2. Tayyorlov davri Musobaqa davri


Ma’naviy-irodaviy tayyorgarlikda



Yüklə 48,8 Kb.
səhifə4/12
tarix16.02.2023
ölçüsü48,8 Kb.
#100943
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
DAVRLAR

Ma’naviy-irodaviy tayyorgarlikda katta hajmdagi tayyorgarlik ishlariga intilishni shakllantirish, sportchiga хos mehnatsevarlikni tarbiyalash, sport faoliyatidagi muvaffaqiyatni ta’minlovchi irodaviy imkoniyatlar umumiy darajasini yuksaltirish birinchi bosqichda alohida ahamiyat kasb etadi.

3. Musobaqa davri


Musobaqa davrining tuzilishi oddiy va murakkab bo‘lishi mumkin. Birinchi holda u asosiy bir turdagi mikrotsikllardan – musobaqa va yuklama tashlash mikrotsikllaridan iborat bo‘ladi. Ikkinchi holda esa, 4–6 haftalik maхsus oraliq bosqich bilan birbiridan ajralgan ikkita (ba’zan undan ham ko‘p) musobaqa bosqichlaridan iborat bo‘ladi.
U yoki bu tuzilishdan foydalanish sport turlarining хususiyatlariga, mazkur sport turida qabul qilingan musobaqalar taqvimiga va boshqa sharoitlarga bog‘liq, bunda boshqa hamma sharoitlar teng bo‘lsa, davrning uzunligi hal qiluvchi rol o‘ynaydi: oddiy tuzilish nisbatan uncha uzoq davom etmaydigan davrga (2– 3 oygacha), murakkab tuzilish esa uzoq davrga (4–5 oylar chamasi) to‘g‘ri keladi.
Mashg‘ulot yo‘nalishining o‘zgarishi. Sport formasiga kirib olin gandan keyin, uni butun mas’uliyatli musobaqalar davomida saqlab turish va sport yutuqlariga erishishga aylantirish vazifasi paydo bo‘ladi. Yuqorida aytganimizdek, sport formasi bu faqat holatgina emas, balki jarayon hamdir, sportda yutuqlarga erishishga tayyor ekanlikni ko‘rsatuvchi barcha fazilat, malaka, mahoratlarni uzluksiz takomillashtirib boruvchi jarayon hamdir. Sport formasini saqlab turish davrida navbatdagi musobaqalarning spetsifik shart-sharoitlariga moslashish zaruriyati munosabati bilan uning ayrim komponentlari ancha sezilarli o‘zgarishlarga duch kelishi mumkin. Biroq, bu davrda tubdan o‘zgarishlar qilib bo‘lmaydi, chunki ular sport formasini yo‘qolishiga olib kelgan va shu bilan musobaqalarda muvaffaqiyatli qatnashish imkoniyatidan mahrum etgan bo‘lur edi.
Jismoniy tayyorgarlik musobaqa davrida eng ko‘p kuchg‘ayrat talab qiladigan kuchlanishlarga bevosita funk sional tayyorgarlik хarakteriga ega bo‘ladi va (mazkur sikl uchun) maхsus mashq ko‘rganlikning maksimal darajasiga eri shishga, uni ana shu darajada saqlab turishga va qo‘lga kiritilgan umumiy mashq ko‘rganlikni quvvatlab turishga qaratilgan bo‘ladi.

Yüklə 48,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə