha “dastlabki formadagi hayot tarkibida doimiy elementlar sifatida oqsil tipdagi birikmalar saqlaydigan atrof-muhit bilan o‘zaro ta’sir jarayonida moddalar, energiya va axborotning to‘planishi hamda o‘zgarishi asosida, o‘z-o‘zidan boshqarilishi va rivojlanish xossalariga ega bo‘lgan ochiq kolloid sistemalarning yashash formasidan iborat” deb ta’rif beradi.
Hayotga berilgan ta’riflarning hammasida uning ochiq sistema ekanligi aytib o‘tiladi. Ochiq sistema biologiyaga fizikadan o‘tgan. Ochiq sistema deganda, tirik organzmlar tashqaridan oziq moddalar qabul qiladi. Bu modda organizmlarda sarflanadi va tashlandiq moddalar hosil bo‘lib, bu tashlandiq moddalar tashqi muhitga chiqib ketadi. Shuning uchun ochiq sistema tushunchasi ba’zi olimlar tomonidan hayotga berilgan bahoga ham kiritilgan. Jumladan, VM.Volkenshteyn 1965 yilda hayotga quyidagicha ta’rif beradi: “Yerda mavjud bo‘lgan jonli jismlar biopolimerlardan, ya’ni oqsillar bilan nuklein kislotalardan tuzilgan, o‘z-o‘zini boshqaradigan va o‘z-o‘zini ishlab chiqaradigan ochiq sistemalardir”.
Hozirgi vaqtida hayotning mohiyati to‘g‘risidagi masala yuzasidan borayotgan munozaraga yakun yasash hali ertaroqqa o‘xshab ko‘rinadi. Ammo bu munozaraga uchinchi gruppa olimlar fikri to‘g‘ri bo‘lish mumkin. Shunga ko‘ra hayotga ta’rif berishda biologiya fanlarning keyingi yutuqlaridan foydalanish zarurga o‘xshaydi.


  1. Yüklə 43,1 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə