2-Mazu: Bolalarni kundalik xayotida jismoniy tarbiya buyicha ishni tashkil etish. Reja: 1



Yüklə 61,19 Kb.
səhifə6/6
tarix07.03.2023
ölçüsü61,19 Kb.
#102061
1   2   3   4   5   6
2-mavzu

Jismoniy daqiqalar (qisqa muddatli jismoniy mashqlar) o‘rta, katta va tayyorlovchi guruhlarida mashg‘ulotlar o‘rtasidagi tanaffusda, shuningdek dars jarayonining o‘zida o‘tkaziladi.
Jismoniy daqiqaning ahamiyati bola faloliyati va xolatini harakat faolligi orqali almashtirishdan iborat bo‘lib, u charchoqni yozadi, bolaning emotsional ijobiy holatini tiklaydi.
Agar bola mashg‘ulot jarayonida nisbatan harakatsiz turib qolsa toliqish yuzaga keladi. Toliqish bir xil ish, shuningdek mashg‘ulot yuklamasini buzilishi tufayli kuchayadi, bu bolalarning e’tiborini susaytiradi. Bu bosh miya po‘stlog‘ida rivojlanadigan tormozlanish va bolaning o‘quv materialini o‘zlashtirish qobiliyatining susayishi bilan izohlanadi. U chalg‘iy boshlaydi, diqqat faolligi, idroki susayadi. Bu belgilarning barchasi faoliyatni o‘zgartirish zarurligini ko‘rsatadi.
Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, xatto 6 yoshli bolalar ham 20 daqiqagina nisbatan harakatsiz va diqqatni jamlab tura olar ekanlar; shu muddatdan so‘ng ular toliqish tufayli bilimlarni yaxshi o‘zlashtirish va ko‘nikmalarni egallashga qodir bo‘la olmaydilar.
Jismoniy mashqlarni bajarish mushak ishini faolashtiradi, bu o‘z navbatida qon aylanishini kuchaytiradi va oqibatda yurak ishining, nafas olishning intensivligini oshiradi, miyaning qon bilan ta’minlanishini faollashtiradi. Bularning hammasi birgalikda bola psixikasi emotsional – ijobiy holatning shakllanishiga, diqqatning, aqliy faoliyat va umumiy jismoniy holatning oshishiga ta’sir qiladi. Charchoq yo‘qoladi, bola dam oladi va yana ishtiyoq bilan shug‘ullana boshlaydi.
Jismoniy daqiqalar tarkibiga 10-15 marta sakrash, 10-12 marta cho‘qqayib o‘tirish yoki turgan joyida yugurish (30-40 sekund) kiradi. Jismoniy daqiqalari o‘z ichiga yelka kamari va qo‘llarga mo‘ljallangan 2-3 ta mashq, tortilish, egilish va gavdani burish mashqlarini oladi. Jismoniy daqiqalar 2-3 daqiqa davom etadi.


Nazorat uchun savollar
1. Ertalabki badangarbiya uchun mashqlar tanlash metodikasi.
2. Bolalar bilan yakka tartibda ish olib borish.
3. Maktabgacha ta’lim muassasalarida jismoniy tarbiya buyicha yuriqchiga quyiladigan malaka talablari.


Adabiyotlar

  1. Djamilova N.N Bolalar jismoniy tarbiyasi. T.: 2020.

  2. G.Tulenova. XDujayev.P, Xujayeva. “Jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi”.T.: Ilm ziyo. 2012.

  3. A.N.Normurodov “Jismoniy tarbiya” T.: O‘zbekiston 2011.

  4. Makamjonov.K, Salomov.R, Ikromov.I “Jismoniy madaniyat nazariyasi va metdikasi” Itstisod-Moliya 2008

Yüklə 61,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə