2-modul. Taraqqiyotning “O„zbek modeli” va uning o„ziga xos xususiyatlari


О„zbekistonda siyosiy islohotlar. Milliy davlat boshqaruv tizimining



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/46
tarix22.03.2024
ölçüsü0,6 Mb.
#181490
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   46
\'12.12.2020 y ochiq dars ma’ruzasi

1. О„zbekistonda siyosiy islohotlar. Milliy davlat boshqaruv tizimining 
yaratilishi.
 
О„zbekistonda Prezidentlik institutining joriy qilinishi va takomillashuvi. 
XX asrning 80-yillari ikkinchi yarmida sobiq Ittifoqda rо„y bergan tanazzul 
О„zbekistonda Prezident lavozimini ta‟sis etish zaruriyatini keltirib chiqardi. 
Prezident lavozimining joriy etilishi respublika mustaqilligi uchun kurash 
kuchaygan va milliy davlatchilik rivojida prinsip jihatdan yangi bosqichga 
о„tilayotganligini anglatar edi. 
Shu bilan birga, respublikada prezidentlik instituti hokimiyat mexanizmining 
samaradorligini, mamlakatdagi barqarorlik, qonuniylik va huquq-tartibotning 
samaradorligini qat‟iyan oshirish vositasi bо„lib xizmat qilishi lozim edi. Ayniqsa, 
О„zbekiston kabi kо„p millatli mamlakatda ijtimoiy-iqtisodiy holat og„irlashib 
borayotgan bir davrda jamiyatni jipslashtirish yanada muhim edi. Bunday sharoitda 
siyosiy tizimning yangilanayotgan mexanizmi, avvalo, shunga kо„maklashmog„i, 
bu tizimning ishlarida ichki va tashqi siyosat, strategik yо„nalishlar va ularni 
amalga oshirish sohasidagi amaliy ishlar mujassamlashib, yaxlit harakatga 
aylanishi lozim edi. 
Prezident о„zining amaliy ishi bilan turli ijtimoiy-siyosiy harakatlar о„rtasida 
ijtimoiy muloqotni rivojlantirish uchun sharoit yaratishi, mamlakatda tinchlik va 
millatlararo totuvlikni ta‟minlashi, shuningdek, favqulodda vaziyatlarda – tabiiy 
ofatlarda, jamoat tartibi jiddiy buzilgan hollarda oliy vakolatlar sohibi bо„lgan 



tashkilotchi va muvofiqlashtiruvchi arbob sifatida ish kurishi kerak edi. Ayni 
vaqtda Prezident lavozimi ta‟sis etilgan taqdirda ham Oliy Sovet davlat 
hokimiyatining oliy organi bо„lib, u qonun chiqaruvchi, hukumat-ijrochi-
boshqaruvchi organ bо„lib qolaveradi. Prezident esa mazkur tizimda qonun 
chiqaruvchilik bilan ijrochilik faoliyatini о„zaro bog„laydigan mustahkam bо„g„in 
vazifasini bajaradi.
 
1990 yilda mazkur lavozim ta‟sis etilayotgan vaqtda bu lavozimning joriy 
etilishi Ministrlar Sovetining vakolatini cheklashi mumkin, degan xavotir ham 
bо„ldi. Biroq, hukumatning vakolatlari amalda о„zgarmay qoldi. Shu munosabat 
bilan Ministrlar Soveti о„z ishi tо„g„risida har yili Oliy Kengashga hisob beribgina 
qolmay, bu haqda Prezidentni muntazam xabardor qilib turishi belgilab qо„yildi. 
Ayni paytda hukumat, vazirliklar va davlat qо„mitalari qonunlar bilan bir qatorda 
о„z faoliyatida Prezident farmonlariga amal qilishlari shart ekanligi 
mustahkamlandi. Prezident huzurida tashkil egilgan organ Prezident Kengashi 
davlat vakolatlari bilan ta‟minlandi.
 
Davlat boshqaruvining mazkur zamonaviy va samarali shaklini yuzaga 
keltirishda xalqimizning davlatchilik sohasidagi kо„p ming yillik tarixiy tajribalari, 
diyorimizning muayyan shart-sharoitlari, xalqning an‟analari va mentaliteti, о„ziga 
xos xususiyatlari, shuningdek, hozirgi zamon ilg„or davlatlarining tajriba va 
yutuqlari nazarda tutildi. Qayd etish joizki, bugungi kunda BMTga a‟zo bо„lgan 
193 ta davlatdan 143 tasida, ya‟ni qariyb 75 foizida Prezident lavozimi ta‟sis 
etilgan.
 
Respublikamizda prezidentlik lavozimi murakkab vaziyatda ta‟sis etildi. 
Qayta qurish, oshkoralik vaziyatida xalq xо„jaligini rivojlantirish, aholiga zarur 
turmush sharoitlarini yaratib berishda kо„plab murakkab, hal qilinmagan 
muammolar borligi aniqlandi. Ayrim viloyatlarda ijtimoiy-siyosiy vaziyat izdan 
chiqqan, qonunni buzish hollari kо„paygan edi. Xalq bunday noqonuniy xatti-
harakatlarning zudlik bilan payini qirqishni talab qilayotgan edi. Bularning 
barchasi prezident lavozimini kechiktirmasdan joriy etishni talab qildi. О„zbekiston 
SSRning birinchi Prezidenti istisno tariqasida respublika Oliy Kengashining 1990 
yil 24 martdagi sessiyasida saylandi. Islom Abdug„aniyevich Karimov yashirin 
ovoz berish yо„li bilan О„zbekiston SSRning Prezidenti etib saylandi. 
L.Levitin va D.S.Karlaylning “Islom Karimov – yangi О„zbekiston 
Prezidenti” nomli kitobida shunday deyiladi: “1990 yilning mart oyida Islom 
Karimov о„sha paytdagi ittifoqdosh respublikalar rahbarlari orasida birinchi bо„lib 
Prezidentlikka saylandi. Moskva buni juda salbiy qabul qildi. Gorbachyov 
ochiqdan-ochiq g„azablandi. Boshqa respublikalar rahbarlari esa, Karimovning 
Prezidentlikka saylanganini qalban qо„llab-quvvatlasa-da, unga havas qilsa-da, 
televideniye va minbarlarda Gorbachyovning “16 prezidenti bor davlat qanday 
davlat bо„ladi”, degan sо„zlarini qaytarish bilan band bо„ldilar. (Bu 
Gorbachyovning navbatdagi mantiqiy fikri edi yangidan paydo bо„layotgan dav-
latlar ittifoqida 16 ta parlament raislari bо„lishi mumkin emishu, 16 ta Prezident 
bо„lishi mumkin emas emish). Karimovdan qutulish uchun tazyiqning barcha 
yо„llaridan foydalanib kо„rishdi. Gorbachyov uni о„taketgan amalparast deb 



aybladi. Bu vaqtda, men ishonamanki, Karimov haqoratlangan va xо„rlangan 
О„zbekistonning obrо„sini kо„tarish haqida о„ylardi. 1990 yilning 26 martida 
О„zbekiston Oliy Kengashi Prezidentlikni joriy etdi va meni shu lavozimga 
sayladi. Shundan sо„ng men Moskvaga – SSSR Davlat Kengashi yig„ilishiga 
keldim. Gorbachyov meni О„zbekiston Prezidenti deya piching, haqoratomuz 
sо„zlar bilan kengash a‟zolariga tanishtirdi va tartibga solib qо„yishga va‟da berdi. 
Bu yerda u prezidentlikni bekor qilishni nazarda tutdi. Men unga shunday javob 
berdim: “Agar suhbat shunday davom etadigan bо„lsa, men Kengashni tashlab 
ketaman”. Sо„ng Moskva har qanday yо„l bilan bо„lsa ham meni olib tashlashga 
urindi, ammo hech narsaga erisha olmadi. Kuchlar endi boshqacha edi. Meni 
qо„llab-quvvatlagan xalq ham boshqacha fikrlay boshlagandi”. Bu kurashda 
Karimov о„zi va xalqi uchun hamma narsaga tayyor yо„lboshchi sifatida g„olib 
chiqdi”
(

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə