2. Milliy gʼoya va milliy mafkuraning yurtimizdagi o’rni. Xulosa. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati



Yüklə 38,14 Kb.
səhifə2/3
tarix29.11.2023
ölçüsü38,14 Kb.
#139189
1   2   3
qwerty4

Milliy g`oya
— Inson va jamiyat hayotiga ma`no-mazmun baxsh ýtadigan, uni ýzgu maqsad sari yetaklaydigan fikrlar majmui.
Mafkura
Muayyan ijtimoiy guruh, ijtimoiy qatlam, millat. davlat, xalq va jamiyatning ehtiyojlari, maqsad-muddaolari, manfaatlari, orzu-intilishlari hamda ularni amalga oshirish tamoyillarini o`zida mujassam etadigan g`oyalar tizimi.
Bunyodkorlik g`oyasi
— Tinchlik, do`stlik, qardoshlik, ozodlik, tenglik, xalq farovonligi .....
Vayronkor g`oyalar
-Aqidaparastlik, diniy fanatizm, terrorizm, bosqinchilik, fashizm, jaholatparastlik, bolshevizm va h.k.
Aqidaparastlik
-Jamiyatni ilk islomga qaytarish, xalifalikni tiklash.
Diniy fanatizm
— Biron-bir dinga o`ta berilib ketishlik.
Milliy g`oya va mafkuraning xalq va davlatlar taqdiriga ta`siri
— Insoniyat tarixida millatlar va jamiyatlarning yuksalishiga yoki ularning tanazzulga mahkum etishga turli xil g`oyalar ta`siri.
Yapon milliy mafkurasi
— Milliy davlatchilik tizimi, (kokutay), fuqarolik burchi, yapon ruhi, yaponlarning mohiyati haqia nazariya, yapon xalqining tub mafkurasi, yapon madaniyatining milliy xususiyati, sharqona tafakkur tarzi, ijodkorlik, umummilliylik, fidoiylik, vatanparvarlik, materializm, ishlab chiqarish orqali Yaponiyaga xizmat qilish, jamoaga sadoqat, zamonaviylashtirish va h.k.
G`oyaviy zaiflik, mafkuraviy beqarorlik
— Millatning birdamligi va davlatning qudrati va taraqqiyotiga putur yetkazish.
Kommunistik mafkura
— G`ayri insoniy va g`ayri milliy mohiyati, mustabid tabiatiga ko`ra hokimyatni qurol kuchi bilan egallagan mafkura.

Mamlakatimizda ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tizimli tashkil etish, bu borada amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarning samaradorligini oshirish, aholi, ayniqsa yoshlarning intellektual salohiyati, ongu tafakkuri va dunyoqarashini yuksaltirish, mafkuraviy immunitetini mustahkamlash, vatanparvarlik, xalqqa muhabbat va sadoqat tuyg‘usi bilan yashaydigan barkamol avlodni tarbiyalashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Jamiyat rivojlanishining asosiy harakatlantiruvchi kuchi bo`lgan yosh avlodni har tomonlama barkamol, yetuk mutaxassis sifatida tarbiyalash, ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan boy ma`naviyma`daniy merosni o`rganish va ulardagi ilg`or g`oyalar va qarashlardan hozirgi zamon yoshlar ta`lim-tarbiya jarayonida foydalanish yo`llari dolzarb pedagogik muammo hisoblanadi. Chunki, yoshlar ma`rifati va madaniyatini yuksaltirishda, ma`naviy komillikka erishishida Milliy g`oya, ma`naviyatning pedagogik asoslari fanining ahamiyati beqiyosdir. Bugun mamlakatimizdagi oliy o`quv yurtlarida mavjud milliy g`oya, ma`naviyat asoslari va huquq ta`limi yo`nalishida Milliy g`oya, ma`naviyatning pedagogik asoslari fanini o`qitilishi, ya`ni ushbu ixtisoslik egalari Milliy g`oya, ma`naviyatning pedagogik asoslaridan xabardor bo`lishini ta`minlash zaminida inson kamoloti masalalari muhim o`rin egallaydi. Hozirgi kunda bo`lajak mutaxassislar oldiga qo`yiladigan yangi ma`naviy tafakkurni shakllantirish vazifasi bugungi Milliy g`oya, ma`naviyatning pedagogik asoslari fanining mohiyatini tashkil etadi. Manaviy tarbiya ta’lim-tarbiyaning muhim qismlaridan biri sifatida talaba-yoshlar ruhiy olamining shakllanishida, hayotiy pozitsiyalarining mustahkamlanishida, ularning ijtimoiy faolligining o‘sishi va ixtisoslik bilimlari hamda umumnazariy tayyorgarligining oshishida asosiy vositalardan biri hisoblanadi. Insoniyat tomonidan to‘plangan behisob manaviy boyliklardan bahramand bo‘lish, ularni o‘zlashtirish yoshlarda vatanparvarlik, insonparvarlik, bag`rikenglik, vijdon, iymon-e’tiqod, or-nomus, mardlik, jasorat, mehr-oqibatlilik, fidoiylik kabi qadriyatlarning shakllanishiga yordam beradi. Yoshlarda bunday sifat va fazilatlarni tarbiyalash ta’lim tizimida 5 ustuvor ahamiyatga ega bo‘lishi kerak. Oldimizda turgan maqsadlarni amalga oshirishda, ma`naviy tarbiyani homiladorlik davridan boshlab voyaga yetgunga qadar davom etadigan uzluksizlik tamoyillariga asoslangan metodikasini hayotga tadbiq etishda, yoshlar tarbiyasida milliy va zamonaviy pedagogikaning ilg`or yutuqlaridan samarali foydalanish, ma`naviy tarbiyaning uzluksizlik tamoyillariga amal qilishda Milliy g`oya, manaviyatning pedagogik asoslari fani ahamiyatlidir.



G‘oya – inson tafakkurida vujudga keladigan, ijtimoiy xarakterga ega bo‘lgan, ruhiyatga ta’sir o‘tkazib, jamiyat va odamlarni harakatga chorlaydigan, maqsad-muddao sari etaklaydigan kuchli, teran fikr. Inson ongining mahsuli sifatida g‘oyalar tushuncha va fikrlar yordamida ifoda etiladi. Ammo har qanday fikr va qarash ham g‘oya bo‘la olmaydi. G`oyalar garchi tafakkurda paydo bo‘lsada, inson va jamiyat ruhiyatiga, hatto, g‘ayri shuuriy qatlamlarga ham singib boradi. G‘oyalarning oddiy fikrlardan farqi yana shundaki, ular garchi tafakkurda paydo bo‘lsada, inson ruhiyatiga, hatto tub qatlamlariga ham singib boradi. G‘oya shunday quvvatga egaki, u odamning ichki 7 dunyosigacha kirib borib, uni xarakatga keltiruvchi, maqsad sari yetaklovchi ruhiy – aqliy kuchga aylanadi. G‘oyaning eng muhim xususiyati – insonni va jamiyatni maqsad sari etaklaydigan, ularni harakatga keltiradigan, safarbar etadigan kuch ekanidadir. Har qanday g‘oya ijtimoiy harakterga ega. Muayyan g‘oyalar odatda alohida olingan shaxs ongida shakllanadi. Ma’lum bir muddatdan keyin esa jamiyatning turli qatlamlariga tarqaladi, turli elatlar va millatlar orasida yoyiladi. Mafkura esa muayyan ijtimoiy guruh, ijtimoiy qatlam, millat, davlat, xalq va jamiyatning ehtiyojlari, maqsad-muddaolari, manfaatlari, orzu intilishlari hamda ularni amalga oshirish tamoyillarini o‘zida mujassam etadigan g‘oyalar tizimidir. Mafkura tushunchasini ta’riflashda falsafiy adabiyotlar va lug‘atlarda bir qancha fikrlar beriladi. Mafkura tushunchasiga turli davrlarda faylasuf olimlar tomonidan berilgan ta’riflar shakl va mazmun jihatidan har xil. Mafkuraga jamiyatdagi muayyan siyosiy, huquqiy, axloqiy, diniy, badiiy, falsafiy, ilmiy qarashlar, fikrlar va g‘oyalar majmuidir, - deb ta’rif beriladi. Har qanday nazariya yoki ta’limot bir tizimga solingan g‘oyalar majmuidan iborat bo‘ladi. Shu sababli dunyoqarashning negizini va muayyan ishonch e’tiqodning asosini ham g‘oyalar tashkil etadi. Xalqimizning eng oliy maqsadlarini, ularning orzu-istaklarini aks ettirishda, ularga erishish yo‘lida jamiyat a’zolarini birlashtiradigan, ularni kuch-g‘ayratlarini ana shu maqsadlarini safarbar etishda milliy g‘oyaning va milliy mafkuraning o‘rni benihoya kattadir. Zero, milliy g‘oya deganda, ajdodlardan avlodlarga o‘tib, asrlar davomida e’zozlab kelinayotgan, shu yurtda yashayotgan har bir inson va butun xalqning qalbida chuqur ildiz otib, uning ma’naviy ehtiyoji va hayot talabiga aylanib ketgan, ta’bir joiz bo‘lsa, har qaysi millatning eng ezgu orzu – intilish va umid – maqsadlarini o‘zimizga tasavvur qiladigan bo‘lsak, o‘ylaymanki, bunday keng ma’noli tushunchaning mazmun – mohiyatini ifoda qilgan bo‘lamiz1 . Mafkuraning hayotiyligi odamlarning, millatning, jamiyatning milliy manfaatini, orzu-intilishlarini qay darajada aks ettira oladigan bosh va asosiy g‘oyalar, bu g‘oyalar ularning turmush tarzi, dunyoqarashi, tabiatiga qanchalik mos bo‘lishi bilan belgilanadi. Hayot sinovlariga bardosh beradigan, odamlarning ezgu maqsadmuddaolarini ifodalaydigan, ularga ma’naviy-ruhiy quvvat beradigan mafkurani ko‘pchilik qabul qiladi. Faqat shunday holdagina u kuchli ruhiy qudratga ega bo‘ladi. Shu sababli ham mafkura barcha davrlarda jamiyatni yuksak va bunyodkor maqsadlar yo‘lida birlashtirib, jamiyat ahli o‘rtasida sog‘lom munosabatlarni shakllantirgan, hamda ezgu orzular, maqsad-muddaolariga erishishda ma’naviy-ruhiy kuch-qudrat beradigan omil vazifasini bajarib kelgan. Shuning uchun ham g‘oya va mafkura barcha insonlar, xalqlar, jamiyat va davlat oldida turgan muhim vazifalarni amalga oshirishda yordam beradigan, turli sohada faoliyat yuritadigan jamiyat ahlini birlashtirib, ularni umumiy maqsad sari safarbar etadigan buyuk kuchdir. Milliy g‘oyasiz va yuksak ma’naviyatsiz odamlar, jamiyat va davlat yo‘lini yo‘qotadi. Milliy g‘oya jamiyatni yuksaltirish va ma’naviy yetuklikka erishish yo‘lidagi, jamiyat a’zolarini oliy maqsadlar sari yetaklab boruvchi bayroq misolidir. Milliy g‘oya xalqni, millatni birlashtiradi. Jamiyatning har bir a’zosini ma’naviy kamolotga erishishini ta’minlab beradi. Milliy g‘oya ma’naviy hayotni yuksaltirish yo‘lidagi olijanob vazifalarni bajarish bilan birga jamiyatning har bir a’zosida ertangi farovon hayotimizga ishonchni shakllantirib beradi. Yuksak ma’naviyatni shakllantirish yo‘lida, mamlakatimiz kuch-qudratini oshirish yo‘lida xizmat qiladigan milliy g‘oya haqida gapirib Islom Karimov shunday deydilar: “… u Vatanimizning shonli o‘tmishi va buyuk kelajagini uzviy bog‘lab turishga, o‘zimizni ulug‘ ajdodlarimiz boqiy merosining munosib vorislari deb his qilish, shu bilan birga, jahon va zamonning umumbashariy yutuqlariga erishmoqqa yo‘l ochib beradigan va shu maqsadlarga muttasil da’vat qiladigan g‘oya bo‘lishi kerak”. Milliy g‘oya ma’naviy hayotni yuksaltirishga xizmat qiladigan fazilatlarni shakllantirib berish bilan birga turli ijtimoiy guruhlar, tabaqalar o‘rtasidagi hamkorlikni, millatlararo totuvlikni va umumtaraqqiyot yo‘lidagi jipslashuvni ta’minlab beradi. Milliy g‘oya O‘zbekistonda istiqomat qilayotgan barcha xalqlarning tilidan, e’tiqodidan, jinsidan qat’iy nazar barcha O‘zbekistonliklarning 1Karimov.I.A.“Biz kelajagimizni o`z qo`limiz bilan quramiz”manfaatlarini ifodalay bilishi kerak. Milliy g‘oya har bir shaxsning o‘zligini erkin namoyon etishga, ma’naviy kamolotga erishish yo‘lida shart-sharoit bo‘lib xizmat qilishi lozim. Milliy g`oya va ma`naviyat asoslari fanini o`qitish metodlari va usullaridan unumli foydalanishi Ta’lim berish, har bir mavzuning mag’zini talabalar ongiga yetkazish mahorati o`qituvchidan ko`p izlanishni, ko`p mutolaa qilishni talab kiladi. Bilim ummoniga boy bo`lgan ustozgina mavzuni mag’zini talabalar ongiga mohirona yetkaza oladi. Mavzuning maqsadiga karab, ta’lim metodlarini tanlay biladi. Ta’limning, o`qitishning vazifasi fuqarolar, yoshlarning eng asosiy Konstitutsiyaviy huquqlaridan biri bo`lgan har bir kishining aqliy-amaliy imkoniyatlarini ro`yobga chiqarish, ijodiy qobiliyatlarini namoyon etish, intellektual jihatdan rivojini ta’minlash, o`zi xoxlagan kasbini tanlash, uni mukammal egallab, shu sohada baxtiyor faoliyat ko`rsatish uchun moddiy-ma’naviy, tarbiyaviy-didaktik shartsharoit yaratishdan iboratdir. Bu umumiy vazifadan ta’limning har bir bo`gini, turi va bosqichlarining o`ziga xos vazifalari kelib chiqadi. Tа’limdа izchilikkа riоya qilib o’qitish lоzim, tоki bugun o’rgаnilgаn bilimlаr kеchа o’rgаnilgаnlаrni mustаhkаmlаsin, ertаgа o’rgаnilаdigаnlаrgа zаmin hоzirlаnsin. O’qitish mеtоdlаri bilimlаrni bеrish usullаri sifаtidа qаrаlаdi vа tаlаbаlаrning ilmiy bilish fаоliyatigа rаhbаrlik qilishgа qаrаtilgаn bo’lаdi hаmdа o’quv jаrаyonidа pеdаgоgning tаlаbаlаrgа tа’sir ko’rsаtishini shаkllаtirаdi. O’rgаnish mеtоdlаri bilim, mаlаkа vа ko’nikmаlаrni ijоdiy egаllаshgа hаmdа mеtоdik vа g’оyaviy - siyosiy e’tiqоdlаrni ishlаb chiqishgа qаrаtilgаn tаlаbаlаrning ilmiy bilish fаоliyati usuli sifаtidа bеlgilаnаdi.
O`qitish mеtоdi “o’qitishning mаqsаdi – mаzmuni, mеtоdi, shаkli, usullаri”tizimidа muhim o’rin egаllаydi. Mеtоd dеgаndа, tа’limdа mаqsаdgа erishish, mаsаlаlаrni hаl qilish yo’llаri, usullаri tushunilаdi. O’qitish mеtоdi tаrkibidа usullаr аlоhidа аjrаlib turаdi. Usul mеtоdning unsuri bo’lib, uning tаrkibiy qismi, mеtоdni аmаlgа оshirishdа bir mаrtаginа qullаnаdi vа аlоhidа qаdаm hisоblаnаdi. O’qitish mеtоdi – murаkkаb, ko’p qirrаli, ko’p sifаtlаrgа eа bo’lgаn tа’limdir. O’qitish mеtоdidа o’qitishning оbyеktiv qоnuniyatlаri, mаqsаdlаri, mаzmuni, tаmоyillаri, shаkllаri o’z аksini tоpаdi. Mеtоdlаr bоshqа didаktik kаtеgоriyalаrgа diаlеktik bоg’liq vа biri bоshqаlаrini tаqоzо qilаdi, ya’ni o’qitishning mаqsаdi, mаzmuni, shаkli hоsilаsi sifаtidа mеtоdlаr didаktik kаtеgоriyalаrgа аks tа’sir ko’rsаtаdi. O’qitish mеtоdlаrining ko’p o’lchоvliligi ulаrning ko’plаb tаsnifini kеltirib chiqаrаdi. O’qitish mеtоdlаri tаsnifi – muаyyan bаlgilаr аsоsidа tаrtibа sоlingаn tizimdir.
Eng аsоslаngаn o’qitish mеtоdlаri tаvsiflаrigа quyidаgilаr kirаdi:
1.Аn’аnаviy mеtоd .Hоzirgi dаvrdа ulаrdаn bеshtаsi inоbаtgа оlinаdi: аmаliy, ko’rgаzmаli, ifоdаli, kitоb bilаn ishlаsh vа vidео mеtоdlаr.
2. Mаqsаdigа ko’rа mеtоdlаr tаsnifi. -bilimlаrni egаllаsh; - mаlаkа vа ko’nikmаlаrni shаkllаntirish; -bilimlаrni qo’llаsh; -ijоdiy fаоliyat; -mustаhkаmlа mеtоdlаri; -bilim, mаlаkа vа ko’nikmаlаrni tеkshirish mеtоdlаri.
3. Idrоk etish – bilish fаоliyati хаrаktеrigа ko’rа mеtоdlаr tаsnifi:
- tushuntirish
– illyustrаtiv ( ахbоrоt – rеtsеptiv).
Ulаrning хаrаktеrli хususiyatlаri; bilimlаr “tаyyor hоldа” tаvsiya etilаdi; bu bilimlаrni idrоk qilish tаshkil etilаdi; bilimlаr idrоk (rеtsеpsiya) qilinаdi vа tushunib оlinаdi, хоtirаgа jоylаshtirilаdi;
-rеprоduktiv mеtоd: bilimlаr tаyyor hоldа tаvsiya etilаdi, bilim nаfаqаt bаyon qilinаdi, bаlki tushuntirilаdi; bilimlаr оngli o’zlаshtirilаdi; ulаrning tushunilishi vа eslаb qоlinishigа erishilаdi hаmdа bilimlаrning mustаhkаmligi tеz – tеz tаkrоrlаsh yo’li bilаn tа’minlаnаdi.
-muаmmоli bаyon qilish mеtоdi;
-qismаn ijоdiy (evristik) mеtоd.
Bilim tаyyor hоldа tаvsiya etilmаydi, bаlki u mustаqil rаvishdа egаllаnаdi; yangi bilimlаrni qidirish, izlаsh tаshkil etilаdi; bilish vаzifаlаri bo’yichа mustаqil fikr yuritilаdi, muаmmоli vаzifаlаr yarаtilаdi vа hаl qilinаdi; tаdqiqiy mеtоd. Bundа muаmmо bеlgilаb оlinаdi, muаmmоning tаdqiqоti jаrаyonidа bilim egаllаnаdi .
4. Didаktik mаqsаdi bo’yichа quyidаgilаr fаrqlаnаdi:
- ilk bilimlаrni o’zlаshtirish mеtоdlаri; -egаllаngаn bilimlаrni mustаhkаmlаsh vа tаkоmillаshtirish mеtоdlаri. -olinishi zаrur bo’lgаn nаtijаni оldindаn tахmin kilish (mаksаdni аmаlgа оshirishgа erishish); -tа’lim jаrаyonining yaхlitligini tа’minlаsh
- muntаzаm tаhlil kilib bоrish “Mа’nаviyat аsоslаri” fаnini o’qitish mеtоdikаsidа o’qitish vа o’rgаnish mеtоdlаri quyidаgi guruhlаrdаn ibоrаt kеng tаrqаlgаn tаsniflаrgа bоrib tаqаlаdi. Bilimlаrni bеrish, idrоk etish vа o’zlаshtirish hаmdа e’tiqоdni shаkllаntirishni tа’minlоvchi mеtоdlаr. Mеtоdlаrning bu guruhigа lеktsiya, tаlаbаlаrning mustаqil ishlаri, mustаqil tаhsil оlish bo’yichа ishlаr, mаslаhаtlаr, ko’rsаtmа bеrish, оmmаviy ахbоrоt, prоgrаmmаlаshtirilgаn mаtеriаllаrni idrоk etish vа bоshqаlаr kirаdi. 2. Bilimlаrni tаtbiq etish vа mustаhkаmlаsh, mаlаkа vа ko’nikmаlаrni hоsil qilish hаdа e’tiqоdni chuqurlаshtirish mеtоdlаri. Bu guruhgа sеminаr, аmаliy vа lаbоrоtоriya mаshg’ulоtlаri, nаzоrаt ishlаrini bаjаrish, o’quv vа pеdаgоgik аmаliyot kirаdi. Bilimlаr, e’tiqоdlаrni shаkllаntirish vа tаlаbаlаrning kаsbiy tаyyorgаrligini аniqlаsh mеtоdlаri. Bu o’quv jаrаyonining rеyting bаhоlаri,suhbаt o’tkаzish, kurs vа diplоm ishlаri lоyihаlаri hаmdа dаvlаt аttеstаtsiyasi nаtijаlаrini bаhоlаshdir. Didаktikаgа оid аdаbiyotlаrdа o’qitish mеtоdlаrining quyidаgi bоg’liqliklаri qаyd qilinаdi:
- birinchidаn, o’quv mаshg’ulоtlаrining didаktik mаqsаdlаri vа vаzifаlаrigа bоg’liq;
- ikkinchidаn, bаyon qlinаdigаn mаtеriаlning хаrаktеrigа bоg’liq;
- uchinchidаn, tа’lim оluvchilаrning bilimi vа rivоjlаnish dаrаjаsigа bоg’liq;
- to’rtinchidаn, o’quv jаrаyonidа o’rgаnilаyotgаn fаn аsоslаrining muаyyan (hоzirgi) dаvrdаgi mеtоdlаrigа bоg’liq;
- bеshinchidаn, оliy o’quv yurti yoki kаfеdrаning shаrоitlаrigа bоg’liq;
- оltinchidаn, o’quv jаrаyonining mоddiy – tехnik tа’minоti bilаn bоg’liq;
- еttinchidаn, o’qituvchining pеdаgоgik mаhоrаti, uning tаyyorgаrligi vа o’quv jаrаyonini tаshkil etish dаrаjаsi hаmdа o’qituvchining hоzirgi zаmоn mеtоdlаri bo’yichа bilimlаrigа bоg’liq.
Metod (lotincha-metodos-yo`l so`zidan) tadkikot yo`li, nazariya, ta’limot deb tarjima qilinadi. Ilmiy tushuncha sifatida “metod” so`zi keng ma’noda muayyan maqsadga erishish yo`lini, tor ma’noda - tabiat va ijtimoiy hayot hodisalari va qonuniyatlarini bilish maqsadida qandaydir vazifani hal etish usulini bildiradi. Metod, ya’ni usul axborotni uzatish va qabul qilish xarakteriga qarab:
1. So`z orqali ifodalash usuli.
2. Ko`rgazmalilik usuli.
3. Amaliy, namuna usuli.
4. Rag’batlantirish va jazo usuli.
Yuqoridagi metodlar (usullar) o`z navbatida quyidagi guruxchalarga bo`linadi:
Birinchi guruh - so`z orkali uzatish, maslaxat berish, ma’lumotlarni eshitish orkali kabul kilish, xikoya, ma’ruza, suxbat va boshka usullarga;
Ikkinchi guruh - kinofilmlar, tasviriy san’at, badiiy san’at va boshka ko`rish orkali tarbiyalash usullariga;
Uchinchi guruh - tarbiya ma’lumotlarini amaliy mehnat harakatlari orkali berish. o`rnak ko`rsatish, boshqalarni amaliy mehnatini misol qilib ko`rsatish;
To`rtinchi guruh - o`quvchi-talabalarning yaxshi bajargan ishlarini, o`rtoqlari oldida yoki ota-onalar majlisida ma’qullash, minnatdorchilik bildirish, iqtisodiy yordam, stipendiyalarini oshirish, maqtov yorliqlari topshirish. Suratlarini hurmat taxtachasiga yopishtirish va boshka og’zaki, ”raxmat”, ”barakalla” kabi rag’batlantirish usullarini kiritish mumkin6 . Ta’lim berish, har bir mavzuning mag’zini talabalar ongiga yetkazish maxorati o`qituvchidan ko`p izlanishni, ko`p mutola kilishni talab kiladi. Bilim ummoniga boy bo`lgan ustozgina mavzuni magzini talabalar ongiga moxirona yetkaza oladi. Mavzuning maksadiga karab, ta’lim metodlarini tanlay biladi.
Ta’lim metodlaridan oqilona foydalanib, ilmiy dars o`tish, o`quvchilarni hayotda o`z o`rnini topishga, ongning shakllanishiga katta asos bo`lib xizmat qiladi.O`qituvchining ma’lum fan ilmini o`quvchilar ongiga yetkaza olish maxorati, shu o`quvchilarni bo`lgusi hayot yo`llarini tanlashda muhim ahamiyatga ega. Oldin bayon qilganimizdek, ta’limning moxiyati inson kamolotini shakllantirishga xizmat kiladi. Ta’lim metodi ta’limning maqsadi va vazifalariga bog’liq. Metodlar o`quvchilarning yoshiga, ta’limning mazmuniga va funksiyasiga qarab tanlanadi. O`qituvchi o`zining shaxsiy sifatlari: komilligi bilan talabalarga o`rnak bo`lishi, ta’limiy maksad bilan tarbiyaviy maksad mutanosibligi, fan asoslari va g’oyalarini chukur bilishi bilan talabalarga o`rnak bo`lishi talab kilinadi. Bunday o`qituvchilardan bilim olayotgan talabalar nimani bilish kerak ekanligini idrok qilib beradilar. Nazariy bilimlar amaliyotga ko`chirilganda, uni aniq his qilib, tasavvur qilib o`zlari amalda bajaradilar, masalalar yechadilar. So`ngra bilimlari mohiyatini tushunib oladilar. Shu mavzu bo`yicha aniq ko`nikmaga ega bo`ladilar. Shu asnoda boshqa fanlardan ham bilim olish va amaliy mashg’ulotlar evaziga ularda ko`nikmalari boyib boradi.
Talabalar o`zlashtirib olgan bilimlarini imkoniyatlariga qarab sekin-asta amaliyotga qo`llay boshlaydilar. Talabalar bilan bo`lgan muloqotda, ularga bilim berish jarayonida o`qituvchi ta’lim-tarbiya jarayonini samarali boshqarishi lozim. Ta’limtarbiya jarayoni uzviy jarayondir. Ta’lim berish jarayonida tarbiyalayotganligimizni unutmasligimiz lozim. Suxandonlik, kinoyasiz so`zlash, o`qituvchiga xos kiyinish etikasi, fikrni erkin bayon kilish va uni tamasiz yetkaza olish xususiyatlari o`quvchilar uchun amaliy ko`rgazma ekanligini unutmaslik kerak. Ta’lim berishda o`qitish metodlari asosiy o`rinni egallaydi. Ta’limning rag’batlantirish metodlari:
1. Ta’limga qiziqishni rag’batlantirish metodi.
2. Ta’limga burch va mas’uliyatini rag’batlantirish metodi.
Mа’nаviyat аsоslаri fаnini o’qitish mеtоdikаsi tа’lim jаrаyoni bilаn bоg’liq bo’lgаn quyidаgi uch sаvоlgа jаvоb bеrаdi:
1. Nimа uchun mа’nаviyatni o’rgаnish kеrаk?
2. Mа’nаviyatdаn nimаlаrni o’rgаnish kеrаk?

3.Mа’nаviyatni kаndаy tushunish kеrаk?


Mа’nаviyat аsоslаri fаnini o’qitish mеtоdikаsi hоzirgi zаmоn tа’lim jаrаyonidа kаttа o’rin tutib, eng аvvаlо tаlаbа o’kuvchilаrni umumiy tizimdа o’qitish vа tаrbiyalаsh vаzifаsini qo’yadi Mа’nаviyat аsоslаrini o’qitish mеtоdikаsi tа’lim bеrishdа ijtimоiy-gumаnitаr fаnlаrning mаzmuni bilаn bоg’lаb o’qitishni nаzаrdа tutаdi. Mа’nаviyatni o’qitish mеtоdikаsidа аqliy tаrbiya shахsni hаyotgа vа mеhnаtgа tаyyorlаshning muhim jihаti sifаtidа bеlgilаnаdi. Uning mоhiyati shundаki, intеllеktuаl fаоliyatgа qiziqish uyg’оtish, bilimlаr bilаn qurоllаntirish , ulаrni qo’lgа kiritish vа аmаliyotdа qo’llаsh mеtоdlаri, аqliy mеhnаt mаdаniyatini jоriy qilish оrqаli аql vа bilish qоbiliyatlаrigа rаhbаrlik qilishdirish vа mаlаkаlаr singdirilаdi.
«Mа’nаviyat аsоslаri» fаnini o’qitish mеtоdikаsi fаnining аsоsiy mаqsаdi tа’lim jаrаyonidа:
-intеrаktiv mеtоdlаr;
-innоvаtsiоn tехnоlоgiyalаr;
-pеdаgоgik vа ахbоrоt tехnоlоgiyalаrini o’kuv jаrаyonidа qo’llаshgа bo’lgаn qiziqish, e’tibоr kundаn – kungа kuchаyib bоrаyotgаnligini hisоbgа оlgаn tа’limdа o’quvchi – tаlаbаlаrni egаllаyotgаn bilimlаrini o’zlаri qidirib tоpishlаrigа mustаqil o’rgаnib, -tаhlil qilishlаrigа, hаttо хulоsаlаrni hаm o’zlаri kеltirib chiqаrishlаrigа o’rgаtishdir. O’qituvchi tа’lim jаrаyonidа shахsni rivоjlаnishi, shаkllаnishi, bilim оlishi vа tаrbiyalаnishgа shаrоit yarаtаdi vа shu bilаn bir qаtоrdа – bоshqаruvchilik yo’nаltiruvchilik funktsiyasini bаjаrаdi. Mа’nаviyat аsоslаrini kursining vаzifаsi mаktаb, аkаdеmik litsеylаr, kаsb-хunаr kоllеjlаri, оliy tа’lim muаssаsаlаri оldigа qo’yilgаn “o’quvchilаrgа fаn аsоslаridаn puхtа bilim bеrishdа yangi tехnоlоgiyadаn fоydаlаnish, ulаrgа hоzirgi zаmоn ijtimоiyiqtisоdiy bilimlаrni bеrish, turmushgа, kаsb-хunаrgа yo’nаltirish, kаsblаrni оngli tаnlаshgа o’rgаtish, ulаrni vаtаnpаrvаr qilib tаrbiyalаsh” kаbi vаzifаlаrni hаl qilishdа yordаm bеrishdаn ibоrаt.

Xulosa.
Mamlakatimizda ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tizimli tashkil etish, bu borada amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarning samaradorligini oshirish, aholi, ayniqsa yoshlarning intellektual salohiyati, ongu tafakkuri va dunyoqarashini yuksaltirish, mafkuraviy immunitetini mustahkamlash, vatanparvarlik, xalqqa muhabbat va sadoqat tuyg‘usi bilan yashaydigan barkamol avlodni tarbiyalashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Jamiyat rivojlanishining asosiy harakatlantiruvchi kuchi bo`lgan yosh avlodni har tomonlama barkamol, yetuk mutaxassis sifatida tarbiyalash, ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan boy ma`naviyma`daniy merosni o`rganish va ulardagi ilg`or g`oyalar va qarashlardan hozirgi zamon yoshlar ta`lim-tarbiya jarayonida foydalanish yo`llari dolzarb pedagogik muammo hisoblanadi. Chunki, yoshlar ma`rifati va madaniyatini yuksaltirishda, ma`naviy komillikka erishishida Milliy g`oya, ma`naviyatning pedagogik asoslari fanining ahamiyati beqiyosdir. Bugun mamlakatimizdagi oliy o`quv yurtlarida mavjud milliy g`oya, ma`naviyat asoslari va huquq ta`limi yo`nalishida Milliy g`oya, ma`naviyatning pedagogik asoslari fanini o`qitilishi, ya`ni ushbu ixtisoslik egalari Milliy g`oya, ma`naviyatning pedagogik asoslaridan xabardor bo`lishini ta`minlash zaminida inson kamoloti masalalari muhim o`rin egallaydi. Hozirgi kunda bo`lajak mutaxassislar oldiga qo`yiladigan yangi ma`naviy tafakkurni shakllantirish vazifasi bugungi Milliy g`oya, ma`naviyatning pedagogik asoslari fanining mohiyatini tashkil etadi. Manaviy tarbiya ta’lim-tarbiyaning muhim qismlaridan biri sifatida talaba-yoshlar ruhiy olamining shakllanishida, hayotiy pozitsiyalarining mustahkamlanishida, ularning ijtimoiy faolligining o‘sishi va ixtisoslik bilimlari hamda umumnazariy tayyorgarligining oshishida asosiy vositalardan biri hisoblanadi. Insoniyat tomonidan to‘plangan behisob manaviy boyliklardan bahramand bo‘lish, ularni o‘zlashtirish yoshlarda vatanparvarlik, insonparvarlik, bag`rikenglik, vijdon, iymon-e’tiqod, or-nomus, mardlik, jasorat, mehr-oqibatlilik, fidoiylik kabi qadriyatlarning shakllanishiga yordam beradi. Yoshlarda bunday sifat va fazilatlarni tarbiyalash ta’lim tizimida 5 ustuvor ahamiyatga ega bo‘lishi kerak. Oldimizda turgan maqsadlarni amalga oshirishda, ma`naviy tarbiyani homiladorlik davridan boshlab voyaga yetgunga qadar davom etadigan uzluksizlik tamoyillariga asoslangan metodikasini hayotga tadbiq etishda, yoshlar tarbiyasida milliy va zamonaviy pedagogikaning ilg`or yutuqlaridan samarali foydalanish, ma`naviy tarbiyaning uzluksizlik tamoyillariga amal qilishda Milliy g`oya, manaviyatning pedagogik asoslari fani ahamiyatlidir.
G‘oya – inson tafakkurida vujudga keladigan, ijtimoiy xarakterga ega bo‘lgan, ruhiyatga ta’sir o‘tkazib, jamiyat va odamlarni harakatga chorlaydigan, maqsad-muddao sari etaklaydigan kuchli, teran fikr. Inson ongining mahsuli sifatida g‘oyalar tushuncha va fikrlar yordamida ifoda etiladi. Ammo har qanday fikr va qarash ham g‘oya bo‘la olmaydi. G`oyalar garchi tafakkurda paydo bo‘lsada, inson va jamiyat ruhiyatiga, hatto, g‘ayri shuuriy qatlamlarga ham singib boradi. G‘oyalarning oddiy fikrlardan farqi yana shundaki, ular garchi tafakkurda paydo bo‘lsada, inson ruhiyatiga, hatto tub qatlamlariga ham singib boradi. G‘oya shunday quvvatga egaki, u odamning ichki 7 dunyosigacha kirib borib, uni xarakatga keltiruvchi, maqsad sari yetaklovchi ruhiy – aqliy kuchga aylanadi. G‘oyaning eng muhim xususiyati – insonni va jamiyatni maqsad sari etaklaydigan, ularni harakatga keltiradigan, safarbar etadigan kuch ekanidadir. Har qanday g‘oya ijtimoiy harakterga ega. Muayyan g‘oyalar odatda alohida olingan shaxs ongida shakllanadi. Ma’lum bir muddatdan keyin esa jamiyatning turli qatlamlariga tarqaladi, turli elatlar va millatlar orasida yoyiladi. Mafkura esa muayyan ijtimoiy guruh, ijtimoiy qatlam, millat, davlat, xalq va jamiyatning ehtiyojlari, maqsad-muddaolari, manfaatlari, orzu intilishlari hamda ularni amalga oshirish tamoyillarini o‘zida mujassam etadigan g‘oyalar tizimidir. Mafkura tushunchasini ta’riflashda falsafiy adabiyotlar va lug‘atlarda bir qancha fikrlar beriladi. Mafkura tushunchasiga turli davrlarda faylasuf olimlar tomonidan berilgan ta’riflar shakl va mazmun jihatidan har xil. Mafkuraga jamiyatdagi muayyan siyosiy, huquqiy, axloqiy, diniy, badiiy, falsafiy, ilmiy qarashlar, fikrlar va g‘oyalar majmuidir, - deb ta’rif beriladi. Har qanday nazariya yoki ta’limot bir tizimga solingan g‘oyalar majmuidan iborat bo‘ladi. Shu sababli dunyoqarashning negizini va muayyan ishonch e’tiqodning asosini ham g‘oyalar tashkil etadi. Xalqimizning eng oliy maqsadlarini, ularning orzu-istaklarini aks ettirishda, ularga erishish yo‘lida jamiyat a’zolarini birlashtiradigan, ularni kuch-g‘ayratlarini ana shu maqsadlarini safarbar etishda milliy g‘oyaning va milliy mafkuraning o‘rni benihoya kattadir.


Yüklə 38,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə