2021 me’yor muammosining ilmiy-psixologik talqini xudoyqulova Z. A



Yüklə 51,99 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/5
tarix24.12.2023
ölçüsü51,99 Kb.
#159562
1   2   3   4   5
me-yor-muammosining-ilmiy-psixologik-talqini

Keywords: 
the concept of a norm, the meaning of a norm, importance, 
formation, order, sufficiency, satisfaction.
 
KIRISH 
Inson hulq-atvorining tartibga solinishi murakkab psixologik mehanizmlar 
hisobiga amalga oshadi. Bunda albatta ijtimoiy talablar, milliy-madaniy an’analar, 


Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences 
 
VOLUME 1 | ISSUE 8 
ISSN 2181-1784 
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423 
214 
w
www.oriens.uz
September 
2021
 
universal ahloqiy qoidalar va boshqa muhim omillarni ko’rsatish mumkin. Ushbu 
omillarning mehanizmlarini bilish, inson hulq-atvorini boshqarish va unda bolalikdan 
ma’qullanadigan xulq ko’nikmalarini shakllantirish uchun o’ta muhim ahamiyatga 
egadir. Bu borada me’yor hissi shunday dolzarb tadqiqot predmeti sifatida 
gavdalanadi. Zero, me’yor hissi insonning ichki nazoratchisi sifatida uning atrof-olam 
bilan bo’lgan ta’sirlashuvi hususiyatlarini belgilab beruvchi psixologik asoslardan 
biridir. 
Me’yor hissi haqida fikr yuritishdan avval, manbalarda me’yor tushunchasiga 
berilgan ta’riflar bilan tanishsak:
1.Me’yor arabchada “o’lchov, andoza, chegara ” ma’nolarini, eski o’zbek-
adabiy tilida esa “tartib, daraja” ma’nolarini ifodalashda foydalanilgan.
2.Falsafiy nuqtayi nazardan- dialektikani ifodalovchi kategoriya sanalib, miqdor 
o’zgarishi obyekt sifatining o’zgarishiga olib keladigan chegara, o’zgarishga olib 
keluvchi hudud sanaladi.
MUHOKAMA VA NATIJALAR 
Me’yor hissining morfologik ta’rifiga ko’ra, uni o’z orginalligiga ega bo’lgan, 
his qilinuvchi, ba’zan sezilmas jamiki soha va hissiyotlar markazida turuvchi, nozik 
chegaralar orqali insonni ma’lum darajalarni egallashini ta’minlovchi psixologik 
hodisa sifatida tushunish to’g’ri bo’ladi. 
Manbalardan me’yor tushunchasiga antik davr falsafasidan boshlab juda chuqur 
va muhim e’tibor qaratilganligini kuzatishimiz mumkin. Platon “Har narsada o’lchov 
bor” deyish orqali go’zallik va chiroyni nazarda tutadi. Demokrit “Barcha narsada 
me’yorni bilish ulkan fazilatdir” deya u ham san’at va estetika doirasida “oltin 
o’rtalik” yuksak insoniy fazilat va qadriyat darajasida tahlil qilgan. V.I.Petrushkin 
me’yor tushunchasi doirasidagi fikrlarini havola qilayotganda tabiiy va uzluksiz 
jarayon sanab, erta yosh bosqichidan sun’iy singdirish va tabiiy amaliyot orqali 
mustahkamlash zarur bo’lgan tushuncha ekanligi haqida fikr yuritadi [1].
Me’yor tushunchasi qadimgi Hindiston, Xitoy va Yunonistondagi falsafiy 
qarashlarida shakllana boshlagan. Markaziy Osiyo mutafakkirlari (Ibn Sino, Beruniy 
va shu kabilar) ham ushbu atamadan asarlarida foydalanganlar [7]. 
Antik mifologiyada me’yor hudosi Nemizida hisoblangan. Grek donishmandlari 
uni alohida ulug’laganlar. Sababi, vaziyat, hodisa va holatlarni tahlil qilishda uning 
o’rni beqiyos hisoblangan [5]. 
Shekspir dramaturgiyasida ham renessans davridagi ma’lum bir voqea hodisalar 
ustidan kinoyali yumor orqali qattiq kulgiga olinadi. “Meyorning me’yori”, 
“Venetsiyalaik haridor” nomli asarlarini me’yorning yetishmasiligi va me’yordan 



Yüklə 51,99 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə