2. Moliya / Banklar va boshqa kredit muassasalari. Kreditlar]



Yüklə 153,78 Kb.
səhifə1/3
tarix12.05.2023
ölçüsü153,78 Kb.
#109781
  1   2   3
601 14.10.2022




[OKOZ:

1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.06.00 Kreditlashning alohida turlari / 07.22.06.03 Uy-joy qurilishini kreditlash. Ipoteka;

2.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xo‘jalik / 08.04.00.00 Uy-joy qurilishi, saqlab turilishi va ta’mirlanish xarajatlarini to‘lash (kreditlar, kompensatsiyalar, subsidiyalar, imtiyozlar)]

[TSZ:

1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Ijtimoiy sug‘urta, ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy himoya;

2.Moliya / Banklar va boshqa kredit muassasalari. Kreditlar]

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Aholiga ipoteka krediti va uy-joy sotib olish uchun subsidiya ajratish jarayonlarini soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ipoteka kreditidan foydalanishda aholiga qo‘shimcha qulayliklar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2022-yil 22-sentabrdagi PQ-377-son qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek, fuqarolarga ipoteka krediti va subsidiya ajratish jarayonidagi byurokratiyani keskin qisqartirish hamda ushbu jarayonlarni raqamlashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Belgilansinki, 2022-yil 1-dekabrdan boshlab:
a) subsidiya ajratiladigan talabgorlarni tanlab olish bo‘yicha komissiyalar tarkibi maqbullashtirilib, undan Yoshlar ishlari agentligining tuman (shahar) bo‘limi boshlig‘i va tuman (shahar) aholi bandligiga ko‘maklashish markazi direktori chiqariladi;
b) subsidiya olish uchun arizani aholi bandligiga ko‘maklashish markazlari, Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmalari, Yoshlar ishlari agentligining tuman (shahar) bo‘limlari va tuman (shahar) hokimligi tomonidan ko‘rib chiqish (baholash) tartibi bekor qilinadi. Bunda mazkur tashkilotlarning ma’lumotlari “subsidiya.idm.uz” dasturiy ta’minoti orqali avtomatik tarzda shakllantiriladi;
v) subsidiya ajratish maqsadida uy-joyga muhtoj fuqarolarni aniqlashning ijtimoiy mezonlari doirasida quyidagilar ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan ayrim shaxslar toifasiga kiritiladi:
yosh oilalar, shu jumladan, 30 yoshdan oshmagan fuqarolar;
olis va chekka hududlarda joylashgan budjet tashkilotlariga boshqa hududlardan mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun kelgan oliy ma’lumotli mutaxassislar va (yoki) tibbiyot xodimlari.
2. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi 2022-yil 1-noyabrga qadar Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining “Labor — migration” dasturi va Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligining Milliy geografik axborot tizimi portali “subsidiya.idm.uz” dasturiy ta’minotiga integratsiya qilinishini ta’minlasin. Bunda:
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi aholining “Labor — migration” dasturida ro‘yxatdan o‘tganligi hamda xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni;
Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi tomonidan aholining nomida respublikaning barcha hududlaridagi o‘z mulkida bo‘lgan uy-joylari to‘g‘risidagi ma’lumotlar “subsidiya.idm.uz” dasturiy ta’minotiga real vaqt rejimida taqdim etib borilishi nazarda tutilsin.
3. Moliya vazirligi tomonidan joylashtirilgan mablag‘lar hisobidan ipoteka krediti ajratishda qarz oluvchilarga qarz yukining eng yuqori chegarasi hamda subsidiya olish uchun bir kalendar yilda ikki marta ariza berish bo‘yicha belgilangan cheklovlar bekor qilinsin.
4. Moliya vazirligi, Markaziy bank hamda Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi 2022-yil 1-noyabrga qadar 2020 — 2022-yillar dasturi doirasida subsidiya ajratish to‘g‘risida xabarnoma olgan fuqarolarga ipoteka krediti foizlarining bir qismini qoplash bo‘yicha to‘lanmay qolgan subsidiyalarni to‘liq to‘lash choralarini ko‘rsin.
5. Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi hamda Moliya vazirligining 2021-yil dasturi doirasida subsidiya ajratish to‘g‘risida xabarnoma olgan Toshkent shahrida doimiy ro‘yxatda turadigan fuqarolarga Toshkent viloyatida qurilgan uy-joylarni ipoteka krediti asosida sotib olish huquqini berish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.
6. Belgilansinki, 2022-yil dasturi doirasida subsidiya ajratish to‘g‘risida xabarnoma olgan fuqarolarga ipoteka krediti to‘lov layoqati va boshqa shaxslarni jalb qilish huquqidan kelib chiqib, tegishli hudud uchun belgilangan ipoteka kreditining eng ko‘p miqdorigacha ajratiladi.
7. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga 1-ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
Belgilansinki, mazkur qarorga 1-ilova 2022-yil 1-dekabrdan boshlab kuchga kiradi, 1-ilovaning 1-bandi “a”, “e” va “j” kichik bandlari hamda 2-bandi bundan mustasno.
8. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri J.A. Qo‘chqorov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2022-yil 14-oktabr,
601-son
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-oktabrdagi 601-son qaroriga
1-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 25-martdagi 182-son qarori bilan tasdiqlangan Uy-joy sotib olish yoki yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilish uchun fuqarolarga subsidiya to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomda:
a) 5-bandning to‘rtinchi xatboshisi quyidagi mazmundagi jumla bilan to‘ldirilsin:
“Bunda ipoteka krediti Toshkent viloyati uchun belgilangan ipoteka kreditining eng ko‘p miqdori doirasida ajratiladi hamda boshlang‘ich badal bo‘yicha subsidiya to‘lovi uy-joy joylashgan tuman (shahar) moliya bo‘limi tomonidan amalga oshiriladi”;
b) 7-bandda:
ikkinchi xatboshidan “Davlat kadastrlari palatasi va” so‘zlari chiqarib tashlansin;
uchinchi xatboshidagi “aholi bandligiga ko‘maklashish markazi, mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash bo‘limlari, Yoshlar ishlari agentligining tuman (shahar) bo‘limi va tuman (shahar) hokimligi” so‘zlari “tuman (shahar) hokimligi moliya bo‘limlari, tuman (shahar) oila va xotin-qizlar bo‘limlari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
v) 10-bandning uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Zarur hollarda ayrim toifadagi shaxslar (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat xavfsizlik xizmati, O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati, Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiya va boshqa harbiy tuzilmalarning xodimlari (harbiy xizmatchilaridan tashqari) va davlat hisobidan uy-joylar bilan ta’minlanmagan nafaqadagi harbiy xizmatchilar tomonidan oylik daromadlari to‘g‘risidagi ma’lumotnoma Davlat xizmatlari markazi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyasiga taqdim etiladi”;
g) 15-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“15. Davlat xizmatlari markazi, komissiya hamda mas’ul tashkilotlar o‘rtasida axborot almashinuvi elektron raqamli imzoni (keyingi o‘rinlarda — ERI) majburiy tartibda qo‘llash orqali faqat idoralararo o‘zaro elektron bog‘lanish yordamida amalga oshiriladi.
Mas’ul tashkilot rahbarlari tomonidan subsidiya.idm.uz dasturiy ta’minot tizimida ariza beruvchini ijtimoiy mezonlar bo‘yicha baholash uchun mas’ul xodim ichki buyruq asosida biriktiriladi.
Biriktirish to‘g‘risidagi ma’lumotlar tizim administratoriga elektron shaklda yuborilishi uchun komissiya kotibiga taqdim etiladi.
Mas’ul tashkilotlar yetti ish kunida ariza beruvchining ijtimoiy mezonlarga muvofiqligini taqdim etilgan hujjatlar asosida tashkilotlarda mavjud ma’lumotlar bazasi bilan solishtirgan holda o‘rganib chiqadi va YIDXPda onlayn elektron shaklda quyidagi ma’lumotlarni:
tibbiyot birlashmasi — ariza beruvchi va uning oila a’zolari orasida surunkali kasallikning og‘ir turlaridan azob chekuvchi va Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan ro‘yxatga muvofiq alohida xonada yashashga muhtoj bo‘lgan shaxslar, birinchi guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarning, yolg‘iz o‘zi og‘ir nogironlikka olib keluvchi kasallikka chalingan bolani parvarishlayotgan ayollarning mavjudligini;
davlat soliq inspeksiyasi — soliq to‘lovchining jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSh ShIR) bo‘yicha ariza beruvchi va oila a’zosi sifatida keltirilgan shaxslarning (arizada “Labor — migration” dasturida ro‘yxatdan o‘tganligi ko‘rsatilgan ariza beruvchi bundan mustasno) daromadlarini aniqlaydi.
Bunda davlat soliq inspeksiyasidan ariza beruvchi va oila a’zolarining daromadlari bo‘yicha ball berilmagan taqdirda, ariza boshqa mas’ul tashkilotlar tomonidan ko‘rib chiqilmaydi va avtomat ravishda subsidiya ajratishni rad etish bo‘yicha komissiya kotibiga yuboriladi;
tuman (shahar) oila va xotin-qizlar bo‘limlari — ariza beruvchining og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlar, nogironligi bo‘lgan, farzandlarini to‘liqsiz oilada tarbiyalayotgan, uy-joy sharoitini yaxshilashgan muhtoj onalar toifasiga mansubligini;
tuman (shahar) hokimligi moliya bo‘limi — ariza beruvchining olis va chekka hududlarda joylashgan budjet tashkilotlariga boshqa hududlardan mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun kelgan oliy ma’lumotli mutaxassis va (yoki) tibbiyot xodimi ekanligini tasdiqlaydi”;
d) quyidagi tahrirdagi 151-band bilan to‘ldirilsin:
“151. Ariza beruvchini quyidagi ijtimoiy mezonlar bo‘yicha baholash (aniqlash) subsidiya.idm.uz dasturiy ta’minot tizimida avtomatlashtirilgan tarzda amalga oshiriladi:
ariza beruvchining “Labor — migration” dasturida ro‘yxatdan o‘tganligi, xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotganligi;
ariza beruvchining yosh oilalar toifasiga mansubligi va 30 yoshdan oshmagan fuqaro ekanligi;
ariza beruvchida, shu jumladan, uning turmush o‘rtog‘ining nomida respublikaning barcha hududlari miqyosida mulk huquqi bilan turar joyning mavjud yoki mavjud emasligi”;
e) 30-bandda:
birinchi xatboshidagi “yakuniy xulosa beradi” so‘zlari “tasdiqlash uchun komissiyaga kiritadi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
uchinchi va to‘rtinchi xatboshilar tegishlicha ikkinchi va uchinchi xatboshilar deb hisoblansin;
j) 39-banddan “(bir kalendar yilda ikki marta)” so‘zlari chiqarib tashlansin;
z) 1-ilovaning III bobi quyidagi tahrirda bayon etilsin:




Yüklə 153,78 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə