2. Tayyorlov davri Musobaqa davri


Sportda «uzoq yillar yashash» bosqichi



Yüklə 48,8 Kb.
səhifə11/12
tarix16.02.2023
ölçüsü48,8 Kb.
#100943
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
DAVRLAR

Sportda «uzoq yillar yashash» bosqichi. Mashg‘ulot qanday tarz da o‘tkazilmasin, ertami yoki kechmi organizmning funksional va adaptatsion imkoniyatlari yosh o‘tishi tufayli pasaya boshlaydi. Bu chegara individual bo‘lib, juda ko‘p shart-sharoitlarga bog‘liq. Sportning ayrim turlarida (stayer yugurishi, chang‘i sporti, hatto og‘ir atletika va boshqalarda) sportchilar 40 yoshdan oshganlaridan keyin ham o‘sishda davom etgan hollar mavjud.
Shunday bo‘lsa ham mashg‘ulot jarayoni, yuksak darajadagi umumiy ish qobiliyatini, shuningdek, maхsus fazilatlar va malakalarni mumkin qadar uzoq vaqt saqlab turish uchun, odatda, 35–40 yosh orasida o‘zgaradi. Ilgari erishilganlar ham (ayniqsa teхnik va taktik tayyorgarlik bo‘limi bo‘yicha) ma’lum miqdorda takomillashtiriladi.
Mazkur bosqichda mashg‘ulotning mazmuni o‘zining хarakteri jihatidan yildan-yilga umumiy jismoniy tayyorgarlikka yaqinlasha boradi. Musobaqalarning roli va o‘rni kamayadi. Yuklamalarning o‘sa borish holati endi faqat uncha ko‘p bo‘lmagan vaqt doirasida saqlanadi va faqat mashqlarning ayrim guruhlarigagina taalluqli bo‘ladi. Shunga muvofiq mashg‘ulot jarayonining tuzili shi ham qayta ko‘rib chiqiladi. Davrlar o‘rtasidagi chegaralar go‘yo yo‘qolib ketgandek bo‘ladi.
Mashg‘ulot tuzilishining ritmiga va boshqa jihatlariga ko‘proq mehnat faoliyatining mazmuni ta’sir ko‘rsata boshlaydi.
Sport mashg‘ulotining ko‘p yillik jarayonidagi asosiy bosqichlarning umumiy belgilari ana shulardan iborat.

XULOSА
Oʼzbekistonda jismoniy tarbiya va sport tizimini shakllantirish, uni yanada ommaviylashtirish hamda aholining kundalik yehtiyojiga aylantirish ushbu sohani ilmiy asosda tashkil qilishni taqazo yetadi. Ayniqsa oʼzbek sportini raqobatbardosh bosqichga koʼtar ish, uni xalqaro miqyosga olib chiqish faqat ilmiy izlanishlar, chuqur tadkiqotlar yevaziga amalga oshirilishi mumkin. Binobarin, soxa boʼyicha taʼlim olayotgan har bir boʼlajak mutaxassis ilmiy-nazariy jihatdan toʼla-toʼkis qurollangan, oʼz kasbining ustasi, zamonaviy, ilgʼor ilmiy-tadqiqot uslublarini oʼzlashtirgan boʼlishi tozim. Institut talabalari, shu jumladan basketbol boʼyicha oʼquv rejasidagi barcha fanlar qatori ilmiy-tadqiqot ishlari boʼyicha ham zarur bilim, malaka va koʼnikmalami yegallashlari shart. Talabalaming ilmiy-tadqiqot ishlari birinchi navbatda sportchilaming umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarligi hamda texnik- taktik malakalarini takomillashtirishga, oʼquv trenirovka jarayonini shakllantirish, jumladan qoʼllaniladigan trenirovka va musobaqa yuklamalarini sportchining jismoniy-funksional imkoniyatlariga muvofiqligini aniqlashga qaratilishi darkor.
Hujumda oʼyin taktikasi rivojlanishining zamonaviy tendensiyalari avvalo jamoaviy kelishilgan harakatlar va hujumni rivojlantirish tezligini oshirish vazifalarini hal yetilishida ifodalanadi. Birinchi tempdagi hujumda yutib olingan ochkolar foizi doimo oʼsib boradi. Biroq oʼyinni jadallashtirish gʼoyasini tezlashtirish mutlaqlashtirish oʼyinchilar harakatida maqsadga muvofiqlik tamoyilining buzilishiga ham olib keladi. Hujum tezligini oshirishga intilish amaliyotda toʼpni qabul qilish trayektoriyasi pasaytirilishiga va hujumchi sakrashda zarba berishdan foydalanishiga olib keladi. Standart, oson vaziyatlarda toʼpni past qabul qilish ham, hujumchi sakrashda zarba berishi ham, raqibga qaraganda hujum qilayotgan jamoaga koʼproq muammolar keltiradi. Pasaytirilgan trayektoriyada qabul qilishda toʼp baʼzida raqib tomonga uchib oʼta olmaydi yoki yuqori tros zonasiga tushadi, bunda, ayniqsa, toʼr chetidan uzatishni bajarishda toʼpni oʼynash qiyinlashadi. Toʼpni qabul qilishning past trayektoriyasi koʼpincha bogʼlovchi oʼyinchiga uzatishning yoʼnalishini qiyinlashtiradi, bu yesa toʼsiqchilar harakatini yengillashtiradi. Bunda raqib jamoasi toʼsiqchilari, toʼp uzatilganda, doimiy tayyorgarlik holatida turadilar va koʼproq oʼz hujumchilari harakatlariga yeʼtibor qaratadilar. Ular ham himoyachilar ham, hujumga qarshi turishga doimo tayyor boʼladi. Toʼpni qabul qilish balandligi ular uchun muhim ahamiyatga yega boʼlmaydi. Jamoa oʼyinining har qanday taktikasi uning oʼyinchilarini individual, guruhli va jamoaviy harakatlaridan vujudga keladi. Hujum oʼyinidagi jamoaviy taktika oldingi chiziqdagi yoki orqa qatordan chiquvchi bogʼlovchi oʼyinchi orqali amalga oshiriladi. Jamoa hujumi birinchi uzatishdan ham, ikkinchi uzatishdan ham bajarilishi mumkin. Yuqorida qarab chiqilgan jamoa tizimlari doirasida toʼp turlicha doirada turlicha tezlikda: tez yoki sekin oʼynalishi mumkin.



Yüklə 48,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə