2. Moliya / Banklar va boshqa kredit muassasalari. Kreditlar]


Bosqichlar Subyektlar



Yüklə 153,78 Kb.
səhifə3/3
tarix12.05.2023
ölçüsü153,78 Kb.
#109781
1   2   3
601 14.10.2022

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Ariza beruvchi

Ariza beruvchi subsidiya olish uchun tuman (shahar) davlat xizmatlari markaziga o‘zi kelib murojaat etadi yoki O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali mustaqil ravishda anketa-arizani elektron tarzda istalgan vaqtida to‘ldiradi.

Yil davomida (haftaning dushanba — juma kunlari soat 9.00 dan 18.00 gacha)*

2-bosqich

Tuman (shahar) davlat xizmatlari markazi

1. Anketa-ariza va unga ilova qilingan hujjatlar tuman (shahar) davlat xizmatlari markazi tomonidan ro‘yxat bo‘yicha qabul qilinadi.
2. Tuman (shahar) davlat xizmatlari markazi arizalarni qayd qilinishi navbatligiga ko‘ra tuman (shahar) tibbiyot birlashmasi, davlat soliq inspeksiyasi, tuman (shahar) oila va xotin-qizlar bo‘limiga elektron shaklda taqdim etadi.

1 ish kuni mobaynida

3-bosqich

Tibbiyot birlashmasi

Ariza beruvchi va uning oila a’zolari orasida surunkali kasallikning og‘ir turlaridan azob chekuvchi va O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan ro‘yxatga muvofiq alohida xonada yashashga muhtoj bo‘lgan shaxslarning mavjudligi, ariza beruvchining oila a’zolari orasida birinchi guruh nogironi mavjudligi, yolg‘iz o‘zi og‘ir nogironlikka olib keluvchi kasallikka chalingan bolani parvar?sh�ayotgan ayollar to‘g‘risidagi ma’lumotni dasturiy ta’minotga kiritadi va tasdiqlaydi.

10 ish kuni m?baynida

Davlat soliq inspeksiyasi

Soliq to‘lovchining jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSh ShIR) bo‘yicha ariza beruvchi va oila a’zosi sifatida keltirilgan shaxslarning (arizada ko‘rsatilgan holatlarda) daromadlarini dasturiy ta’minotga kiritadi va �asdiqlaydi.

10 ish kuni mobaynida

Tuman (shahar) oila va xotin-qizlar bo‘limi

Ariza beruvchining og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlar, nogironligi bo‘lgan, farzandlarini to‘liqsiz oilada tarbiyalayotgan, uy-joy sharoitini yaxshilashgan muhtoj onalar toifasiga mansubligini dasturiy ta’minotga kiritadi va tasdiqlaydi.

10 ish kuni mobaynida

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi
(subsidiya.idm.uz dasturiy tizimida avtomatlashtirilgan tarzda)

1. Ariza beruvchining “Labor — migration” dasturida ro‘yxatdan o‘tganligi, xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotganligini (oshirganligini) aniqlaydi.
2. Ariza beruvchining yosh oilalar toifasi�a mansubligini va 30 yoshdan oshmagan fuqaro ekanligini aniqlaydi.
3. Ariza beruvchida, shu jumladan, uning turmush o‘rtog‘ining nomida respublikaning barcha hududlari miqyosida mulk huquqi bilan turar joyning mavjud yoki mavjud emasligini aniqlaydi.

3 ish kuni mobaynida

4-bosqich

Komissiya raisi

Tanlov natijalari yuzasidan subsidiya ajratish yoki ajratishni rad etish to‘g‘risida QR-kod qo‘yilgan qaror qabul qiladi va Davlat xizmatlari markazi orqali elektron tarzda ariza beruvchiga yuboradi.

1 ish kuni mob?ynida

5-bosqich

Talabgor

O‘zining daromadi va imkoniyatlaridan kelib chiqib mo‘ljallayotgan uy-joyni ipoteka krediti orqali sotib olish bo‘yicha xususiy qurilish (pudrat) tashkiloti bilan shartnoma tuzadi.

Subsidiya berish to‘g‘risidagi qarorni olgandan so‘ng

Ipoteka kreditini belgilangan tartibda rasmiylashtirish uchun talabgor istalgan ishtirok etuvchi tijorat bankiga kvartira sotib olish uchun subsidiya ajratish to‘g‘risidagi xabarnomani va uy-joyni ipoteka shartlari asosida sotib olish bo‘yicha qurilish tashkiloti bilan tuzilgan shartnomani hamda fuqaro o‘ziga tegishli bo‘lgan badal mablag‘larini bankdagi hisobvarag‘iga joylashtirganligi to‘g‘risidagi ma’lumotnomani hamda bank tomonidan belgilangan boshqa hujjatlarni taqdim qiladi.

Xabarnoma amal qilish muddatining oxirgi kunigacha

Qurilgan va rekonstruksiya qilingan yakka tartibdagi uy-joyning kadastr hujjatlarini hamda bank tomonidan belg�langan boshqa hujjatlarni taqdim qiladi.

Kadastr hujjatlari taqdim etilgandan so‘ng 3 ish kuni mobaynida

6-bosqich

Ishtirok etuvchi tijorat banki

Ishtirok etuvchi tijorat banki talabgorning hujjatlarini o‘rganib chiqadi.

5 ish kuni mobaynida

7-bosqich

Ishtirok etuvchi tijorat banki

1. Talabgor bilan ipoteka kreditini ajratish to‘g‘risida shartnoma imzolaydi hamda ipoteka kreditini rasmiylashtiradi.
2. Talabgor tomonidan sotib olinadigan uy-joy (kvartira)ning kadastr hujjatlari taqdim etilgandan so‘ng tijorat banki tuman (shahar) moliya bo‘limlariga boshlang‘ich badalning bir qismini qoplash uchun kadastr hujjatlarini ilova qilgan holda subsidiya summasini to‘lashga buyurtmanomani yuboradi.

1 ish kuni ichida

8-bosqich

Hududiy moliya bo‘limi

Sotib olinayotgan uy-joy (kvartira) uchun ajratilgan ipoteka krediti bo‘yicha boshlang‘ich badalning bir qismini qoplash uchun subsidiya summasini tijorat banki tomonidan ko‘rsatilgan hisobvaraqqa o‘tkazib beradi.

4 ish kuni mobaynida

9-bosqich

Ishtirok etuvchi tijorat banki

Ipoteka kreditini ajratish to‘g‘risida shartnoma va unga ilova (to‘lovlar jadvali)ni ipoteka krediti foizini har oyda to‘lab borish uchun subsidiya ajratilishi bo‘yicha tegishliligiga ko‘ra bank bosh ofisi orqali Moliya vazirligiga yuboradi.

Ipoteka krediti taqdim etilgandan so‘ng birinchi to‘lov kuniga qadar

Qurilgan va rekonstruksiya qilingan yakka tartibdagi uy-joylar kadastr hujjatlari taqdim etilgandan so‘ng ipoteka krediti foizini har oyda to‘lab boradi.

1 ish kuni mobaynida

10-bosqich

Moliya vazirligi

Ipoteka foizlarining bir qismini qoplash uchun mablag‘larni markazlashgan tartibda o‘tkazib boradi.

Har oyning 25-kunigacha

”.

l) 5-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“ANKETA-ARIZA

Ariza № _________________

Qabul qilish sanasi________

Qabul qilgan shaxs _________

1. _______________

_________________

_________________

(familiyasi)

(ismi)

(otasining ismi)

2. Manzil:____________

________________

________________

(aholi punkti)

(tuman, shahar)

(viloyat)

3. Tug‘ilgan sanasi

4. Jinsi

___ /_____ / ______

____ ayol _____ erkak

5. Oilaviy ahvolingiz:

6. Pasport bo‘yicha jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqamingiz (JSh ShIR)*:

bo‘ydoq / turmushga chiqmagan_____

uylangan / turmushga chiqqan _____

ajrashgan _____

beva _____

7. Turmush o‘rtog‘ining pasport bo‘yicha jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami

8. Kafil sifatida ishtirok etadigan farzandingizning:

9. Kafil farzandingizning oilaviy ahvoli:

_________________

_____________________

_____________________

(JSh ShIR)

(JSh ShIR)

(turmushga chiqqan yoki chiqmagan)

_____________________

_____________________

(JSh ShIR)

(turmushga chiqqan yoki chiqmagan)

10. Quyidagi shaxslar Sizning oilangizda yashaydimi? Agar yashasa, sonini ko‘rsating:

1) Birinchi guruh nogironi ____ kishi.

2) Surunkali kasalliklarning og‘ir turlaridan azob chekuvchilar ____ kishi.

3) Og‘ir nogironlikka olib keluvchi kasallikka chalingan bolani parvarishlayotganligingiz.

11. Sizning hozirgi uy-joyingizning huquqiy maqomi:

12. Ipoteka kreditini qaysi maqsadda olmoqchisiz:

13. Siz bilan bog‘lanish uchun ma’lumotlar?

_____ mulk

Birlamchi bozordan kvartira______

el.pochta __________

_____ ijara

Yakka tartibdagi uy-joyni qurish yoki rekonstruksiya qilish ___________

uy tel: ___________

_____ mulkdor ruxsati bilan bepul yashash

ish tel: ___________

uyali tel: __________

14. Siz quyidagi fuqarolar toifalariga mansubmisiz? Agar mansub bo‘lsangiz, qaysiligiga ko‘rsating:

“Labor migration” dasturida ro‘yxatdan o‘tgan (ha/yo‘q) _______;

og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan ayollar (ha/yo‘q) _______;

Olis va chekka hududlarda joylashgan budjet tashkilotlariga boshqa hududlardan mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun kelgan oliy ma’lumotli mutaxassis va (yoki) tibbiyot xodimi (ha/yo‘q) _______;

Harbiylashtirilgan organlarga aloqangiz bormi?________ agar bo‘lsa:

xodim_____

harbiy_____

nafaqadagi harbiy _____.

Men uy-joy olish hamda uy-joy uchun subsidiya olishdan manfaatdorligimni bildiraman va yuqorida ko‘rsatilgan ma’lumotlarning haqiqiyligini tasdiqlayman va tegishli ma’lumotlarning oshkor etilishiga roziligimni bildiraman.

______________

__________

__________

_________

imzo

yil

kun

oy


* JSh ShIRni aniqlash quyida ko‘rsatilgan (bu erda JSh ShIR raqami sariq rang bilan belgilangan — 30101800050014 raqami)”.
2. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 5-fevraldagi 56-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan joylashtirilgan mablag‘lar hisobidan ipoteka kreditlari ajratish tartibi to‘g‘risidagi nizomda:
a) 16-bandning “v” kichik bandi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
b) 24-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“24. Pudrat tashkilotlari tomonidan yangi tartib doirasida qurilgan, shuningdek, qarzdorlik evaziga bank balansiga qabul qilingan yangi qurilgan kvartiralarni birlamchi uy-joy bozorida sotib olish hamda yakka tartibdagi uy-joyni qurish (rekonstruksiya qilish) ishlari uchun berilishi mumkin bo‘lgan ipoteka kreditining eng ko‘p miqdori ushbu Nizomning 28-bandida belgilangan miqdorlardan oshib ketmasligi lozim”;
v) 26-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“26. Subsidiya xabarnomasini olgan fuqaro bankka ipoteka krediti olish uchun ariza taqdim etayotgan davrda ushbu Nizomning 16-bandida belgilangan qarz oluvchilarning muvofiqlik mezonlariga to‘liq javob bermay qolgan hollarda bank ajratiladigan ipoteka krediti miqdorini kamaytirishi yoki ipoteka krediti ajratishni rad etishi mumkin”;
g) 28-bandning birinchi xatboshisi “Tayyor holda topshirish sharti bilan” so‘zlaridan keyin “yoki tayyor holda topshirish shartisiz (xonalarga bo‘lingan va pardoz ishlariga tayyor holda)” so‘zlari bilan to‘ldirilsin.
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-oktabrdagi 601-son qaroriga
2-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z kuchini yo‘qotgan deb e’tirof etilayotgan ayrim qarorlari
RO‘YXATI
1. Vazirlar Mahkamasining “Ko‘p kvartirali uylarni qurish va rekonstruksiya qilishni moliyalashtirish, shuningdek yosh oilalarga, eskirgan uy-joylarda yashayotganlarga va uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj bo‘lgan fuqarolarning boshqa toifalariga sotish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2017-yil 16-yanvardagi 14-son qarori.
2. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Bandlik sohasida davlat siyosatini yanada takomillashtirish va mehnat organlari faoliyati samaradorligini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 24-maydagi PF-5052-son Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 24-maydagi PQ-3001-son qarori)” 2017-yil 8-sentabrdagi 703-son qaroriga ilovaning 44-bandi.
3. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida” 2017-yil 5-iyuldagi PF-5106-son Farmoni)” 2017-yil 12-sentabrdagi 712-son qaroriga ilovaning 34-bandi.
4. Vazirlar Mahkamasining “Doktorantlarning ilmiy-tadqiqot ishlari bilan shug‘ullanishlari uchun moddiy shart-sharoitlar yaratish va mehnat faoliyatini yanada rag‘batlantirish to‘g‘risida” 2017-yil 17-oktabrdagi 839-son qaroriga 2-ilovaning 2-bandi.
5. Vazirlar Mahkamasining “Qurilish sohasida davlat boshqaruvi tizimining tubdan takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” 2019-yil 14-iyundagi 498-son qaroriga 1-ilovaning 36-bandi.
6. Vazirlar Mahkamasining “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti tizimi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2019-yil 21-oktabrdagi 889-son qaroriga ilovaning 8-bandi.
7. Vazirlar Mahkamasining “Tibbiy-ijtimoiy ekspertiza xizmati tashkiliy tuzilmasini va faoliyatini tashkil etishga oid normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida” 2022-yil 8-fevraldagi 62-son qaroriga 12-ilovaning 60-bandi.


(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.10.2022-y., 09/22/601/0931-son)

Yüklə 153,78 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə