Geoxronologiya va geologik yosh haqida ma'lumot reja



Yüklə 30,3 Kb.
tarix11.04.2018
ölçüsü30,3 Kb.

GEOXRONOLOGIYA VA GEOLOGIK YOSH HAQIDA MA'LUMOT
REJA

1. Er yoshini aniqlash usullari.

2. Geoxronologik jadval va uning mohiyani.

3. Erning rivojlanish tarixi.


Tayanch iboralar: Qobig’, cho’kindi, nisbiy yosh, mutloq yosh, gioxronologiya, organism, organik, kremenzem, toshqotgan, yotqiziq, kontenintal epoxa, era, pamontologiya, fauna, flora, etap, stratigrafiya, tabaqa, delta, emirilish, lentasimon gil, radioaktiv, qo’rg’oshin, geliy, Paleozoy, Kaynazoy, mezazoy, proterazoy, gurux, sisrema, yarus, Arxey, to’rtlamchi, yura, bo’r, Gertep, koledon.

Geologik tog’ jinslarini o’rganish yer qobig’ining yuqori qavatlarida yotgan qatlamsimon tog’ jinslarining shakillanish ketma ketligini, bir jinslilik va ularda uchraydigan qotgan usimlik va xayvon qoldiqlarining belgilariga qarab ularni shartli guruxlarga jamlashni imkonini beradi. Shunday tarizda birlashtirilgan cho’kindi tog’ jinslarining guruxlari ular shakillanishi vaqtining bir necha bo’laklariga mos keladi. Guruxlarning shakillanish ketma-ketligini bilish, ularning nisbiy yoshini o’rnatish imkonini beradi, ya'ni ularning qaysi biri oldin, qaysi biri keyin, qaysi biri yosh, qaysi biri qadimiy. Tog’ jinslarinig bunday yoshini aniqlash geologiyada nisbiy yosh aniqlash degan nomni olgan.

Tog’ jinslari yoshi va geologik xodisalarning mutloq vaqtini aniqlash buyicha juda ko’plab urinishlar bo’lgan. Lekin, bu savolni tug’ri yechimini topishga yaqindagina muvofiq bo’lindi va tog’ jinslarini absolyut yoshini aniqlashning tug’ri usuli murakkab, mukammal ishlab chiqilmagan va xar doim xam qo’llab bo’lmaydi. Shuning uchun xozirgi vaqtda geologiyada tog’ jinslarini yoshini aniqlashning absolyut usuliga qaraganda, nisbiy yoshini aniqlash usuli kengroq qo’llaniladi. Asosan ikkala usul xam parallel qo’llaniladi va bir-birini to’ldiradi.

Nisbiy geoxronologik usul asoslari


Ayrim xollarda cho’kindi tog’ jinslari o’zida ko’plab turli xil qotgan organizm qoldiqlarini o’zida mujassamlaydi. Ularni asosan oxaktosh, dolomit, oq bo’r, qo’ng’ir va tosh ko’mir kabi cho’kindi tog’ jinslarida ko’plab uchratishimiz mumkin. Organizm qoldiqlari shuningdek bo’lakli jinslar (qumtosh, qum, gil va b. k.) va juda kamdan-kam xolda vulkan turlari orasida xam uchratish mumkin. Qazilma xolatida organizmning qattiq skelet qismi bir muncha keng tarqalgan va yaxshi saqlanadi. Qattiq skelet qoldiqlarining organik moddalari ko’pchilik xollarda tuliq yoki qisman ikkilamchi mineral shakillanishga almashinadi, masalan karbanatli kaltsiy, arogonit, kremnezyom, oltingugurtli temir va b. k. Bunday almashinishda organik tolalar toshlanishi yuz beradi va ularning tuzulishi juda yaxshi saqlanadi. Tog’ jinslarida qurigan organizm qoldiqlarining saqlanishi toshqotganlik deb nomlanadi.

Organizm qoldiqlarining ko’pchilik qismi dengiz yotqiziqlarida uchraydi, qaysiki xayvonlarning saqlanishi uchun juda qulay sharoitga ega. Quriqlikda xayvon va o’simlik qoldiqlari saqlanishi uchun qulay sharoit talab qiladi. Kontinental yotqiziqlar toshqotganlikni deyarli o’zida mujassamlashtirmaydi. Toshqotgan qoldiqlarga qarab cho’kindi va u bilan bog’liq bo’lgan magmatik va metamorfik tog’ jinslarining nisbiy yoshi tiklanadi. Shuningdek toshqotgan jinslar yotqiziqlar va ularni o’rab turgan cho’kindilar hosil bo’lgan qadimiy geologik epoxalar xolatini va fizika geografik sharoitini aniqlab beradi.



Tog’ jinslari yoshini aniqlashning paleontologik usuli

Organizmlarning qurigan qoldiqlarini uzoq vaqt o’rganish shuni ko’rsatadiki, yer qobig’ining qadimiy qatlamlarida o’simlik va xayvon qoldiqlarining kam rivojlangan sodda shakllari, bir muncha yosh yotqiziqlarda esa bir muncha yaxshi rivojlanganlari uchraydi. Shuningdek tog’ jinslarini yoshini aniqlashda barcha toshqotgan jinslar xam bir xilda rol uynamasligi o’rganilgan. Organik dunyo tarkibidagi uzgarishlar juda xilma-xil sodir bo’lgan. Bir turdagi xayvonlar uzoq vaqt mavjudlikka ega bo’lgan bo’lsa ikkinchi bir turi esa tezda qirilib ketgan. Yer qobig’i qirqimida katta vertikal tarqalishga ega va ko’p qatlamlarda uchraydigan qoldiqlar uzoq yashaydigan organizmlar deyiladi. Jinslarning nisbiy yoshini aniqlashda ular kam yordam beradi. Unchalik geografik keng va vertikal tarqalishga ega bo’lmagan, bir vaqtda turlicha uchraydigan, ketma -ket xududlarda bir-biridan ajratilgan xayvon qoldiqlari yetakchi toshqotgan jinslar deyiladi. Bundan tashqari ular kamdan-kam topilma ko’rinishida emas, katta miqdordagi nusxada bo’lishi kerak.

Yetakchi toshqotgan jinslarni o’rganish, yerning turli qatlamlaridagi bir yetakchi shaklini boshqasi bilan almashinish smenasini o’rnatishning imkonini berdi. Jinslarning yoshini o’rnatish va ularni bir muncha maydaroq stratigrafik bo’linishlarga ajratish uchun faqatgina yetakchi shakillar qo’llanilib qolmay balki turli rayonlardagi fauna va flora komplekslari o’zaro solishtiriladi xam.

Jinslarni nisbiy yoshini aniqlash uchun qo’llaniladigan toshqotgan qoldiqlardan tashkil topgan turli xil tog’ jinsi qavatlarini o’zaro solishtirish usuli paleontalogik usul deyiladi. Paleontalogik usul o’rganilayotgan etapdagi xayotning rivojlanishi va xolatini o’zidan oldingi yoki keyingi etap bilan solishtirishga asoslangan. Shuning uchun nisbiy geoxronologiya qandaydir bir voqiylikni davomiyligini emas balki faqat ularning ketma-ketligini yoki tarixiy geologik etaplarni bir-biridan keyin kelish ketma-ketligini aks ettiradi.



Stratigrafik usul


Tosh qotgan qoldiqlar bilan tog’ jinslari yoshini doim xam o’rnatib bo’lmaydi. Buning uchun qatlamni o‘zini, uning tarkibini, gorizontal va vertikal yunalishlar buyicha o’zgarishini, qalinligini, fauna va flora tarkibini, ularning o’zaro nisbatini, ularni shakillanish ketma-ketligini o’rnatish uchun qatlamni qoplovchi va ostida yotuvchi qatlamlarni o’rganish kerak bo’ladi. Bularning barchasi stratigrafiya nomi bilan geologiya tarmog’ining vazifasini tashkil qiladi. Tog’ jinslari yoshini aniklashning katlamlarni uzaro boglanishini analiz kilish usuliga stratigrafik usul deyiladi. Qatlamni fazoda xar tamonlama o’rganishga asoslangan stratigrafik usul, paleontologik usulni qo’llash imkoniyatlarini kengaytiradi. Ikkala usulni xam qo’llash faqatgina paleontologik qoldiqlar mavjud bo’lgan qatlamlarnigina yoshini aniqlashni imkonini berib qolmasdan balki organik qoldiqlar uchramaydigan jinslarning yoshini xam aniqlash mumkin.
Stratigafik va paleontologik usullar faqat bir jinsli tabaqalar yoshini emas, balki bir vaktning uzida turli sharoitlarda shakllangan har xil jinsli qatlamlar yoshining ham aniqlash imkonini beradi. Jinslar yig’ilishi bir vaqtning uzida kuruk sharoitda, dengizning qirg’oq chegarasida va uning bir muncha chuqur qismlarida yuz berishi mumkin. Tabiiyki bir vaqtning uzida dengiz va kontinental iqlimda xosil bulgan qatlamlarda uchraydigan organizm qoldiqlari turlicha bo’adi. bunday qatlamlarni bir vaqtda hosil bo’lganligini isbotlash uchun faqatgina fauna va qatlam tarkibini urganib qolmasdan, balki ular orasidagi hisbotni ham urganish kerak.

Mutloq geoxronologiya asoslari


Mutloq geoxronologiya deganda odatda vakq birligi ichida aniqlangan, yer qobig’ini tashkil etuvchi tog’ jinslarining yoshini, geologik hodisalar va ularning tarixiy ketma-ketligi tushuniladi. Turli xil usullar yordamida mutloq geoxronologiyani urnatish borasida kuplab urinishlar qilingan. Toq jinslarini yoshini aniqlashning geologik usullari juda xilma-xil. Ulardan biri qator zamonaviy geologik jarayonlarni davomiyligini urganishga asoslangan, masalan delta yotqiziqlarini yotish tezligini, yemirilish va chuqindi hosil bulish tezligini, sharsharalarni quyilish tezligini va x. k. Bir muncha diqqatga sazovor usul, bu lentasimon gillar va turtlamchi davr muzlik epoxasini urganishdir.

Radioktiv elementlarning yemirilishini kuzatish natijasida mutloq yoshni urnatish usuli, ularni erkin va bir tekisda, atrof muxitning uzgarishiga bog’liq bulmagan xoldagi yemirilishiga asoslangan. Hozirgi vaqtda radioktiv elemntlarning yemirilishiga asoslangan mutloq yoshni aniqlashning bir necha usuli taklif etilgan. Radioaktiv elementlarning yemirilishidan hosil bo’lgan, tog’ jinslari orasidagi qurg’oshin va geliyning miqdorini hisoblashga asoslangan qurg’oshin va geliy metodlari keng qullaniladi.

Hozirgi vaqtda geologik eralarning davomiyligini hisoblashda quydagi miqdorlar qullaniladi: kaynazoy erasi - 66 - 70 mln. yil, mezozoy - 173 - 175 mln. yil, paleozoy - 335 - 355 mln. yil, proterozoy - 2 mlrd yilga yaqin, arxey 1,8 mlrd. yildan kuproq.

Radioktiv elementlarning yemirilishiga asoslangan mutloq yoshini aniklash usuli boshkalariga qaraganda ishonchliroq, sayyoramiz yoshi va eralar davomiyligini haqiqatga yaqin miqdorlarda aniqlab berishiga qaramay, keyingi aniqlashtirishga va qayta kurib chiqishni talab qiladi.



Geoxronologik jadval.

Paleontalogik va stratigrafik usullar asosida chuqindi qatlamlarinni va ular bilan birga keluvchi metamorfik va magmatik jinslarni qator sratigrafik bulinishlarga bulishiimz mumkin. Bular ichida eng yirigi turli tipdagi organizm qodiqlarining topilmalari bilan xarakterlanuvchi, bir muncha yirik jinslar kompleksini uzida mujassamlashtirgan guruxlar hisoblanadi. Guruxlar bir muncha maydaroq birliklarga - sistemalarga bo’linadi. Sitemalar uz navbatida- bulimlarga, bulimlar esa yaruslarga, yaruslar - yaruschalarga bo’linadi. Yirik stratigrafik bulinishlar xalkaro ahamiyatga ega.


Guruxlar va sistemalar haqida

qisqacha ma'lumot

Arxey guruxi va erasi

Arxey guruxi kembriygacha bo’lgan jinslarning eng quyi guruxi; turli gneyslar va kristalli slanetslar, qisman amfibolit, mramor va kvartsitlarni uz ichiga oladi, shuningdek magnetit kristalli slanetslar kvartsitlar ham uchraydi. Organik qoldiqlar topilmagan, lekin grafitli tog’ jinslarining mavjudligi qadimgi hayotdan darak beradi. Quyi va yuqori arxeyga bo’linadi, lekin ular urtasida tektonik harakat bo’lganini kursatuvchi aniq ma'lumotlar yuq. Hozirgi vaqtda arxey guruxi deganda tokembriyning quyi kismi tushuniladi.



Arxey erasi - yerning geoloik tarixidagi eng qadimiy era taxminan 2 mlrd. yilcha davom etgan. Bu eradan qolgan eng qadimiy tog’ jinslarining yoshi 4 mlrd. yil deb hisoblanadi. Arxey erasida qudratli intruziyalar paydo bo’lgan; bu eradagi jinslar kuchli burmalangan.

Proterozoy guruxi


Tokembriyning yuqori stratigrafik guruxi. Yerning geologik tarixida taxminan 2,6 mlrd. yil oldin hosil bo’lgan yotqiziqlarni uz ichiga oladi. Ko’pincha bu yotqiziqlar kuchli metamorfizmga uchragan. Proterazoy guruxining umum qabul qilgan stratigrafik bo’linishi yuq. Keyingi yillarda uni bulimlarga ajratishda tog’ jinslarining mutloq yoshini aniqlash va paleontologik usullar qullanilmoqda. Ayrim olimlar proterozoy guruxini 2 boshqalari 3 yoki 4 bulimga ajratadi. Ayrim hollarda proterozoy guruxi yotqiziqlarini mahalliy stratigrafik kismlarga ajratish keng tarqalgan.

Proterozoy erasi - proterozoy guruxini tashkil qilgan tog’ jinslarini xosil bulishi uchun taxminan 2 - 2,2 (2,9) mln. yil talab qilingan. Uzbekistonda proterozoy yotqiziqlari Xisor, Tomdi, Sulton Uvays va boshqa toglarda mavjud. Bu jinslarda kupgina foydali qazilmalari uchraydi.

Paleozoy gruxi va erasi


Paleozoy guruxining davomiyligi 570 mln. yil atrofida. Paleozoy davrida intensiv tog’ hosil bo’lish harakatlari, ya'ni burmalanishlar sodir bo’lgan. Birinchisi kaledon burmalanish davri - ordovik va silur davrlarida yuz bergan. Ikkinchisi gertsin burmalanish davri-toshkumir va perm davrlarida yuz bergan. Paleozoy guruxi quydagi davrlarga bo’linadi: kembriy, ordovik, silur, devon, toshkumir va perm.

Mezozoy guruxi va erasi


Yergeologik tarixining tokembriydan so’ngi ikkinchi erasi 160-170 mln. yil davom etgan. Mezozoy davrida kimmeriy nomi bilan ma'lum bo’lgan tog’ hosil bo’lish xarakati sodir bo’lgan. Mezozoy guruxi uchta sistemaga bo’linadi: triass, yura va bur. Yuqori burning paleogen bilan chegarasida butun kaynozoy davomida va to’rtlamchi davrni xam qamrab oluvchi alp burmalanishiga taaluqli tog’ hosi bo’lish jarayoni sodir bo’lgan.

Kaynozoy guruxi va erasi


Yer geologik rivojlanish tarixining eng yangi erasi, uning davomiyligi 55-65 mln. yil. Kaynozoy guruxi uchta sistemaga bo’linadi paleogen, neogen va to’rtlamchi.

O’zlashtirish savollari





  1. Tog’ jinslarini yoshini aniqlashdan maqsad nima?

  2. Geologik yoshni aniqlashning qanaqangi usullari mavjud?

  3. Geoxronologik jadval tushunchasini tariflang.


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1. Islomov O.I. “Umumiy geologiya” «O’qituvchi» 1991 yil.

2. Shoraxmedov SH.SH. “Umumiy va tarixiy geologiya” «O’qituvchi» 1989 yil.



3. Qurbonov A.S. “Geologiya” «O’qituvchi» 1991 yil.

4. Bitextin. “Mineralogiya”


Dostları ilə paylaş:


Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2019
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə