2-Mavzu: Yerda hayotning paydo bo’lishi hamda rivojlanishi


Geoxronologiyasi haqida tushuncha



Yüklə 43,1 Kb.
səhifə10/10
tarix19.12.2023
ölçüsü43,1 Kb.
#152021
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
2 Yerda hayotning paydo bulishi hamda rivojlanishi

Geoxronologiyasi haqida tushuncha. Yerning va undagi turli qatlamlarning yoshini aniqlashda, odatda, radioaktiv elementlarning parchalanishi asosiy mezon qilib olinadi. Olib borilgan hisoblarga ko`ra, 1 kg uran har 100 million yil ichida parchalanib, undan 985 g uran qolib, 13 g qo`rg`oshin va 2 g geliy hosil bo`ladi. Yerning turli qatlamlarida uchraydigan qo`rg`oshin va geliyning bir-biriga nisbatiga qarab, uning geologik yoshi aniqlanadi. Radioaktiv usul natijalariga ko`ra, yer taxminan bundan 4,7 mlrd yil ilgari paydo bo`lgan deb taxmin qilinadi. Yerning turli qatlamlariga qarab, yer paydo bo`lgandan to hozirgacha bo`lgan tarixiy rivojlanishi 5 ta eraga bo`linadi, Ular arxey, proterozoy, paleozoy, mezozoy va kaynozoy eralaridir. Arxey, proterozoy eralaridagi hayot namunalari ko`z ilg`amas darajada mayda bo`lgani sababli bu ikki era kriptozoyga, paleozoy, mezozoy, kaynozoy eralarida tirik mavjudotlar yirik bo`lgani e’tiborga olinib mazkur eralar fonerozoyga birlashtiriladi. Qayd qilingan eralarning keyingi uchtasi o`z navbatida davrlarga bo`linadi. Chunonchi, paleozoy erasi 6, mezozoy erasi 3, kaynazoy erasi 2 davrga bo`linadi 2

Test topshiriqlardagi to`g`ri javobni aniqlang.
1. Dastlab hayotga kim ta’rif bergan
A. F.Valer B. F.Engels C. L.Oparin D. F.Redi
2. Yerda hayotning paydo bo`lishi to`g`risida nechta faraz bor?
A. 2. B. 3. C. 4. D. 5.
3. Hayotning o`lik moddalardan birdaniga paydo bo`lmasligini tajriba qo`yib isbotlagan olimlar. A. A. Oparin, Dj. Xoldeyn B. F.Redi, L.Paster C. M.Foks, K. Doze D. Dj Bernal, G.Shteyman
4. Nechanchi yili uchirilgan «Venera-11», «Venera-12» kosmik apparatlari yordamida Venera atmosferasining yuqori qismida suv bug`lari borligi aniqlandi.
A. 1978 yil B. 1975 yil C. 1967 yil D. 1987 yil
5. Quyosh sistemasidagi Merkuriy sayyorasida hayot bo`lishi uchun hech qanday sharoit yo`q. Chunki uning doimiy Quyoshga qaragan tomonida temperatura 370° bo`lib, unda hatto ... ham erib ketadi.
A.Qo`rg`oshin B.Rux C.Rubidiy D.To’g’ri javob berilmagan
Yüklə 43,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə