2 Menejer va yetakchi Menejerning uslubi va imidji


Menejerning uslubi va imidji



Yüklə 240,5 Kb.
səhifə8/14
tarix23.02.2023
ölçüsü240,5 Kb.
#101344
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14
2 Menejer va yetakchi Menejerning uslubi va imidji

3. Menejerning uslubi va imidji
Boshqaruv uslubi - bu rahbar tomonidan foydalaniladigan masala-larni yechishni eng xarakterli va barqaror usullarining majmuasi, uning qo'l ostidagilarga nisbatan hulqining odatlari. Boshqaruv uslubi jamoa va umuman korxona (tashkilot) faoliyatining samaradorligiga katta ta'sir ko'rsatadi. Haqiqiy sharoitlardagi boshqaruvning aniq uslubi ob'yektiv va sub'yektiv xarakterdagi quydagi omillarni belgilab beradi:

- mehnat jamoasining pishib yetilganligi va birlashganligi darajasi va boshqalar.
Rahbarlik uslublarining kengligi to'liq demokratiyadan to mutloq avtokratiya gacha yoyilib ketadi. Ruhshunoslar va sotsiologlar tomonidan o'tkazilgan rahbar larning har xil turlari va ular faoliyati samaradorligining tadqiqotlari rahbarlikning uchta eng ko'p uchraydigan uslublar: avtoritar yoki avtokratik, demokratik va liberalni ajratishga imkon bergan, ammo amalda mutloq u yoki bu uslubga rioya qiluvchi rahbarlar kamroq uchraydilar.
Rahbarning har bir uslubi asosiy alomatlari 5.2. jadvalda berilgan.
Avtoritar uslubdan foydalanishda avtokrat rahbar e'tirozlarga toqat qilaol maydi. U qo'li ostidagilarga kamroq axborotlarni beradi. Hech kimga ishonmaydi va hech kimga o'zining niyatlarini ma'lum qilmaydi. U o'z harakatlari yo'nalishini tez o'zgartiradi. Qo'li ostidagilar bilan iltifotsiz, shoshilinch qarorlarga moyil. Unda, fikrlarini payqab olishni biladiganlar eng yaxshi xodimlar hisoblanadilar. Qo'li ostidagilar barcha savollar bilan "boshliq" oldiga chopadilar. Avtokrat rahbarni oldindan bilib bo'lmaydi. Hech kim u yoki bu hodisaga u qanday javob qayt arishini ochiq-oydin bilmaydi.
Rahbarlarning bunday uslubida ko'pincha nizolar chiqadi. Avtokratning barcha masalalarda shaxsiy omilkorligiga da'volari tartibsizlikni keltirib chiqadi va ishning samaradorligini pasaytiradi.
Liberal uslub tashabbussizlik, mehnat jarayoniga aralashmaslik bilan ta'riflanadi. Liberal rahbar orqali yuqori rahbariyat ko'rsatmalari bo'yicha harakat qiladi, javobgarlikdan qochishga intiladi.U har xil omillarning ta'siri ostida o'zining qarorini o'zgartirishi mumkin. Tashkilotda ko'pincha muhim masalalar uning ishtirokisiz hal qiladi.



Yüklə 240,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə