20-mavzu: XVII asrdan XIX asrning yarmigacha tarbiya, maktab va pedagogik fikrlar rivoji. Reja


Qizlar maktabi va unda ta’lim mazmuni



Yüklə 23,14 Kb.
səhifə2/3
tarix27.05.2023
ölçüsü23,14 Kb.
#113403
1   2   3
20-mavzu

Qizlar maktabi va unda ta’lim mazmuni
Masjid va xonaqohlar qoshida ochilgan maktablarda faqat o’g’il bolalar o’qitilgan. Qiz bolalar o’z davrining o’qimishli ayollari tomonidan uylarida ochilgan maktablarda o’qitilgan. Ayol muallimani o’lkaning turli hududlarida “otnoyi”, “otinbibi”, “bibiotin”, “bibixalifa” deb ataganlar. Qizlar maktabi o’g’il bolalar maktablariga nisbatan ancha kam bo’lgan, ko’p hollarda maktabdorlarning, imomlarning xotinlari maktabdorlik qilgan. Qizlar maktabi haqida K.YE.Bendrikov “Turkistonda xalq maorifi tarixidan ocherklar” asarida quyidagilarni yozadi: “Qizlar ishqiy maktublarga berilmasinlar deb, qizlar maktabida yozuvga o’rgatilmagan”. Professor U. Dolimovning fikricha, bu so’zlar haqiqatdan ancha yiroq. O’zbek xalqi – o’tmishda eng ko’p shoiralar yetishtirgan xalq, agar yozuvga o’rgatilmaganida edi, podshohlar saroyiga mansub bo’lgan Gulbadanbegim, Zebunisobegim, Nodirabegimlarni qoya bering, XIX asrning o’zida Uvaysiy, Mahzuna, Dilshodi Barno, Muazzamxon, Muattarxon, Anbar otin, Qamarniso, Nozimaxon kabi o’nlab mashhur shoiralar qayerdan yetshib chiqqan?!
O’rta Osiyoda faoliyat yuritgan qizlar maktabining yirik namoyondalaridan biri – Jahon Otin Uvaysiydir. O’zining butun faoliyat davomida xalqimiz orzu-umidlarini royobga chiqarishga harakat qilgan Jahon otin xalqimizning oqila qizlarini tarbiyalash, go’zal hayotga erishishning birdan-bir yo’li deb oylab, o’zining butun umrini yosh qizlarga talim-tarbiya berish bag’ishladi.
O’z maktabida qizlarga boshlang’ich talim berar ekan, Jahon Otn ularning zehnini o’sitrishga katta ahamiyat beradi. Otin o’z shogirdlariga savod o’rgatibgina qolmay, ular orasidan iqtdorli qizlarni tanlab sharq sheriyat bilan tanishtiradi. Qizlarni nazm bo’stoniga yetaklaydi.
Atoqli zullisonayn shoira Dilshodi Barno 50 yildan ortq muallimalik qilib, qizlarga xat-savod o’rgatdi, tabi nazm qizlarga sheriyat ilmidan dars berdi.
Dilshod o’z maktabida yosh qizlarni tarbiyalar, ularga xat-savod o’rgatar va ularni chuqur bilim egasi qilib chiqarishga intilar edi. Shu bilan birga, yosh istedodli qizlarga o’zbek, tojik mumtoz adabiyot namoyondalarining asarlarini ham o’rgatar va ularni nafosat ruhida tarbiyalab, o’z zamonasining ilg’or kishilari qilib yetshtirishga harakat qilgan.

Yüklə 23,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə