20-ma`ruza: mavzu: Ikki pallalilar (Bivalvia) sinfi, baqachanoqning tuzilishi, ko‘payishi va rivojlanishi. Ikki pallali mollyuskalarning xilma-xilligi va iqtisodiy ahamiyati. Ovlanadigan ikki pallalilar. Reja



Yüklə 16 Kb.
səhifə4/6
tarix11.12.2023
ölçüsü16 Kb.
#146230
1   2   3   4   5   6
Reja Ikki pallali molyuskalar sinfining qon aylanish sistematik-fayllar.org

Jinsiy sistemasi va ko’payishi. Plastinkajabralilarning ko’pchiligi ayrim jinsli, ba’zilari germafroditdir. Jinsiy bezlar juft va ular gavda parenximasida yotadi. Aksariyat vaqtda jinsiy bezlarning yo’li ajratish teshiklari bilan yonma-yon joylashgan maxsus jinsiy teshiklar bilan ochiladi. Germafrodit guruhlarida tuxumdon bilan urug’don alohida bezlar ko’rinishida yoki bir juft germafrodit bezlar ko’rinishida bo’ladi
Tuxum suvda urug’lanadi. Ayrim turlarida (Unionidae oilasida) tuxumlari tashqi jabra plastinkalariga qo’yiladi. Ular shu yerda urug’lanadi va lichinka chiqqandan keyin jabra plastinkalaridan suvga chiqadi.


Rivojlanishi. Tuxumdan chiqqan lichinka troxofora lichinkasi hisoblanadi. Lichinka birqancha o’zgarishlardan so’ng yelkanli lichinka veligerga aylanadi. U suvda so’zib yashaydi. U voyaga yetgan mollyuskaga o’xshab ketadi. Uning boshlang’ich oyog’i, mantiyasi, nerv gangliylari, oshqozoni, jigari va boshqa birqator ichki organlari shakllangan bo’ladi, lekin ajratish sistemasi protonefridial tuzilishda bo’ladi. Keyinchalik lichin-ka suv tubiga cho’kib, turli jismlarga yopishib voyaga yetadi.
Chuchuk suvda yashovchi plastinkajabralilarning rivojlanishi birmuncha boshqacha boradi. Masalan baqachanoq va shu kabi boshqa chuchuk suv plastin-kajabralilarda jabra plastinkalariga qo’yilgan tuxumdan gloxidiy degan lichinka chiqadi. Unda uchburchak shakldagi ikki tavaqali chig’anoq bo’ladi. Chig’anoqning ikkala tavaqa orasida kuchli muskullar bo’ladi. Bundan tashqari, unda bissus ipchalari hosil qiluvchi bezlar ham bo’ladi. Baqachanoqda gloxodiylar kuzda rivojlanadi va ona mollyuskaning jabralarida qishlaydi. Bahorda gloxodiylar suvga tushadi va bissus iplari ham chig’anog’ining qirg’oq tishchalari yordamida baliqlarning terisiga, jabralariga, so’zgich qanotlariga yopishib oladi. Baliq terisining ta’sirlanishi tufayli lichinka yopishgan joyda epiteliy o’sib, uni qoplab oladi. lichinka baliq tanasi to’qimasi bilan oziqlanadi hamda o’sib, rivojlanib yosh individga aylanadi. Bu individ pufakcha ichida bo’ladi. Pufakcha yoriladi va mollyuska suvga chiqadi. Plastinkajabralilarning ayrim guruhlaridagi rivojlanishning bunday usuli shu mollyuskalarni atrofga tarqalishiga imkon beradi.



Yüklə 16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə