20-ma`ruza: mavzu: Ikki pallalilar (Bivalvia) sinfi, baqachanoqning tuzilishi, ko‘payishi va rivojlanishi. Ikki pallali mollyuskalarning xilma-xilligi va iqtisodiy ahamiyati. Ovlanadigan ikki pallalilar. Reja



Yüklə 16 Kb.
səhifə2/6
tarix11.12.2023
ölçüsü16 Kb.
#146230
1   2   3   4   5   6
Reja Ikki pallali molyuskalar sinfining qon aylanish sistematik-fayllar.org

Ovqat hazm qilish sistemasi. Plastinkajabralilarda ushbu sistema ancha sodda tuzilgan. Og’iz oyoq bilan oldingi tutashtiruvchi muskul o’rtasida hosil bo’lgan joyda joylashgan. Og’izning ikki yonida ikkita plastinka-simon parrakchalar joylashgan. Parrakchalar hilpillovchi kipriklar bilan qoplangan. Kipriklarning harakati tufayli oziq zarralari og’izga kiradi. Og’izdan keyin kalta qizilo’ngach keladi, u oshqozonga ochiladi. Plastinka-jabralilarda boshning reduksiyasi munosabati bilan halqum, so’lak bezlari, jag’lar va radula bo’lmaydi. Oshqozonga jigar yo’li ochiladi. O’rta ichak osh-qozondan boshlanadi. U birnecha marta buralib, tananing keyingi qismida orqa ichakka ulanadi. Orqa ichak yurak qorinchasini teshib o’tadi va orqa chiqaruv teshigi bilan tashqariga ochiladi.
Plastinkajabralilar passiv ravishda oziqlanadi. Ular detrit, plank-ton organizmlar va bakteriyalar bilan oziqlanadi.


Nafas olish organlari ikkita ktenidiylardan iborat bo’lib, mantiya bo’shlig’ida oyog’ining ikki yonida joylashgan. Suv jabra sifoniga kirib, jabralarni yuvib o’tadi. Suvning aylanma harakati mantiya epiteliysi, jabra va og’iz kuraklarining kiprikchalari harakat qilib turganligidan yuzaga keladi. Suv oyoqning orqasidagi maxsus teshikdan o’tib, jabra usti bo’shlig’i deb ataluvchi bo’shliqqa tushadi va undan kloaka sifoni orqali tashqariga chiqadi.

Qon aylanish sistemasi. Ushbu sistemaning markazida yurak joylashgan bo’lib, u yurak qorinchasi va ikkita bo’lmachadan iborat. Yurak hayvonning orqa tomonida yurak oldi xaltasida (perikardiyda) joylashgan. Tuban taraqqiy etgan plastinkajabralilarning ayrim guruhlarida (masalan, Arca avlodida) yurak ikkita bo’ladi. Aksariyat turlarda esa yurak embrional rivojlanishining dastlabki bosqichlarida ikkita bo’ladi, keyinchalik ikkala yurak orqa ichakni o’rab olib qo’shilib ketadi va yagona yurakni hosil qiladi. Shuning uchun ham orqa ichak guyo yurak qorinchasini teshib o’tgandek bo’lib ko’rinadi.
Yurak qorinchasidan ikkita yirik oldingi va keyingi aorta chiqadi. Oldingi aorta ichak ustida joylashgan, undan qon ichki organlarga, oyoqqa va mantiyaning oldingi qismiga boradi. Orqa aorta ichakning ostki tomonida joylashgan bo’lib, ikkita arteriyaga ajraladi. Qon tomirlardan tashqari lakunalar sistemasida ham aylanadi. So’ng uzunasiga ketgan venoz lakunada yig’iladi, undan ham qon olib keluvchi jabra tomiriga oqib o’tadi. Qon olib ketuvchi tomir orqali jabralardan yurak bo’lmalariga borib quyiladi.



Yüklə 16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə