2021 me’yor muammosining ilmiy-psixologik talqini xudoyqulova Z. A



Yüklə 51,99 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/5
tarix24.12.2023
ölçüsü51,99 Kb.
#159562
1   2   3   4   5
me-yor-muammosining-ilmiy-psixologik-talqini

Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences 
 
VOLUME 1 | ISSUE 8 
ISSN 2181-1784 
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423 
216 
w
www.oriens.uz
September 
2021
 
ta’kidlaydilar. Buyuk Britaniyaning mahsus ijtimoiy institutidagi kuzatuvlarda 
ma’lum bo’lishicha, bolalarning o’yin maydonchalarida o’yinlardagi azartdan 
to’xtolmaslik oqibatida me’yordan ortiq harakatlanadilar va travmali holatlar
oqibatlar bilan yakun topadi. Bundan ko'rinadiki, bolalardagi me’yor shakllanganligi 
ikki tomonlama o’zaro foydali bo’ladi, ya’ni farzandlardagi me’yor tushunchasi 
mavjud yoki shakllanganligi ota-onalarda dominant bo’lgan himoya qilish psixologik 
mehanizmi aktivlashishini kamaytiradi va bolalarda mustaqillik, qoniqish hissi hamda 
emotsional zo’riqishning oldini olishda yordam beradi[9]. 
Axloq-odob qoidalari insonning ichki ma’naviy dunyosini shakllantirishga 
qaratilib bu orqali tashqi muloqotni tartibga solish va umum me'yoriy o'lchovlar 
orqali jamiyatdagi hotirjamliklar barqaror saqlanadi. Psixologiyadagi “Gedonik 
yugurish yo’lakchasi” tushunchasidan ma’lumki, agar shaxsda muayyan me’yorlar 
shakllantirilmasa unda unda to’xtash signali ya’ni normadan oshganlikni idrok qilish, 
yetarlilik, qoniqish susayadi. Feofilov L.G. “Odamlar o’rtasidagi munosabatlarda 
xushmuomalalik, kamtarlik, vijdonlilik, mas’uliyatlilik, yordamga shaylik kabi 
sifatlarni egallash jamoat va jamiyatda tez qabul qilinish va o'rin topishdagi muhim 
sifatlardir”-deya e’tirof etadi. Ya’ni jamiyat a’zosi mazkur sifatlarga monand 
bo’lmagan harakatlarni amalga oshirsa atrof –muhit tomonidan tanqidiy munosabat 
bildiriladi va me'yoriy sifatlar talab qilina boshlanadi. Bundan ko’rinadiki nafaqat 
ichki balki tashqi olam bilan ham sog’lom muhit va munosabatlarni shakllantirishda 
me’yoriy chegaralar eng katta tayanch va ko’mak sanaladi[10]. 
XULOSA 
Yuqoridagi misol va fikrlarni umumlashtirgan holda quyidagicha xulosaga 
kelishimiz mumkin. 
1) me’yor hissi keng qamrovli va dolzarb tadqiqot predmeti bo’lib, antik davr 
falsafiy ta’limotlaridan to hozirgi kungacha inson haqidagi fan diqqat markazida 
bo’lib kelmoqda; 
2) me’yor hodisasi insonning chuqur ichki kechinmalari bilan bog’liq ravishda 
fiziologik darajadan tortib ijtimoiy munosabatlarigacha uning xavfsizligini 
ta’minlovchi muhim omil sanaladi. 
REFERENCES 
1.Григорева О.Н. Развитие чувства меры как фактор становления музыкално-
эстетического вкуса учащихся// Искусство и образование. – М., 2011. №4. – 
С.95-101. 



Yüklə 51,99 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə