2 Menejer va yetakchi Menejerning uslubi va imidji


Tubdan o'zgartiruvchi yetakchi konsepsiyasi



Yüklə 236 Kb.
səhifə12/20
tarix26.02.2022
ölçüsü236 Kb.
#84148
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   20
2 Menejer va yetakchi Menejerning uslubi va imidji

Tubdan o'zgartiruvchi yetakchi konsepsiyasi. Islohatchi yetakchi odamlarni ularning qo'yilgan maqsadlarni idrok etishdagi ongliligini oshirish, ularga shaxsiy mafaatlarni umumiy maqsad bilan birlashtirish imkoniyatini berish, ishonchlilik muhitini his qildirish yo'li bilan undaydi. Bunday yetakchi ijodiyotini nomoyon qiladi, uni orqasida voqealik turadi, u ergashuvchilarni natijadan natijaga olib boradi, odamlarni mehnat qilishga qaratadi. Bu narsa yetakchi va ergashuvchilarda inqirozli vaziyatda muammoni ijodiy hal qilishga yaroqli ma'lum hulqini mavjudligini ko'zda tutadi. Model yetakchi ergashuvchilarga ularni boshqaruvda ishtirok etishga jalb qilish orqali ta'sir qilishi, o'zini guruhning bir qismi bo'lishi, birgalikdagi harakatlarni qo'llab quvvatlashi zarurligini tan oladi. Ergashuvchilardan yetakchining orqasidan ko'r-ko'rona borish emas, balki berilayotgan imkoniyatlarini tanqidiy baholash va harakatlarga ongli ravishda yondashuv talab qilinadi.

Shunday qilib, yetakchilikning an'anaviy tendensiyalari yetakchi va uning hulqining sifatlari asosida samarali yetakchilikni taklif qiladilar. Bu konsepsiyalar pirovorida yakunlangan nazariyani yarata olmay, hulqining aniqlangan sifatlari va namunalarining ko'pligida cho'kib ketganlar. Vaziyatli yetakchilikka asoslangan yondoshuvlar yetakchi-likning samaradorligini yetakchini shaxs sifatida e'tiborga olmay, tashqi muhitlarni ta'siri orqali izohlashni taklif qilganlar. Yangi konsepsiyalar vaziyatli va an'anaviy yondoshuvlarning afzalliklarini birlashtirishga harakat qiladilar. Ular yetakchining muammoni hal qilishning yangi ko'rinishini yaratish, o'zining xarizmadan foydalanib, ergashuvchilarni ilhomlantirish, ulardagi maqsadga erishish bo'yicha harakatni amalga oshirishga ishtiyoqini keltirib chiqarish qobiliyatiga e'tiborni qaratadilar.




Yüklə 236 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə